4–BOB
Dunyo bilan doʻst boʻlgan kishi Xudoga dushmandir
1 Orangizdagi urush va janjallar qayerdan kelib chiqadi? Ichingizda jang qilayotgan nafsu ehtiroslaringizdan emasmi?! 2 Sizlar oʻzingizda yoʻq narsani xohlaysizlar, oʻshanga erishish uchun odam oʻldirishdan ham toymaysizlar. Hasad qilyapsizlar, ammo maqsadingizga erisha olmagach, janjallashib urushyapsizlar. Sizlarda xohlagan narsangiz yoʻq, chunki uni Xudodan soʻramaysizlar. 3 Soʻragan taqdirda ham, olmayapsizlar, chunki yomon niyat bilan, nafsingizni qondirish uchun soʻrayapsizlar.
4 Ey sadoqatsiz bandalar! Dunyo bilan doʻstlik Xudoga dushmanlik ekanligini nahotki bilmasangizlar?! Kim dunyo bilan doʻst boʻlishni istasa, Xudoga dushman boʻladi. 5 Muqaddas bitiklarda: “Xudo ichimizga solgan ruhni gʻoyatda qizgʻanadi, U bizdan sadoqatni talab qiladi”, deb taʼlim beriladi–ku! Nima, sizlar bularni bekor deb oʻylaysizlarmi?! 6 Toʻgʻri, Xudo bizdan sadoqatni talab qiladi, ammo shu bilan birga U bizga nisbatan nihoyatda inoyatlidir. Zero, Muqaddas bitiklarda yozilgan:
“Xudo magʻrurlarga qarshi chiqadi,
Kamtarlarga esa inoyat koʻrsatadi.”
7 Shunday ekan, Xudoga boʻysuninglar! Iblisga qarshilik koʻrsatinglar, shunda u sizlardan qochadi. 8 Xudoga yaqinlashinglar, shunda U sizlarga yaqinlashadi. Ey gunohkorlar, qoʻllaringizni gunohdan tozalanglar! Bir vaqtning oʻzida ham Xudoga, ham dunyoga koʻngil bogʻlaganlar, qalbingizni poklanglar! 9 Qilgan gunohingiz uchun qaygʻuringlar, motam tutinglar, yigʻlanglar! Kulgingiz motamga, shodligingiz gʻam–gʻussaga aylansin. 10 Egamiz oldida oʻzingizni past tutinglar, shunda U sizlarni yuksaltiradi.
Birodarlarni hukm qilmanglar
11 Ey birodarlarim, bir–biringizni yomonlamanglar. Agar birodaringizni yomonlab, hukm qilsangiz, demak, mehr–oqibatni oʻrgatadigan Xudoning qonunini yomonlab, hukm qilgan boʻlasizlar. Xudoning qonunini hukm qilgan odam esa, qonun bajarishdan bosh tortib, oʻzini qonundan ustun qoʻygan qoziday boʻladi. 12 Ammo faqatgina Xudo qonun chiqarib, hukm qila oladi. Faqat U qutqarish va nobud qilish qudratiga ega. Sen esa kim boʻlibsanki, birodaringni hukm qilasan?!
Xudoga tayanmay oʻz kuchiga tayanganlarni ogohlantirish
13 Hoy, qilmoqchi boʻlgan ishlari bilan maqtanadiganlar, menga quloq solinglar! Sizlar: “Bugun yoki ertaga falon shaharga borib, u yerda bir yil yashaymiz. Savdo–sotiq qilib, pul ishlab kelamiz”, deysizlar. 14 Ertaga nima boʻlishini sizlar qayerdan bilasizlar?! Umringiz bir lahza koʻzga koʻrinib, keyin gʻoyib boʻladigan tutunga oʻxshaydi–ku! 15 Buning oʻrniga sizlar: “Egamiz xohlasa, sogʻ–salomat boʻlsak, uni yoki buni qilamiz”, deb aytishingiz kerak. 16 Sizlar esa aksini qilib, magʻrurlanib, maqtanyapsizlar. Bu kabi maqtanish yomondir. 17 Demak, qilishingiz kerak boʻlgan yaxshi ishni bila turib, qilmasangiz gunoh boʻladi.