28–BOB
Xudo Samariyani jazolaydi
1 Ey ulugʻvorlik toji boʻlgan shahar! Holingga voy!
Sen Efrayimdagi mast–alastlarning ulugʻvorligi eding!
Eh, ajoyib, goʻzal shahar eding! Shuhrating gulday soʻlmoqda!
Serhosil vodiydagi unumdor shahar eding.
Tubanlashding sharobdan!
2 Mana, Rabbiyning kuchli bir bahodiri bor .
U selga, vayron keltiradigan quyunga oʻxshaydi.
Yuvib ketadigan, toshqin jalalarga oʻxshaydi.
Oʻz qoʻllari bilan u Efrayimni yakson qiladi.
3 Eh, Efrayimdagi mast–alastlarning ulugʻvorlik toji!
Ana endi oyoq ostida toptaladi!
4 Serhosil vodiydagi unumdor shahar edi!
Endi ularning shuhrati gullar kabi soʻnadi.
Ular ilk pishgan anjirlarga oʻxshaydi,
Pishgan zahoti yulinib, yutib yuboriladi.
5 Oʻsha kuni Sarvari Olam
Oʻzining xalqidan qolganlari uchun
Shuhrat tojiyu ajoyib gulchambar boʻladi.
6 Hukm kursisida oʻtirganlarga
U adolat ruhini beradi.
Darvozadan dushmanga zarba beradiganga
U jasorat manbai boʻladi.
Xudo buzuq yoʻlboshchilarni jazolaydi
7 Ruhoniy, paygʻambarlar sharob tufayli,
Oʻtkir ichimliklardan gandiraklab yuradi.
Ha, sharob, boʻzalardan ularning boshi aylanadi,
May dastidan ular yoʻllaridan adashadi,
Oʻtkir ichimlikdan gandiraklab yuradi.
Ular vahiy koʻrganlarida xato qiladi,
Qiladigan hukmlarida adashadi.
8 Ularning dasturxoni qusuqqa toʻla,
Birorta ham toza joy yoʻq.
9 Ular menga taʼna qilib aytadi:
“Sen kimga taʼlim berayotganingni bilasanmi oʻzi?!
Bizni endi koʻkrakdan ajratilgan goʻdak deb oʻylayapsanmi?!
10 Qachon qarama, bidir–bidir qilasan,
Goʻdakday guvranasan .”
11 Shunday ekan, Xudo ularga,
Oʻzga tilda, tushunarsiz shevada gapiradi.
12 Xudo ularga qayerda orom topishlarini aytgan,
Tinchlikka qanday erishish kerakligini oʻrgatgan,
Ammo ular quloq solishni istamadilar.
13 Shu sababdan Egamizning soʻzi
Ular uchun mazmunsiz soʻzlarday boʻladi.
Goʻdakning guvranishiday eshitiladi.
Ular yurmoqchi boʻlganlarida
Orqaga yiqilib, yaralanadilar,
Tuzoqqa tushib, olib ketiladilar.
Quddus hukmdorlariga murojaat
14 Shu bois Egamdan kelgan bu xabarni eshiting,
Ey Quddusdagi masxaraboz hukmdorlar!
15 Sizlar shunday dedingiz: “Biz
Oʻlim bilan ahd qilganmiz,
Oʻliklar diyori ila bitim tuzganmiz.
Dahshatli ofat kelib boshimizga tushmaydi.
Axir, yolgʻonni panoh qilib olganmiz,
Soxtalikni chodir qilib olganmiz.”
16 Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda:
“Mana, Men joylashtiryapman Quddusda
Sinalgan bir toshni, poydevor toshini.
Bu qadrli tamal toshi ishonchli poydevordir.
Ha, unga tayangan hech bir inson umidsiz boʻlmaydi.
17 Men adolat bilan hukm qilaman,
Toʻgʻrilik oʻlchovim boʻladi.
Soxta panohingizni doʻl yuvib ketadi,
Chodiringizni sellar yuvib ketadi.
18 Oʻlim bilan tuzgan ahdingiz bekor boʻladi,
Oʻliklar diyori ila qilgan bitimingiz barbod boʻladi.
Dahshatli ofat yurtdan oʻtayotganda,
Sizlar yer bilan yakson boʻlasiz.
19 Ha, har tongda, tunu kun
Oʻsha toʻfon sizni yuvib ketadi.”
Eshitganingizni anglab yetganingizda,
Bu xabar gʻoyat katta xavfdan darak beradi:
20 Yotgani toʻshagingiz kaltalik qiladi,
Yopingani koʻrpangiz ensizlik qiladi .
21 Perazim togʻidagiday
Oʻz ishimni qilay, deb Egam qoʻzgʻaladi.
Givon vodiysidagiday U gʻazabga minadi.
Ha, U Oʻzining ajoyib ishini qiladi.
Uning ishlari hayratda qoldiradi.
22 Masxaralashni bas qiling endi,
Boʻlmasa zanjirlaringiz yana ogʻirlashadi.
Sarvari Olam — Rabbiy menga:
“Butun yurtni vayron qilaman”, deb aytdi.
Barcha donolik Egamizdandir
23 Tinglang, ovozimga quloq soling,
Diqqat qiling, gaplarimni eshiting!
24 Dehqonlar ekish uchun yerga ishlov beraveradimi?!
Tuproq kovlayveradi–yu, hech qachon ekmaydimi?!
25 Yoʻq, ular yerni tekislaydi,
Keyin ukrop, zira urugʻini sepadi.
Belgilangan joylariga
Har turli bugʻdoy, arpa urugʻini ekadi.
26 Ha, dehqonlar nima qilishni biladi,
Xudo ularga aql–idrok bergan!
27 Axir, ukropni bolgʻa bilan yanchmaydi,
Zirani arava gʻildiragi bilan ezmaydi.
Mana, ukropni kaltak bilan yanchib oladi,
Zirani tayoq bilan ezib oladi.
28 Bugʻdoydan un qilinadi,
Ammo u to abad yanchilmaydi .
Arava gʻildiragi bugʻdoy ustidan
Chang boʻlguncha yurgizilmaydi.
29 Bu donolik kelar Sarvari Olamdan,
Uning maslahatlari ajoyib, donoligi buyukdir.