3–BOB
Xudoning sadoqati
1 Xoʻsh, yahudiylarning qanday ustunligi bor? Yoki sunnatning nima foydasi bor? 2 Yahudiylar har jihatdan katta ustunlikka egadirlar. Bu ustunlik, eng avvalo, shundan iboratki, Xudoning kalomi ularga ishonib topshirilgan. 3 Ularning baʼzilari ishonmagan boʻlsa, nima boʻpti? Ularning ishonmaganligi Xudoning sadoqatini bekor qiladimi? 4 Yoʻq, aslo! Axir, har bir inson yolgʻonchi boʻlsa ham, Xudo haqdir. Muqaddas bitiklarda Xudo haqida shunday yozilgan–ku:
“Shu bois hukm qilganingda Sen barhaqsan,
Aybimni fosh etganingda doimo toʻgʻri boʻlib chiqasan.”
5 Insoniy fikr yuritib aytayin: agar bizning qabihligimiz Xudoning odilligini yanada ochiqroq koʻrsatsa, nima ham derdik? Boshimizga qahr–gʻazab yogʻdirgani uchun Xudo adolatsizmi? 6 Yoʻq, aslo! Xudo odildir. Xudo adolatsiz boʻlganda edi, qanday qilib dunyoni hukm qila olardi?! 7 Mening yolgʻonchiligim Xudoning haqligiga urgʻu berib, Unga yanada koʻproq shon–shuhrat keltirar ekan, nima uchun men gunohkor sifatida mahkum qilinishim kerak? 8 Shunday ekan, “Yaxshilik keltirsin deb, yomonlik qilaveraylikmi?” deyishimiz kerakmi?! Baʼzilar bizga tuhmat qilib, Pavlus oʻshanday taʼlim beryapti, deb aytmoqdalar. Bunday tuhmat qilganlar jazoga loyiqdir.
Hamma gunohkordir
9 Xoʻsh, biz, yahudiylar, boshqalardan ustunmizmi? Yoʻq, aslo! Yuqorida isbotlab oʻtganimday, xoh yahudiy boʻlsin, xoh gʻayriyahudiy boʻlsin, har bir inson gunohning hokimiyati ostidadir. 10 Axir, Muqaddas bitiklarda quyidagiday yozilgan–ku:
“Hech bir solih kimsa yoʻqdir,
Hatto bironta ham yoʻq!
11 Bironta ham idrokli zot yoʻq,
Hech kim Xudoga yuz burmaydi.
12 Hammasi yoʻldan ozgan, birday buzilgan,
Yaxshilik qiluvchi bir kimsa yoʻqdir,
Hatto bironta ham yoʻq!
13 Ochiq qabr kabidir ogʻizlari,
Ular yolgʻon gapiradi.
Tillaridan ilon zahri tomadi .
14 Ularning ogʻzidan achchiq soʻzlar, laʼnat chiqadi .
15 Ularning oyoqlari qon toʻkishga shoshiladi,
16 Qadamidan halokatu vayrona keladi.
17 Ular tinchlik yoʻllarini bilmaydi ,
18 Ular Xudodan qoʻrqmaydi.”
19 Biz bilamizki, qonun neki buyurgan boʻlsa, qonunga qaram boʻlganlarga buyurgan, toki har bir ogʻiz yumilsin va butun dunyo Xudo oldida javobgar boʻlsin. 20 Zotan, qonunga amal qilish orqali hech kim Xudoning oldida oqlana olmaydi, chunki qonun insonga gunohkorligini yanada aniqroq koʻrsatadi.
Gunohkorni oqlash — Xudoning ishi
21 Mana endi qonunga aloqasiz ravishda oqlanish yoʻlini Xudoning Oʻzi aniq koʻrsatdi. Buni Tavrot va Paygʻambarlar bitiklari tasdiqlaydi. 22 Biz Iso Masihga boʻlgan imonimiz orqali Xudoning oldida oqlanamiz. Odamlar orasida hech bir farq yoʻq. 23 Axir, hamma gunoh qilgan va Xudoning ulugʻvorligidan mahrumdir. 24 Lekin gunohkorlar Iso Masih orqali gunohlaridan ozod boʻladilar. Ular oqlanishga loyiq boʻlmasalar–da, Xudoning inoyati bilan oqlanadilar. 25-26 Xudo Iso Masihni bu dunyoga yubordi. Masihga ishonganlarning hammasi Uning toʻkilgan qoni orqali Xudo bilan yarashdi . Shunday qilib, Xudo Oʻzining adolatini namoyon qildi. U oʻtmishda sabr–toqat qilib, ilgari qilingan gunohlarni jazosiz qoldirgan edi, endi esa Iso Masihga ishonganlarni oqlab, Oʻzining haq ekanligini koʻrsatmoqda.
27 Endi maqtanishga arzigulik narsamiz qoldimi? Yoʻq, maqtovga oʻrin yoʻq. Nima sababga koʻra? Amrlarni bajo keltirishni talab qiluvchi qonunga koʻrami? Yoʻq, insonlar imon orqali oqlanganda maqtanishga hech oʻrin qolmaydi. 28 Axir, inson qonun talablarini bajo qilish orqali emas, balki imon orqali oqlanadi, biz bunga qanoat hosil qildik. 29 Nahotki Xudo faqat yahudiylarning Xudosi boʻlsa?! U boshqa xalqlarning ham Xudosi emasmi? Albatta, U boshqa xalqlarning ham Xudosidir. 30 Axir, Xudo yagona–ku! Sunnatlilarni ham, sunnatsizlarni ham Xudo imon orqali oqlaydi. 31 Demak, biz bu imon bilan qonunni bekor qilyapmizmi? Yoʻq, aslo! Aksincha, qonunni tasdiqlayapmiz.