29–BOB
Quddus qamal qilinadi
1 Egam aytar:
“Holingga voy, ey Dovud yashagan shahar!
Ey Oriyol , Oriyol!
Yillar ortidan yillar oʻtaveradi,
Bayramlar nishonlanadi.
2 Ammo Men boshingga kulfat keltiraman,
Faryod qilib, nola chekasan,
Seni qurbongoh qilaman.
3 Atrofingda senga qarshi lashkar toʻplayman,
Qamal inshootlarini oʻrnataman.
Minoralar qurib, seni oʻrab olaman.
4 Yerning ostidan sen gapirasan,
Tuproq ostidan soʻzlaring keladi,
Ovozing sharpa ovoziday yer ostidan chiqadi,
Gaplaring tuproq ostidan shivirlab keladi.

5 Ammo shunda shafqatsiz dushmanlaring
Birdaniga chang kabi uchib ketadi,
Toʻsatdan boʻrondagi xas–choʻpday
Ular toʻzib ketadi.
6 Kelaman Men, Sarvari Olam, gumbur–gumbur,
Zilzila, shovqin–suron, dovul,
Boʻronu yutib yuboruvchi alanga bilan.
7 Ey Quddus , sizga qarshi chiqqan xalqlar yoʻq boʻlib ketadi.
Sizning qalʼangizga hujum qilgan vahshiy elatlar
Tundagi tush kabi oʻtib ketadi.
8 Ha, och odam tushida ovqat yesa ham,
Uygʻonganda, ochligicha qolaveradi.
Chanqagan odam tushida suv ichadi–yu,
Chanqogʻi qonmasdan uygʻonadi.
Ey Sion togʻi, sizga qarshi chiqqan
Jamiki elatlar ham shu ahvolga tushadi.”

9 Qulogʻingizni kar qiling, dong qotib qoling,
Koʻzingizni koʻr qiling, koʻrmas boʻling,
Mast boʻling, ammo sharobdan emas,
Gandiraklab yuring, ammo boʻzadan emas.
10 Egam sizni qattiq uxlatib qoʻydi,
Ey paygʻambarlar, Egam koʻzlaringizni uyquga bostirdi.
Ey valiylar, Egam boshu koʻzlaringizni oʻrab qoʻydi.

11 Mana, bu vahiyning hammasi sizlar uchun muhrlangan oʻrama qogʻozday boʻlib qoldi. Bu oʻrama qogʻoz oʻqiy oladiganlarga berilib: “Buni oʻqing!” deb buyurilsa, ular: “Yoʻq, muhrlangan ekan”, deydilar. 12 U oʻqiy olmaydiganlarga berilib: “Buni oʻqing”, deb aytilgan boʻlsa, ular: “Biz oʻqishni bilmaymiz”, deb javob beradilar.

13 Ha, Rabbiy aytdi:
“Bu xalq faqat soʻzdagina Menga yaqinlashadi,
Tilidagina Meni izzat qiladi,
Yuraklari esa Mendan uzoqdir.
Ular inson yaratgan qoidalari orqali
Menga sajda qilishadi.
14 Mana, Men shunday bir ish qilamanki,
Bu xalq hayratda qoladi,
Lol boʻlib, dong qotadi.
Donolari donoligidan mahrum boʻladi,
Idroklilari idrokidan ayriladi.”

15 Holingizga voy!
Egamizdan rejalaringizni yashiryapsiz,
Ishlaringizni qorongʻilikda qilyapsiz.
“Kim bizni koʻrardi, kim bizni bilardi?” deysiz.
16 Hammasini agʻdar–toʻntar qilyapsiz,
Axir, kulolni loyga tenglashtirib boʻladimi?!
Nahotki buyum oʻzini yaratganga:
“Meni yaratganing yoʻq”, deb aytsa?!
Nahotki idish kulolga:
“Sen tushunmaysan”, deb aytsa?!
Kelajakka umid
17 Mana, qisqa vaqt ichida
Lubnon oʻrmoni dalaga aylanadi.
Dala esa qalin oʻrmon boʻladi.
18 Oʻsha kuni kitobdagi soʻzlarni karlar eshitar,
Koʻrlarning koʻzlari zulmatda nur koʻrar.
19 Bechoralarga Egam yangi quvonch ato etadi,
Isroil xalqining Muqaddas Xudosi tufayli
Muhtojlar shod boʻladi.
20 Zolimlar to abad yoʻq boʻladi,
Mazaxchilar halok boʻladi,
Yomonlik istovchilar qirib tashlanadi.
21 Ular odamlarga tuhmat yogʻdirar,
Hakamlarga tuzoq qoʻyar,
Solihlarni adolatdan mahrum qilar.

22 Shu bois Ibrohimni qutqargan Egam
Yoqub xonadoni toʻgʻrisida shunday deb aytmoqda:
“Yoqub nasli endi hech qachon sharmanda boʻlmaydi,
Qoʻrquvdan uning rangi oqarmaydi.
23 Isroil xalqi Men bunyod etgan farzandlarini koʻrganda
Ular Mening nomimni muqaddas deb biladi,
Meni — Yoqub naslining Xudosini muqaddas deb tan oladi.
Ha, Men, Isroil Xudosining huzurida hayratda turadi.
24 Yoʻlidan adashganlar oʻshanda tushunib yetadi,
Noliganlar yoʻl–yoʻriqlarimni oʻrganadi.”