14–BOB
Isroil xalqi surgundan qaytadi
1 Ammo Yoqub nasliga Egam shafqat qiladi,
U yana Isroil xalqini tanlab oladi.
Yoqub nasliga oʻz yerida orom beradi,
Birlashadi musofirlar ular bilan,
Qoʻshiladi Yoqub xonadoni bilan.
2 Xalqlar oʻz yurtlariga Isroilni boshlab boradi,
Ular Isroil xalqining mulki boʻladi.
Isroil Egamning yerida xalqlarni qul, choʻri qiladi.
Oʻzini asir qilganlarni Isroil xalqi asir qiladi,
Zolimlar ustidan u hukmronlik qiladi.
Bobil shohi mazax boʻladi
3 Egam sizni qaygʻu, dard–alamdan qutqarganda, sizga azob bergan ogʻir ishdan xalos qilganda, 4 Bobil shohini masxaralab bu soʻzlarni aytasiz:
“Mana, zolimning kuni bitdi–ya!
Zoʻravon tamom boʻldi–ya!
5 Egam sindirdi fosiqlarning tayogʻini,
Hukmdorlarning hassasini!
6 Bu hassa xalqlarni rosa urardi,
Toʻxtovsiz kaltaklardi,
Xalqlarga gʻazab ila hukmronlik qilardi,
Shafqat qilmay taʼqib qilardi.
7 Jamiki zamin tinch, osuda,
Ular sevinch ila qoʻshiq aytmoqda.
8 Hatto sarv daraxtlari halokatingdan mamnun,
Lubnon sadrlari ham aytar:
«Endi sen chuqurda yotibsan,
Hech kim bizni kesgani kelmas.»
9 Oʻliklar diyori jonlanib qoldi:
Ana, keldi, kutib olaylik, deya.
Qara, uygʻondi seni deb
Yer yuzi yoʻlboshchilarining ruhlari.
Taxtlaridan oyoqqa qalqidi
Jamiki xalqlarning shohlari.
10 Ey Bobil shohi!
Hammalari senga qarab aytadi:
«Hatto sen ham bizday nochor boʻlding–a,
Bizning kunimiz tushdi sening boshingga.»
11 Ulugʻvorliging, kayfu safolar tovushi
Uloqtirildi oʻliklar diyoriga!
Ostingdagi qurtlar koʻrpachangdir,
Chuvalchanglar sening toʻshagingdir.
12 Qanday qilib tushib ketding samodan,
Ey Zuhra yulduz, Tong oʻgʻli?!
Xalqlarni yerga uloqtirgan eding!
Yerga qulab tushding–ku oʻzing!
13 Ha, oʻzingcha aytgan eding:
«Men chiqib boraman samolarga,
Taxtimni koʻtaraman
Xudoning yulduzlari tepasiga.
Oʻtiraman xudolar yigʻiladigan togʻda,
Shimolning eng chekkasida.
14 Bulutlar tepasiga chiqib boraman,
Xudoyi Taoloday boʻlaman.»
15 Ammo sen uloqtirilgansan oʻliklar diyoriga,
Chuqurlikning tub–tubiga.
16 Koʻrganlar senga tikilib qoladi,
Koʻngillarida shunday oʻy kechadi:
«Oʻsha odammi bu zaminni titratgan,
Shohliklarni larzaga solgan?!
17 Shumi olamni sahroga aylantirgan?!
Shaharlarni yer bilan yakson qilgan,
Asirlarni qoʻyib yubormagan?!»
18 Xalqlarning shohi boʻlganlarning hammasi
Muhtasham qabrlarida yotibdi.
19 Ammo sen uloqtirilgansan
Jirkanch chirik novdaday qabringdan.
Tosh chuqurga tushadigan jasadlar,
Qilichdan qulagan jasadlar
Boʻlar sening kafaning.
20 Axir, oʻz yurtingni vayron qilgansan,
Xalqingni oʻzing oʻldirgansan.
Endi ular qatori dafn qilinmassan.
Ey fosiq, sening nasling
To abad tilga olinmas!
21 Otasining gunohlari uchun
Oʻgʻillarini jallodga topshiring.
Ular aslo koʻtarilmas.
Endi yerga egalik qilmas,
Yer yuzida shaharlar barpo qilmas.”
Xudo Bobilni vayron qiladi
22 Quyidagilar Sarvari Olamning soʻzidir. “Men Bobilga qarshi qoʻzgʻalaman. Bobildagilarning nomini ham, qolgan–qutganini ham, urugʻ–aymogʻini ham yoʻq qilaman”, — deb aytmoqda Egamiz. 23 “Men Bobilni tipratikanlarga mulk qilib beraman. Uni botqoqqa aylantiraman. Xarobazor qilib, supurib tashlayman”, — deb aytmoqda Sarvari Olam.
Xudo Ossuriyani vayron qiladi
24 Sarvari Olam ont ichib aytdi:
“Ha, Mening belgilaganim bajo boʻladi,
Mening rejalashtirganim amalga oshadi.
25 Ossuriya xalqini Oʻz yerimda yakson etaman,
Togʻlarimda uni oyoq osti qilaman.
Uning boʻyinturugʻi yurtimdan olinadi,
Yuki Isroilning yelkalaridan uloqtiriladi.
26 Butun olam uchun shu rejani tuzdim,
Butun xalqlarga qarshi qoʻlimni koʻtardim.”
27 Sarvari Olam reja qilgan!
Qani, buni kim bekor qila oladi?!
U xalqlarga qarshi qoʻl koʻtardi!
Qani, Uni kim toʻxtata oladi?!
Xudo Filistlarni xonavayron qiladi
28 Shoh Oxoz vafot etgan yili bu bashorat ayon qilindi:
29 “Bizni urgan tayoq sindi”, deb
Sevinmangiz, ey Filistlar!
Axir, ilonning tuxumidan qora ilon chiqadi!
Uning bolasi vahimali ajdar boʻladi!
30 Mana, qashshoqlarning toʻngʻichi toʻyyapti,
Muhtojlar eson–omon yotibdi.
Ammo sizning ildizingizni ochlikdan quritaman,
Qolgan–qutganlaringiz esa qirilib ketasiz.
31 Ey Filistlar, hammangiz
Azadan adoyi tamom boʻlasiz.
Faryod qil, ey darvoza! Yigʻla, ey shahar!
Shimoldan urush hidi chiqayotir,
Oʻsha lashkar safdan chiqmay kelayotir.
32 Xalqlarning elchilariga qanday javob berilar?
“Egamiz Quddusni barqaror qildi.
Oʻz xalqi orasida muhtoj boʻlganlar
U yerda panoh topadi”, javobi shudir.