9–BOB
Dovud Mefibositga yaxshilik qiladi
1 Bir kuni Dovud:
— Shoul xonadonidan biror odam qoldimi? — deb soʻradi. — Agar boʻlsa, Yoʻnatanning haqi–hurmati unga yaxshilik qilayin.
2 Shoul xonadonida Zibax degan bir xizmatkor bor edi. Uni Dovudning huzuriga chaqirib kelishdi.
— Sen Zibaxmisan? — deb soʻradi shoh.
— Ha, janobi oliylari, menman, — dedi Zibax.
3 — Shoul xonadonidan birorta odam qolganmi? — deb soʻradi shoh. — Unga Xudoning marhamatini koʻrsatayin.
— Yoʻnatanning bir oʻgʻli bor, uning ikkala oyogʻi ham mayib , — dedi Zibax.
4 — Qayerda u? — soʻradi shoh.
— Loʻdavorda, Omiyol oʻgʻli Moxirning uyida, — dedi Zibax.
5 Shoh Dovud Loʻdavordagi Moxirning uyidan Mefibositni oʻz huzuriga chaqirtirdi. 6 Shoulning nabirasi Mefibosit Yoʻnatanning oʻgʻli edi. Mefibosit Dovudning huzuriga kelib, muk tushib taʼzim qildi.
— Mefibosit! — dedi Dovud.
— Qulingiz shu yerda, — deb javob berdi Mefibosit.
7 Dovud unga dedi:
— Qoʻrqma, otang Yoʻnatanning haqi–hurmati uchun senga yaxshilik qilay. Bobong Shoulning hamma yerlarini senga qaytarib beraman. Oʻzing esa har doim mening dasturxonimdan taom yeysan.
8 Mefibosit taʼzim qilib:
— Men, qulingiz, kim boʻlibmanki, oʻlik itga oʻxshagan mendek bir kimsaga yaxshilik qilyapsiz? — dedi.
9 Soʻng shoh Dovud Shoulning xizmatkori Zibaxni chaqirtirdi:
— Ilgari Shoulga va uning xonadoniga nima tegishli boʻlsa, hammasini xoʻjayiningning nabirasi Mefibositga berdim, — dedi Dovud unga. 10 — Mefibosit uchun sen oʻgʻillaring va qullaring bilan birga yerga ishlov berib, hosil olinglar, toki xoʻjayiningning nabirasi ehtiyojiga yarasha oziq–ovqat bilan taʼminlansin. Xoʻjayiningning nabirasi Mefibosit har doim mening dasturxonimdan taom yeydi.
Zibaxning oʻn besh oʻgʻli va yigirmata quli bor edi.
Shunda Zibax shohga:
11 — Janobi oliylari bu quliga nima buyurgan boʻlsalar, hammasini ijro etarman, — dedi.
Mefibosit, xuddi shoh farzandlarining biriday, shoh dasturxonidan taom yeydigan boʻldi.
12 Mefibositning Mixa degan yoshgina oʻgʻli ham bor edi. Zibax xonadonida yashaganlarning hammasi Mefibositning xizmatkori boʻldi. 13 Mefibosit Quddusda istiqomat qilib qoldi va doim shoh dasturxonidan taom yedi. Uning ikkala oyogʻi ham choʻloq edi.