3–BOB
Er–xotinlik munosabatlari
1-2 Egamiz haqi–hurmati, siz, xotinlar, oʻz erlaringizga boʻysuninglar. Erlaringiz Xushxabarni rad etishsa ham, ularga itoat etinglar. Sizning ibratli xulq–atvoringiz har qanday soʻzdan koʻra, taʼsirliroq boʻladi. Erlaringiz pokiza hayotingizni va Xudodan qoʻrqib yashayotganingizni koʻrib, imonga kelishadi. 3 Sizning jozibangiz oʻrilgan sochlar, oltin taqinchoqlar, chiroyli kiyimlar kabi tashqi zeb–ziynatdan iborat boʻlmasin. 4 Ammo qalbingizdagi yuvosh va sokin ruh sizlarning soʻlmaydigan ichki goʻzalligingiz boʻlsin. Xudoning nazarida bunday goʻzallikning qadri yuksakdir. 5 Oʻtmishda Xudoga umid bogʻlagan muqaddas xotinlar ham oʻzlari shu yoʻsinda bezanib, erlariga boʻysunar edilar. 6 Masalan, Sora ham Ibrohimga itoat etib, uni xoʻjayin deb atar edi. Agar sizlar yaxshilik qilib, har qanday qoʻrquvdan sarosimaga tushmasangiz, Soraning qizlari hisoblanasizlar.
7 Ey erlar, sizlar ham, Egamiz haqi–hurmati, xotinlaringizga eʼtiborli boʻlinglar, ular zaif jinsdan ekanligini hisobga olinglar. Ular ham abadiy hayot inoyatidan bahramand boʻlganlari uchun ularni hurmat qilinglar. Aks holda, ibodatlaringiz ijobat boʻlmaydi.
Haqiqat yoʻlida azob chekish haqida
8 Xullas, oʻzaro hamfikr, hamdard boʻlinglar, bir–biringizni birodarlarcha yaxshi koʻringlar, mehr–shafqatli va kamtar boʻlinglar. 9 Yomonlikka yomonlik, haqoratga haqorat bilan javob qaytarmanglar, aksincha, hammani duo qilinglar. Zero, Xudo sizlarni shunga daʼvat etgan. Bularga rioya qilsangiz, baraka topasizlar. 10 Axir, Muqaddas bitiklarda shunday yozilgan:

“Kimki hayotdan zavqlanishni,
Baxtli umr koʻrishni istasa,
U tilini yomon soʻzdan tiysin,
Ogʻzini yolgʻon gapdan asrasin.
11 Yomonlikdan qaytib, yaxshilik qilsin.
Tinchlik istab, tinchlik payida boʻlsin.
12 Chunki Egamiz solihlarni kuzatib turadi,
Ularning iltijosini Egamiz eshitadi.
Badkirdorlardan esa yuz oʻgiradi .”

13 Agar yaxshilik qilishga bel bogʻlasangiz, kim ham sizlarga ozor bera olardi?! 14 Hatto toʻgʻri ish uchun azob chekayotgan boʻlsangiz ham, baxtiyorsizlar! Doʻq–poʻpisa qiluvchilardan qoʻrqmanglar, hayajonga tushmanglar. 15 Qoʻrquvga tobe boʻlmanglar, balki butun qalbingiz bilan Rabbimiz Iso Masihning hokimiyatiga boʻysuninglar. Masihga boʻlgan umidingiz haqida sizdan soʻragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar. Lekin buni muloyimlik va hurmat bilan bajo qilinglar. 16 Vijdoningiz toza boʻlsin, toki Masih yoʻlidagi ibratli hayotingizni yomonlaganlar oʻz gaplaridan uyalib qolsinlar.
17 Agar yaxshilik qilib azob chekishingizni Xudo lozim koʻrsa, har holda yomonlik qilib azob chekishdan bu afzalroqdir.
Masih yovuzlik ustidan gʻalaba qozondi
18 Masih bizni gunohlarimizdan to abad forigʻ qilish uchun azob chekkanini yodingizda tutinglar. U solih boʻla turib, biz, gunohkorlarni Xudoga yaqinlashtirish uchun jonini fido qildi. Uni jisman oʻldirishdi, ammo U yangi, ulugʻvor hayot uchun tirildi . 19 Soʻng zindonga qamalgan yovuz ruhlar oldiga borib, ular ustidan gʻalaba qilganini eʼlon etdi. 20 Qadim zamonda bu ruhlar Xudoga itoatsizlik qilib, insoniyatni yoʻldan ozdirgandi. Ammo Xudo sabr qildi. Nuh oʻz kemasini qurib boʻlguncha Xudo insoniyatni hukm qilmay, kutib turdi. Oʻsha kemaga faqat sakkiztagina odam kirib, toʻfon suvlaridan omon qolgandi. 21 Nuh va uning oilasi bilan roʻy bergan bu hodisa biz uchun timsol hisoblanadi. Bu timsol bizning imonga kelishimizni va suvga choʻmdirilishimizni bildiradi. Choʻmdirilish marosimi badanni kirdan tozalash emas, balki Xudoga: “Senga sodiq qolaman”, deb chin yurakdan vaʼda berish demakdir. Darhaqiqat, sizlar suvga choʻmdirilganingizda, Iso Masihning tirilishi tufayli najot topdingizlar. 22 Masih osmonga koʻtarilib, Xudoning oʻng tomonida oʻtiribdi . Koinotdagi har bir farishta, har qanday kuchlaru hukmronlar Masihga tobedir.