37–BOB
Ahd sandigʻi va uning qopqogʻi yasaladi
1 Bazalilning koʻrsatmasi bilan akas yogʻochidan Sandiq yasadilar. Sandiqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, boʻyi bir yarim tirsak edi. 2 Sandiqning ichkariyu tashqarisini toza oltin bilan qoplab, aylanasi boʻylab oltin gulchambar qildilar. 3 Sandiq uchun eritilgan oltindan toʻrtta halqa yasab, toʻrtala oyogʻiga mahkamladilar: ikkita halqa bir tomonida, ikkita halqa ikkinchi tomonida edi. 4 Keyin akas yogʻochidan xodalar yasab, xodalarni oltin bilan qopladilar. 5 Sandiqning ikkala tomonidagi halqadan Sandiqni koʻtarib yurish uchun xodalarni oʻtkazdilar. 6 Toza oltindan Sandiqning qopqogʻini yasadilar. Qopqoqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak edi. 7-8 Shu bilan birga, oltindan zarb urib ikkita karub yasadilar . Bitta karub qopqoqning bir chetida, ikkinchi karub ikkinchi chetida boʻlib, har ikkalasi qopqoq bilan bir butunni tashkil qildi. 9 Karublarning tepaga koʻtarilgan qanotlari qopqoqni berkitib turardi. Ular yuzma–yuz turib, qopqoqqa qaragan edi.
Muqaddas nonlar uchun xontaxta yasaladi
10-11 Akas yogʻochidan xontaxta yasadilar. Uni toza oltin bilan qopladilar. Xontaxtaning uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, boʻyi bir yarim tirsak edi. Xontaxtaning chetlariga aylantirib oltin gulchambar qildilar. 12 Yana xontaxtaning aylanasi boʻylab toʻrt enli rom oʻrnatdilar. Bu romni naqshli hoshiya qilib bezatdilar. Uni xontaxtaning oyoqlariga mahkamladilar. 13-15 Yana eritilgan oltindan toʻrtta halqa yasab, har birini taxta mahkamlangan joyning yoniga — toʻrtala burchagidagi toʻrtala oyogʻiga oʻrnashtirdilar. Akas yogʻochidan ikkita xoda yasab, ularni oltin bilan qopladilar. Bu xodalarni halqalardan oʻtkazib, xontaxtani koʻtarib yurish uchun foydalanilar edi. 16 Xontaxtaga qoʻyiladigan buyumlarni — lagan, piyolalar, sharob nazr qilish uchun kosa va koʻzalarni toza oltindan yasadilar.
Chiroqpoya yasaladi
17 Sof oltindan zarb urib chiroqpoya yasadilar. Butun chiroqpoyani va uning bezaklarini bir butun qilib yasadilar. Chiroqpoyaning tagligi, poyasi va kurtakli gulga oʻxshash shakldagi piyolalari bor edi. 18 Yana chiroqpoyaning poyasidan oltita shoxcha chiqarildi: uchta shoxchasi bir yonidan, uchta shoxchasi ikkinchi yonidan chiqarildi. 19 Chiroqpoyaning poyasidan chiqadigan shoxchalarning har birida kurtakli bodom guliga oʻxshash shakldagi uchta piyola bor edi. 20 Chiroqpoyaning poyasida kurtakli bodom guliga oʻxshash shakldagi toʻrtta piyola bor edi. 21 Chiroqpoyaning poyasidan chiqadigan shoxchalarning har juftida bu kurtaklardan uchtasi birin–ketin tizilib turardi. 22 Chiroqpoyani shoxchalari va kurtaklari bilan bitta qilib, toza oltinning yaxlit boʻlagidan zarb urib yasadilar. 23 Chiroqpoya uchun yettita moychiroq yasadilar. Moychiroqlarga qarab turishda foydalangani toza oltindan qisqichlar va patnislar yasadilar. 24 Chiroqpoya bilan uning hamma buyumlarini ikki pud toza oltindan yasadilar.
Tutatqi qurbongohi yasaladi
25 Akas yogʻochidan tutatqi qurbongohi yasadilar. Qurbongoh toʻrtburchak boʻlib, uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, boʻyi esa ikki tirsak edi. Qurbongohning toʻrtala burchagiga oʻzidan yoʻnib chiqarilgan bittadan shox yasadilar. 26 Qurbongohning ustini, yon–atrofini, shoxlarini toza oltin bilan qopladilar, aylanasi boʻylab oltindan gulchambar yasadilar. 27-28 Qurbongohning ikki tomonidagi gulchambarning ostiga ikkita oltin halqa oʻrnashtirdilar. Akas yogʻochidan ikkita xoda yasab, ularni oltin bilan qopladilar. Bu xodalarni halqalardan oʻtkazib, qurbongohni koʻtarib yurish uchun foydalanilar edi.
Muqaddas qiladigan moy va xushboʻy tutatqi tayyorlanadi
29 Usta odam muqaddas qiladigan moy va toza, xushboʻy tutatqi tayyorladi.