6–BOB
1 Shunday ekan, Masihning boshlangʻich taʼlimotida toʻxtab qolmaylik. Aksincha, imonda yetuk boʻlishga intilaylik. Hadeb taʼlimotning ilk asoslarini oʻrganavermaylik. Oʻlimga yetaklovchi ishlardan tavba qilish va Xudoga ishonish haqida, 2 poklanish marosimlari va qoʻl qoʻyib duo qilish haqida, oʻliklarning tirilishi va abadiy hukm haqida qayta–qayta taʼlim olishimiz shart emas. 3 Endi Xudoning madadi bilan yetuklik sari qadam tashlaylik.
Ogohlikka va umidvorlikka chorlovchi soʻzlar
4 Nahotki Xudodan yuz oʻgirgan odamni yana tavbaga olib kelib boʻlsa?! Bunday odam Xudoning nurini koʻrib, samoviy inʼomdan lazzat olgan, Muqaddas Ruhdan bahramand boʻlib, 5 Xudo kalomining ezguligini totib koʻrgan va kelajak dunyoning qudratini oʻz tajribasida koʻrgan. 6 Agar shularga qaramay, u Xudodan qaytsa, ikki dunyoda ham tavba qilmaydi! Chunki bu qilmishi bilan Xudoning Oʻgʻlini goʻyo boshqatdan xochga mixlab, hammaning oldida Uni sharmanda qilayotganday boʻladi.
7 Xudoning yoʻlidan yurgan odamni moʻl–koʻl yomgʻirga toʻygan yerga oʻxshatsa boʻladi. Bunday yer dehqonlar uchun yaxshi hosil yetishtirib, Xudodan baraka topadi. 8 Xudodan qaytgan odam esa yantogʻu tikan bosgan yerga oʻxshaydi. Bunday yer foydasiz boʻlib, laʼnatga duchor boʻlish xavfi ostida qoladi. Oxir–oqibatda esa olovga yem boʻladi.
9 Sevimli birodarlarim, qattiq gapirganimga qaramay, sizlardan koʻnglim toʻq. Sizlar najotga eltuvchi toʻgʻri yoʻldan ketayotganingizga ishonchim komil. 10 Axir, Xudo adolatlidir. U sizning ishingizni unutmaydi, Unga boʻlgan muhabbatingiz tufayli azizlariga qilgan va qilayotgan xizmatlaringizni yodida tutadi. 11 Xizmatdagi bu shijoatingizni har biringiz oxirigacha asrashingizni chin dildan xohlaymiz. Chunki shundagina Masihga boʻlgan umidingiz soʻnmaydi. 12 Erinchoq boʻlmanglar. Aksincha, imoni va sabr–toqati tufayli Xudoning vaʼdalaridan bahramand boʻlgan birodarlardan oʻrnak olinglar.
Xudoning oʻzgarmas vaʼdasi umid bagʻishlaydi
13 Xudoning Ibrohimga bergan vaʼdasini eslanglar. Oʻshanda Xudo Oʻz nomi haqi qasam ichgandi. Zero, qasam ichish uchun Oʻzidan buyukroq biron zot yoʻq edi. 14 Oʻshanda Xudo qasam ichib, shunday degandi:
“Senga albatta qut–baraka beraman,
Naslingni son–sanoqsiz qilaman.”
15 Ibrohim sabr–toqat qilib, berilgan vaʼdaga erishdi.
16 Odamlar qasam ichganlarida oʻzlaridan buyukroq boʻlgan kimsaning ismi haqi qasam ichadilar. Qasam aytilgan gapning tasdigʻi hisoblanadi va har qanday bahsga xotima beradi. 17 Shunga oʻxshab, Xudo ham Oʻz vaʼdasini qasam bilan tasdiqladi. Chunki xalqiga baraka berishni vaʼda qilgan Xudo shu orqali Oʻz irodasining qatʼiy ekanligini aniq koʻrsatmoqchi edi. 18 Xudo yolgʻon gapirmaydi! Uning bergan vaʼdasi va ichgan qasami hech qachon oʻzgarmaydi. Xudoning tasdiqlagan vaʼdasidan endi biz kuchli dalda olib, U bergan umidni mahkam tutaylik. Axir, biz Xudodan panoh topganmiz. 19 Bu umid jonimiz uchun tebranmas, mustahkam langardaydir. Umidimiz bizni samoviy Chodirdagi pardaning orqa tarafiga, Xudoning huzuriga olib kiradi. 20 Iso bizdan oldin u yerga kirib, biz uchun yoʻl ochib berdi. U Maliksidiq singari to abad Oliy ruhoniyimiz boʻldi.