7–BOB
Iso va ukalari
1 Shundan keyin Iso Jalila hududini keza boshladi. U Yahudiyani kezishni xohlamagan edi, chunki u yerdagi yahudiylar Uni oʻldirishga qasd qilgan edilar. 2 Yahudiylarning Chayla bayrami yaqinlashayotgan edi. 3 Ukalari Isoga shunday deyishdi:
— Bu yerdan chiqib Yahudiyaga boring. Qilayotgan ishlaringizni shogirdlaringiz ham koʻrishsin. 4 El nazariga tushaman degan bironta odam yashirincha ish qilmaydi–ku! Bunday ishlarni qilar ekansiz, Oʻzingizni dunyoga taniting!
5 Hatto ukalari ham Unga ishonmas edilar. 6 Iso ukalariga shunday dedi:
— Mening vaqt–soatim hali kelgani yoʻq. Lekin sizlar uchun har vaqt qulaydir. 7 Dunyo sizlardan nafratlana olmaydi, lekin Mendan nafratlanadi. Chunki Men uning qilmishlari yomon ekanligini yuziga solaman. 8 Mayli, sizlar bayramga boringlar. Men hozircha bu bayramga bormayman, chunki Mening vaqtim hali kelgani yoʻq.
9 Shu soʻzlarni aytib, Iso Jalilada qoldi.
Iso Quddusda Chayla bayramida
10 Isoning ukalari bayramga ketganlaridan keyin, Isoning Oʻzi ham hech kimga bildirmay, yashirincha bayramga bordi. 11 Yahudiylar esa Isoni bayramda qidirar, “U qayoqda?” deb soʻrar edilar. 12 Omma orasida Iso toʻgʻrisida har xil gap–soʻzlar yoyilgan edi. Baʼzilar: “U yaxshi odam”, desalar, boshqalar: “Yoʻq, U xalqni yoʻldan ozdiryapti”, deyishardi. 13 Biroq yahudiylardan qoʻrqqanlari uchun U haqda hech kim ochiq gapirmas edi.
14 Bayramning yarmi oʻtganda, Iso Maʼbadga kirib, taʼlim bera boshladi. 15 Uni eshitgan yahudiylar hayron qolib deyishdi:
— Bu Odam oʻqimagan boʻlsa, qayerdan shuncha narsani biladi?!
16 Iso ularga javoban dedi:
— Men oʻrgatayotgan taʼlimot Oʻzimniki emas, balki Meni Yuborgannikidir. 17 Kim Xudoning irodasini bajarishni istasa, bu taʼlimot Xudodanmi yoki Oʻzimdanmi, bilib oladi. 18 Kim oʻz nomidan gapirsa, oʻziga shuhrat izlaydi. Kim uni yuborganga shuhrat izlasa, haqiqatni soʻzlaydi, uning dilida hiyla boʻlmaydi. 19 Qonunni sizlarga Muso berdi, shunday emasmi? Ammo birortangiz qonunni bajarmaysiz. Nega Meni oʻldirmoqchisizlar?
20 — Seni jin uribdi! Kim Seni oʻldirmoqchi ekan? — dedi xaloyiq. 21 Iso esa Oʻz soʻzida davom etdi:
— Men Shabbat kuni bitta moʻjiza qilganim uchun hammalaringiz hayron qolyapsizlar. 22 Oʻzlaringiz esa, Musoning qonuniga amal qilaylik deb, Shabbat kuni oʻgʻil bolani sunnat qilasizlar–ku! Aslida, sunnat odati Musodan emas, Ibrohim davridan qolgan. 23 Musoning qonuni buzilmasin deb, sizlar hatto Shabbat kuni ham oʻgʻil bolani sunnat qilsangizlar, nega Mendan gʻazablanasizlar?! Shabbat kuni odamni butunlay sogʻaytirganim uchunmi?! 24 Yuzaki hukm qilmanglar, hukmingiz adolatli boʻlsin.
Isoning kimligi haqida gumonlar
25 Baʼzi Quddusliklar shunday deyishardi:
— Yoʻlboshchilarimiz oʻldirmoqchi boʻlgan Odam shu emasmi? 26 Mana, U hammaning oldida soʻzlayapti, Unga qarshi hech kim hech narsa demayapti. Nahotki yoʻlboshchilarimiz Uni Masih deb tan olishgan boʻlsa?! 27 Ammo bu Odamning qayerdanligini hammamiz bilamiz, Masih kelganda esa, Uning qayerdanligini hech kim bilmaydi.
28 Iso Maʼbadda taʼlim berar ekan, baland ovozda shunday dedi:
— Ha, sizlar Mening kimligimni ham, qayerdanligimni ham bilasizlar. Lekin Men Oʻzimcha kelganim yoʻq. Meni Yuborgan bor, sizlar esa Uni tanimaysizlar. U haqdir. 29 Men Uni bilaman, chunki Men Uning oldidan kelganman, U Meni yuborgan.
30 Bu gapi uchun Isoni qoʻlga olmoqchi boʻldilar. Biroq hech kim Unga qoʻl tekkizmadi, chunki Uning vaqt–soati hali kelmagan edi. 31 Shu bilan birga, xalq orasidagi koʻp odamlar Unga imon keltirdi. Ular:
— Masih kelsa ham, baribir bunchalik koʻp moʻjizali alomatlar koʻrsata olmaydi! — deyishardi.
Isoni tutib olmoqchilar
32 Odamlar Iso toʻgʻrisida shunday deb pichirlashayotganini farziylar eshitib qolishdi. Shunda bosh ruhoniylar bilan farziylar Isoni qoʻlga olish uchun Maʼbad mirshablarini yuborishdi.
33 Iso dedi:
— Men sizlar bilan qisqa bir muddat boʻlib, yana Meni Yuborganning oldiga qaytib boraman. 34 Sizlar Meni izlaysizlar–u, lekin topolmaysizlar. Men boradigan joyga sizlar borolmaysizlar.
35 Buni eshitgan yahudiylar oʻzaro shunday deb aytishardi:
— U qayerga bormoqchiki, biz Uni topa olmasak? Balki U boshqa yurtlarda yashaydigan yahudiylar orasiga bormoqchidir? Gʻayriyahudiylarga ham taʼlim bermoqchidir? 36 “Sizlar Meni izlaysiz–u, lekin topolmaysizlar, Men boradigan joyga sizlar borolmaysizlar” degan gaplari bilan nima aytmoqchi ekan?
Hayotbaxsh suv va Ruh haqida
37 Chayla bayramining oxirgi, ulugʻ kunida Iso turib, baland ovozda xitob qildi:
— Kim chanqagan boʻlsa, Mening oldimga kelib ichsin. 38 Shunda Muqaddas bitiklarda aytilganidek, Menga ishongan odamning ichidan hayotbaxsh suv daryo boʻlib oqib chiqadi.
39 Iso shunday deganda, Muqaddas Ruhni nazarda tutgan edi. Unga ishonganlar Ruhni qabul qilib olishlari kerak edi. Lekin Ruh hanuz berilmagan edi, chunki Iso hali ulugʻlanmagan edi.
Iso tufayli xalq boʻlinadi
40 Olomon ichidan baʼzilari bu soʻzlarni eshitib shunday dedilar:
— Haqiqatan ham bu Odam biz kutgan paygʻambar ekan.
41 Boshqalari:
— Bu Masih, — deyishsa, yana boshqalari shunday deyishardi:
— Masih Jaliladan kelmaydi–ku! 42 Muqaddas bitiklarda, Masih Dovudning urugʻidan kelib chiqadi, U Dovud yashagan Baytlahm qishlogʻida tugʻiladi, deb aytilmaganmi?!
43 Shu tariqa Iso tufayli xalq ikkiga boʻlindi. 44 Baʼzilar Uni qoʻlga olmoqchi boʻlishdi, ammo hech kim Unga qoʻl tekkizmadi.
45 Shu payt Maʼbad mirshablari bosh ruhoniylarning va farziylarning oldiga qaytib kelishdi.
— Nega Uni olib kelmadingizlar? — deb soʻrashdi ulardan.
46 — Hech kim hech qachon bu Odamday gapirmagan, — dedi mirshablar.
47 — Mabodo U sizlarni ham yoʻldan urmadimi? — deyishdi farziylar. 48 — Bosh ruhoniylar bilan farziylar orasida Unga ishongan bironta odam ham yoʻq! 49 Tavrotni bilmagan oʻsha qalangʻi–qasangʻilar esa shundoq ham laʼnat ostida qolgan!
50 Shunda farziylardan biri, ilgari Isoning oldiga borgan Nikodim shunday savol berdi:
51 — Qonunimizga koʻra, nahotki biz odamni eshitmay turib, uning aybini topmasdan uni hukm qila olsak?!
52 — Sen ham Jaliladan boʻlsang kerak–a? Muqaddas bitiklarni oʻrganib chiq, Jaliladan paygʻambar chiqmasligi aniq, — deyishdi unga .
53 Shundan keyin hammalari uy–uylariga tarqalib ketdilar.