4–BOB
Elifaz gapiradi: u Ayubni gunohda ayblaydi
1 Shundan keyin Temonlik Elifaz Ayubga shunday dedi:
2 “Bir gap aytsam, xafa boʻlmaysanmi?
Axir, kim gapirmay jim tura oladi?!
3 Sen koʻplarga nasihat qilar eding.
Ojizlarga yordam berar eding.
4 Qoqilganlarga soʻzlaring bilan dalda berarding,
Ogʻir yuk ostida ezilganlarga kuch bagʻishlarding.
5 Endi esa azob–uqubatga uchraganingda tushkunlikka tushyapsan,
Oʻz boshingga tushganlardan sarosimada oʻtiribsan.
6 Xudodan qoʻrqishing umiding boʻlishi kerak emasmi?!
Yoʻllaring toʻgʻriligi senga umid bagʻishlamaydimi?!
7 Oʻylab koʻrgin–chi, qachon aybsiz inson halok boʻlgan?!
Biror yerda solih kishi hech yoʻq qilinganmi?!
8 Oʻz hayotimda koʻrganman, kim yovuzlik,
Gʻam–gʻussa eksa, xuddi oʻshani oʻradi.
9 Xudoning nafasi ularni oʻldiradi,
Xudoning gʻazabidan fosiqlar daf boʻladi.
10 Ularning shernikiday boʻlgan ovozlarini Xudo oʻchiradi,
Oʻsha maxluqlarning tishlarini Xudo sindiradi.
11 Oʻlja yoʻqligidan u sherlar halok boʻladi,
Shervachchalari ham uzoqlarga tarqalib ketadi.
12 Menga bir soʻz yashirincha keldi,
Qulogʻimga shivirlab eshitildi.
13 Insonlar chuqur uyquda boʻlganda,
Tashvishli tushlarda bu soʻz keldi.
14 Meni qoʻrquv–qaltiroq bosdi,
Butun vujudim larzaga keldi.
15 Bir ruh yuzimni silab oʻtdi,
Shunda tuklarim tikka boʻlib ketdi.
16 Ruh toʻxtab, qimirlamay turdi,
Ammo uni aniq koʻrmadim.
Koʻz oldimda bir sharpa turar edi.
Sukunat choʻkdi, keyin bir ovoz eshitdim:
17 «Insonlar Xudoning oldida solih boʻla oladimi?!
Odamlar Yaratuvchisining oldida pok boʻla oladimi?!
18 Axir, Xudo hatto Oʻz farishtalariga ishonmaydi–ku,
Ulardan ham ayb topadi–ku!
19 Shunday ekan, tuproqdan yaratilgan insonlardan,
Loydan bino boʻlgan, kuyaday eziladigan
Odamlardan qanchalar ayb topadi?!
20 Axir, ular ertalab bor,
Kechasi esa yoʻq boʻlib ketadigan insonlar–ku!
Ularning nomi abadiy oʻchib ketadi.
21 Chodirlarining arqonlari uzib tashlanadi,
Ular donolikka yetishmay halok boʻladilar.»