45–BOB
Xudo Boruxga vaʼda beradi
1 Yahudo shohi Yoʻshiyo oʻgʻli Yohayiqim hukmronligining toʻrtinchi yili edi. Yeremiyo yuqoridagi soʻzlarni Neriyo oʻgʻli Boruxga aytib, oʻrama qogʻozga yozdirgandan soʻng , unga shunday dedi:
2-4 — Ey Borux, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz senga shunday gaplarni aytib qoʻyishimni buyurdi: sen: “Shoʻrim qursin! Egam qaygʻu ustiga qaygʻu orttirdi, yurak–bagʻrim ezilib ketdi, jonimni qoʻyarga joy topolmayapman”, deb aytgan ekansan. Shuning uchun Egamiz senga aytmoqda: “Men butun yurt boʻylab bunyod qilgan hamma narsamni buzib tashlayman, mustahkam qilib oʻrnatganlarimni qoʻporib tashlayman. 5 Sen oʻzing uchun katta rejalar tuzma! Mana, Men barcha odamzodning boshiga kulfat yogʻdiraman. Ammo sening joningni saqlab qolaman, borgan joyingda seni asrayman.” Egamizning kalomi shudir.