9–BOB
Givonliklar Yoshuani aldashadi
1 Iordan daryosining gʻarb tomonida turadigan barcha shohlar Yoshuaning gʻalabalari haqida eshitishgan edi. Ular qirlarda, qirlarning etaklarida, butun Oʻrta yer dengizi qirgʻogʻi boʻylab, to shimoldagi Lubnongacha boʻlgan joyda yashaydigan Xet, Amor, Kanʼon, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarining shohlari edilar. 2 Oʻsha shohlar oʻz qoʻshinlarini birlashtirib, Yoshua va butun Isroil xalqiga qarshi jang qilishga toʻpladilar.
3 Ammo Givon aholisi Yoshuaning Yerixo va Ay shaharlarini nimalar qilgani haqida eshitib, 4 ayyorlik bilan ish tutdi. Ulardan bir nechtasi yoʻlga tayyorgarlik koʻrib , oʻz eshaklariga eski xurjunlarni va yirtilib yamalgan eski meshlarni yukladilar. 5 Oyoqlariga eski, yamalgan oyoq kiyimlar, ustilariga esa juldur kiyimlar kiyishdi. Ular olgan nonlarning suvi qochib, mogʻor bosgan edi. 6 Ular Gilgaldagi qarorgohga borib, Yoshua va butun Isroil xalqiga:
— Biz juda ham olis bir yurtdan keldik, biz bilan sulh tuzinglar, — deyishdi. 7 Ammo Isroil xalqi Xiv xalqidan boʻlgan bu odamlarga shunday dedi:
— Balki sizlar bizga yaqin joyda yasharsizlar, biz qanday qilib sizlar bilan sulh tuzamiz?
8 Shunda ular Yoshuaga:
— Biz sizlarning qullaringizmiz, — deyishdi. Yoshua esa ulardan:
— Sizlar kimsizlar? Qayerdan keldingizlar? — deb soʻradi. 9 Ular Yoshuaga shunday deb javob berishdi:
— Biz sizning qullaringizmiz, Egangiz Xudoni deb juda ham uzoq bir yurtdan keldik. Biz sizning Xudoyingiz haqida eshitdik. U Misrda nima qilganini, 10 Iordanning sharqidagi Amor xalqlarining ikki shohini — Xashbon shohi Sixoʻnni va Ashtaroʻtda yashagan Bashan shohi Oʻgni nimalar qilganini eshitdik. 11 Shuning uchun oqsoqollarimiz va yurtimiz aholisi bizni sizlarning oldingizga yuborib: “Uzoq safarga tayyorlaninglar. Isroil xalqi oldiga yetib borgach, bizning xalqimiz ularga qul ekanligini aytib, ular bilan sulh tuzib kelinglar”, deb tayinlashdi. 12 Mana, nonimizga qarang, yoʻlga chiqqanimizda issiqqina edi, endi esa suvi qochib, mogʻor bosib qolgan. 13 Mana bu meshlar sharobga toʻldirganimizda yangi edi, endi esa qarang, yorilib ketgan, ust–boshimiz va oyoq kiyimlarimiz ham yoʻl uzoqligidan eskirib ketdi.
14 Isroil oqsoqollari ularning oziq–ovqatlarini tekshirib koʻrdilar, Egamizdan esa yoʻl–yoʻriq soʻramadilar. 15 Yoshua ular bilan tinchlik sulhini tuzdi. Jamoa oqsoqollari ularni oʻldirmaslikka qasam ichib, sulhni maʼqulladilar.
16 Sulh tuzilgandan keyin uch kun oʻtgach, Isroil xalqi Givonliklar oʻzlariga yaqin joyda yashashlarini eshitib qoldi. 17 Isroil xalqi yoʻlga chiqib ularning shaharlariga uch kunda yetib borishdi. Givon, Xafira, Baroʻt va Xirat–Yoʻrim ularga qarashli shaharlar edi. 18 Ammo Isroil xalqi ularga hujum qilmadi, chunki jamoa oqsoqollari Isroil xalqining Xudosi — Egamiz nomi bilan qasam ichib, ularga vaʼda berishgan edi. Shunda butun jamoa mingʻirlab, oqsoqollarga nolidi. 19 Oqsoqollar jamoaga shunday dedilar:
— Biz ularga Isroil xalqining Xudosi — Egamiz nomi bilan qasam ichib vaʼda berganmiz, endi biz ularga tegmasligimiz kerak. 20-21 Mayli, yashayverishsin, ichgan qasamimizni buzib, boshimizga Egamizning gʻazabini keltirmaylik. Ammo Givonliklar butun jamoa uchun oʻtin yoruvchi va suv tashuvchi boʻlib qolsinlar.
Shunday qilib, oqsoqollar Givonliklarga nisbatan oʻz vaʼdasida qoldilar.
22 Yoshua Givonliklarni chaqirib soʻradi:
— Bizga yaqin joyda yasharkansiz. Nimaga, sizlardan uzoq joyda yashaymiz, deb bizni aldadingiz? 23 Shuning uchun endi sizlar laʼnatisizlar, to abad Xudoyimning uyi uchun oʻtin yoruvchi, suv tashuvchi qul boʻlib qolasizlar.
24 Ular Yoshuaga javob berdilar:
— Biz aniq eshitdik, Egangiz Xudo Oʻzining quli Musoga butun yurtni sizlarga berib, uning butun aholisini qirib tashlashni buyuribdi. Oʻz jonimizni oʻylab, sizlardan qoʻrqqanimizdan shu ishni qildik. 25 Endi biz sizning qoʻlingizdamiz, nima toʻgʻri va nima yaxshi, deb oʻylasangiz, bizni shunday qiling.
26 Isroil xalqi Givonliklarni oʻldirishiga Yoshua yoʻl qoʻymadi. 27 Ammo oʻsha kuni Yoshua ularni qurbongoh va Isroil jamoasi uchun oʻtin yoruvchi va suv tashuvchi qilib qoʻydi. Egamizning qurbongohi qayerda qurilishidan qatʼi nazar, ular oʻsha vazifalarni bajaradigan boʻlishdi. Hatto bugungacha ularning vazifasi shudir.