3–BOB
Isoning olamga kelishi muqarrardir
1 Ey azizlarim, bu mening sizlarga yozayotgan ikkinchi maktubimdir. Ikkala maktubimda ham sizlarda pok fikr uygʻotishga harakat qilib, oʻrganganlaringizni yodingizga solmoqchi boʻldim. 2 Xususan, Muqaddas paygʻambarlarning oʻtmishda aytgan soʻzlarini, shuningdek, Rabbimiz va najotkorimiz Isoning amrlarini eslashingizni istadim. Rabbimiz Iso bu amrlarni oldingizga borgan havoriylar orqali bergan.
3 Avvalo, shuni bilinglar: oxirgi kunlarda shunday mazaxchilar boʻladiki, ular chirkin ehtiroslariga berilib yashaydilar. Sizlarni mazax qilib, 4 shunday deydilar: “Rabbimiz Iso kelaman deb, soʻz bergan edi. Qani U?! Mana, ota–bobolarimiz dunyodan oʻtib ketganlaridan beri, hech narsa oʻzgarmadi. Dunyo bino boʻlganidan beri, hamma narsa shundayligicha turibdi.”
5 Ular haqiqatni rad etganlari uchun shunday gapiradilar, azalda Xudo yeru osmonni Oʻz kalomi orqali yaratganini ular inobatga olmaydilar. Oʻshanda Xudo yeru osmonni suvlar orasidan paydo qilgandi. 6 Soʻng esa Oʻz kalomi orqali qadimgi dunyoni oʻsha suvlar girdobiga choʻktirgandi. 7 Hozirgi yeru osmonni esa Xudo Oʻz kalomi bilan qiyomat kunigacha asrab turibdi. Qiyomat kuni U hozirgi dunyoni olovga yem qilib, barcha betavfiqlarni halok etadi.
8 Ey azizlarim, Rabbimiz Isoning nazarida bir kun ming yil va ming yil bir kun kabidir, buni doim inobatga olinglar. 9 Baʼzilar Rabbimiz kelmayapti, bergan vaʼdasini bajarishga U kechikyapti, deb oʻylamoqda. Aslida unday emas, U sabr–toqat qilyapti, chunki hech kimning halok boʻlishini istamay, hammaning tavba qilishini xohlayapti.
10 Aslida, Rabbimiz Iso, oʻgʻri kelganday, nogahon kelib qoladi. Oʻsha kuni osmon guvullab yonib, gʻoyib boʻladi, samoviy jismlar olov taftidan kuyib ketadi, shunda yer va unda qilingan har bir ish ochiqdan–ochiq oshkor boʻlib, hukm etiladi . 11 Qiyomat kuni butun borliq yonib, yoʻq boʻlib ketar ekan, sizlar Xudoni mamnun qilishga jon kuydiringlar! Muqaddas hayot kechirishga jon–jahdingiz bilan harakat qilinglar. 12 Xudoning kunini intizorlik bilan kutinglar, uning kelishini tezlashtiringlar! Oʻsha kuni osmon yonib, yoʻq boʻladi, samoviy jismlar olov taftidan erib ketadi. 13 Shundan soʻng Xudoning vaʼdasi amalga oshib, hamma narsa yangilanadi . Ha, biz yangi yeru osmonga, adolat hukm suradigan dunyoga koʻz tikkanmiz.
Dalda va ogohlantirish
14 Ey azizlarim, sizlar yangi dunyoni kutar ekansiz, Xudo nazarida benuqson va begʻubor boʻlishga, U bilan totuv yashashga jon kuydiringlar. 15 Rabbimiz Isoning sabr–toqatini najot uchun imkoniyat deb bilinglar. Aziz birodarimiz Pavlus ham Xudoning bergan donoligi bilan sizlarga muqaddas hayot va Rabbimizning kelishi haqida yozgan. 16 Pavlus barcha maktublarida bular haqida fikr yuritgan. Uning maktublaridagi tushunish qiyin boʻlgan baʼzi parchalarni uquvsiz va imoni sust kishilar buzib talqin qiladilar. Muqaddas bitiklarning boshqa joylarini ham buzib oʻrgatadigan bu kishilar oʻz boshini oʻzi yeydilar.
17 Ey azizlarim, sizlar bularning hammasini oldindan bilasizlar. Ehtiyot boʻlinglar, bu bebosh odamlarning soxta taʼlimotiga ishonib yoʻldan ozmanglar, qaroringizda sobit boʻlinglar. 18 Oʻz hayotingiz bilan Xudoni mamnun etinglar, Rabbimiz va najotkorimiz Iso Masihni yanada yaqinroq tanib–bilinglar. Hozirdan to abad Unga shon–sharaflar boʻlsin! Omin.