21–BOB
Iso koʻl boʻyida zohir boʻladi
1 Bu hodisalardan keyin Iso Jalila koʻli boʻyida yana shogirdlariga zohir boʻldi. Bu shunday roʻy berdi: 2 Butrus , Toʻma, yaʼni Didimus , Jaliladagi Kaʼna qishlogʻidan boʻlgan Natanil, Zabadiyoning oʻgʻillari va boshqa ikki shogird — hammalari birga yigʻilgan edilar. 3 Butrus yonidagilarga:
— Men ketdim, baliq tutaman, — dedi.
— Biz ham sen bilan boramiz, — deyishdi ular. Soʻng qayiqqa tushib, joʻnab ketishdi. Lekin oʻsha kecha hech narsa tutisholmadi.
4 Kun yorishganda, Iso qirgʻoqda turgan edi. Shogirdlari esa Uning Iso ekanligini bilmadilar.
5 — Yigitlar, baligʻingiz bormi? — deb soʻradi Iso ulardan.
— Yoʻq, — deb javob berdi ular.
6 — Toʻringizni qayiqning oʻng tomoniga tashlanglar, shunda tutasizlar, — dedi Iso.
Ular toʻrni tashladilar. Baliq koʻpligidan uni tortib ololmadilar. 7 Shu payt Isoning sevikli shogirdi :
— Bu Rabbimiz Iso–ku! — dedi Butrusga. Butrus buni eshitishi bilanoq, uzun koʻylagining etaklarini beliga qistirdi–yu, koʻlga sakradi. 8 Boshqa shogirdlar esa baliq toʻla toʻrni sudragancha, qayiqda keldilar. Ular quruqlikka yaqin, taxminan ikki yuz tirsak masofada edilar. 9 Qirgʻoqqa chiqqanlarida, nonni va yongan koʻmir ustida pishayotgan baliqni koʻrdilar.
10 Iso ularga:
— Hozir tutgan baligʻingizdan olib kelinglar, — dedi. 11 Butrus borib, toʻrni qirgʻoqqa tortib chiqardi. Toʻr katta baliqlarga toʻla edi. Hammasi boʻlib 153 ta baliq bor edi. Baliqlar koʻpligiga qaramasdan, toʻr yirtilmadi.
12 Iso shogirdlariga:
— Qani, kelinglar, nonushta qilib olinglar, — dedi. Ulardan hech biri: “Siz kimsiz?” deb soʻrashga botinolmadi, chunki Uning Rabbimiz Iso ekanligini bilar edilar. 13 Iso ularning oldiga borib, nondan berdi, baliqdan ham berdi.
14 Shu yoʻsin Iso tirilgandan keyin uchinchi marta shogirdlariga zohir boʻldi.
Isoning Butrusga savoli
15 Iso nonushtadan keyin Shimoʻn Butrusdan soʻradi:
— Yuhanno oʻgʻli Shimoʻn, sen Meni ulardan koʻproq yaxshi koʻrasanmi?
— Ha, Rabbim! Men Seni yaxshi koʻrishimni Oʻzing bilasan–ku, — dedi Unga Butrus.
— Qoʻzilarimni oʻtlat, — dedi unga Iso.
16 Iso ikkinchi marta Butrusdan soʻradi:
— Yuhanno oʻgʻli Shimoʻn, sen Meni yaxshi koʻrasanmi?
— Ha, Rabbim! Seni yaxshi koʻrishimni Oʻzing bilasan–ku, — dedi Butrus Unga.
— Qoʻylarimni boq, — dedi unga Iso.
17 Soʻng uchinchi marta Butrusdan soʻradi:

Iso uchinchi marta yana shu savolni bergani uchun Butrus xafa boʻldi.
— Rabbim! Sen hamma narsani bilasan, men Seni yaxshi koʻrishimni ham bilasan, — dedi Butrus. Iso unga shunday dedi:
— Qoʻylarimni oʻtlat! 18 Senga chinini aytayin: yosh boʻlganingda kamaringni oʻzing bogʻlar eding, xohlagan joyingga borar eding. Qariganingda esa qoʻllaringni uzatasan, boshqa birov seni bogʻlaydi, seni xohlamagan joyingga olib boradi.
19 Iso bu soʻzlar orqali Butrusning qay yoʻl bilan oʻlib, Xudoni ulugʻlashini bildirdi . Soʻngra unga:
— Ortimdan yur! — dedi.
Iso va Uning sevikli shogirdi
20 Butrus burilib, Isoning sevikli shogirdi orqalaridan ergashib kelayotganini koʻrdi. Bu shogirdi kechki ziyofatda engashib, Isodan: “Hazrat, Sizni kim tutib beradi?” — deb soʻragan edi. 21 Butrus uni koʻrib, Isodan:
— Rabbim, uning taqdiri nima boʻladi? — deb soʻradi. 22 Iso unga:
— Men kelgunimgacha uning tirik qolishini istasam, bundan senga nima?! Sen ortimdan yuraver, — dedi.
23 Shunday qilib, imonlilar orasida bu shogird oʻlmaydi degan gap–soʻz tarqalib ketdi. Holbuki, Iso uni oʻlmaydi, demagandi. U faqat: “Agar Men kelgunimgacha uning tirik qolishini istasam, bundan senga nima?!” — deb aytgan edi.
Xotima
24 Ana shu shogird bu hodisalarning hammasiga guvoh boʻlib, ularni yozib olgan. Uning guvohligi haqiqat ekanligini bilamiz. 25 Iso yana koʻp boshqa ishlar qilgan. Bular birma–bir yozib chiqilganda edi, yozilgan kitoblar olamga ham sigʻmas edi, deb oʻylayman .