43–BOB
Egamiz Maʼbadga qaytib keladi
1 Oʻsha odam meni sharqiy darvoza oldiga olib bordi. 2 Birdaniga men sharq tomonda paydo boʻlgan Isroil Xudosining ulugʻvorligini koʻrdim. Xudoning ovozi shovullagan dengiz tovushiga oʻxshar edi. Uning ulugʻvorligidan zamin porlay boshladi. 3 Men koʻrgan bu vahiy, Xudo Quddusni vayron qilish uchun kelganda va Kavor daryosi boʻyida koʻrgan vahiylarimga oʻxshab ketar edi. Men muk tushdim. 4 Egamizning ulugʻvorligi sharqiy darvoza orqali Maʼbadga kirdi. 5 Soʻng Ruh meni oyoqqa turgʻizib, ichki hovliga olib kirdi. Egamizning ulugʻvorligi Maʼbadni toʻldirdi.
6 Maʼbadni oʻlchagan odam yonimda turganda, Maʼbad ichidan menga bir ovoz keldi. 7 Oʻsha ovoz menga dedi: “Ey inson, bu joy Mening taxtimdir, oyogʻim ostidagi poyandozimdir. Men bu yerda, xalqim Isroil orasida abadiy yashayman. Ular va ularning shohlari endi Meni badnom qilishmaydi. Ular boshqa xudolarga koʻngil bogʻlashmaydi, oʻlgan shohlariga haykallar yasashmaydi. 8 Ular oʻz saroylarini muqaddas Maʼbadimning yonginasiga qurishgan edi. Meni ulardan bittagina devor ajratib turar edi, xolos. Ular qilgan jirkanch ishlari bilan Meni badnom qilishdi. Shuning uchun Men gʻazablanib, ularni qirib tashladim. 9 Agar endi ular begona xudolardan voz kechib, shohlariga oʻrnatgan haykallarni yoʻq qilishsa, Men ularning orasida abadiy yashayman.
10 Ey inson, sen borib Isroil xalqiga Maʼbadimni tasvirlab ber, ular Maʼbadning loyihasi bilan tanishib chiqishsin. Qilgan gunohlaridan pushaymon boʻlishsin. 11 Qilmishlaridan pushaymon boʻlganlarida sen ularga Maʼbadning loyihasini: uning joylashish tartibini, kirish–chiqishlarini, tuzilishini, qonun–qoidalarini batafsil tushuntirib ber. Loyihaning chizmasini ularning oldida chizib, barcha qonun–qoidalarini yozib qoʻy, toki hammasiga rioya qilishsin. 12 Togʻ choʻqqisidagi Maʼbad joylashgan hudud muqaddas saqlansin. Bu Maʼbadning asosiy qoidasi boʻlsin.
Maʼbaddagi qurbongoh
13 Maʼbaddagi qurbongohning oʻlchamlari uzun tirsak boʻyicha boʻlsin. Yaʼni har bir uzun tirsak bir tirsagu toʻrt enni tashkil qilib , oʻlchamlari quyidagicha boʻlsin: qurbongoh atrofidagi ariqchaning chuqurligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, ariqcha chetining balandligi bir qarich. 14-17 Qurbongoh uch qismdan iborat boʻlishi shart. Har bir qism toʻrtburchak shaklida boʻlsin. Qurbongoh quyi qismining balandligi ariqchaning tubidan oʻlchaganda ikki tirsak, har bir tomonining uzunligi oʻn olti tirsak boʻlsin. Ikkinchi qismining balandligi toʻrt tirsak, har bir tomonining uzunligi oʻn toʻrt tirsak boʻlsin. Bu qismning aylanasiga tarnov qilinsin. Tarnovning eni yarim tirsak, tarnov chetining balandligi bir tirsak boʻlsin. Qurbongohning yuqori qismida qurbonliklar kuydiriladi. Bu qismning balandligi toʻrt tirsak, har bir tomonining uzunligi oʻn ikki tirsak boʻlsin. Uning toʻrtala burchagidan shoxlar chiqib tursin. Qurbongohga sharq tomondan, zinapoyalar orqali chiqiladigan boʻlsin.”
Qurbongohni muqaddas qilish marosimi
18 Soʻng Egamiz menga dedi: “Ey inson, Men, Egangiz Rabbiy, aytamanki, qurbonliklarni kuydirish va qon sepish uchun qurbongohni qurganingizdan keyin quyidagi qoidalarga rioya qilinglar: 19 Mening huzurimda faqat Zodoʻx naslidan boʻlgan levi ruhoniylari xizmat qilishsin. Sen ularga gunoh qurbonligi uchun bir buqani ber, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 20 — Sen oʻsha buqaning qonidan olib, qurbongohning toʻrtta shoxiga, qurbongoh oʻrta qismining toʻrtala burchagiga va chetlarga surtib chiq. Shu yoʻsin sen qurbongohni poklab, muqaddas qilasan. 21 Buqaning jasadini esa Maʼbaddan tashqariga, maxsus ajratilgan joyga olib chiqib kuydir.
22 Keyingi kuni gunoh qurbonligi sifatida nuqsonsiz takani keltir. Qurbongohni buqaning qoni bilan qanday poklagan boʻlsang, takaning qoni bilan ham xuddi shunday pokla. 23 Qurbongohni poklaganingdan soʻng, nuqsonsiz buqa va qoʻchqorni 24 Mening huzurimga keltir. Ruhoniylar bu jonivorlarning ustiga tuz sochib, ularni Menga atab qurbonlik qilib kuydirishsin. 25 Har kuni, yetti kun davomida bir takani gunoh qurbonligi qil. Bundan tashqari, bir buqa va bir qoʻchqorni qurbonlik uchun keltir. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlishi shart. 26 Oʻsha yetti kun davomida ruhoniylar qurbongohni poklab, muqaddas qilishsin. Shunday qilib, uni Mening xizmatimga bagʻishlasinlar. 27 Sakkizinchi kundan boshlab, ular har kuni oʻsha qurbongohda tinchlik va kuydiriladigan qurbonliklarini keltirishsin. Shunda Men sizlardan mamnun boʻlaman.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.