11–BOB
Xudoning tanlangan xalqi
1 Shunday qilib, yana bir savolim bor. Nahotki Xudo Oʻz xalqini rad qilgan boʻlsa? Yoʻq, aslo! Men oʻzim Isroil xalqidan boʻlib, Ibrohimning avlodidanman, Benyamin qabilasiga tegishliman–ku! 2 Xudo azaldan tanlab olgan xalqini rad qilgani yoʻq. Muqaddas bitiklarda Ilyos haqida nima yozilgani esingizda yoʻqmi?! U Isroil xalqidan shikoyat qilib, Xudoga shunday degan edi: 3 “Ey Egam, Isroil xalqi qurbongohlaringni buzdi, paygʻambarlaringni qilichdan oʻtkazdi. Yolgʻiz men qoldim, xolos. Endi jonimni olish uchun meni ham qidirib yuribdilar.” 4 Xudo unga nima deb javob berdi? “Men Isroil xalqidan Oʻzim uchun Baal oldida tiz choʻkmagan yetti ming odamni qoldirdim.” 5 Xuddi shunga oʻxshab, hozir ham Xudoga sodiq qolganlar bor, chunki ular Xudoning inoyati boʻyicha tanlanganlar. 6 Tanlash insonlarning ishlariga emas, Xudoning inoyatiga bogʻliq. Agar shunday boʻlmaganda edi, inoyat haqiqiy inoyat boʻlmas edi .
7 Xullas, bu nimani bildiradi? Isroil xalqi solihlik payida boʻlsa ham, solihlikka erishmadi. Faqatgina tanlanganlar bu maqsadga erishdi, qolganlarning esa yuraklari tosh boʻldi. 8 Muqaddas bitiklarda yozilganday :
“Xudo shu paytgacha ularni qattiq uxlatib qoʻydi,
Ularga koʻradigan koʻz, eshitadigan quloq bermadi.”
9 Dovud ham shunday degan:
“Dasturxonlari oʻzlariga toʻru tuzoq boʻlsin.
Shunda ular qoqilib,
Jazolarini oladilar.
10 Koʻz nurlari soʻnsin, koʻrmay qolsin,
Bellari to abad bukchayib qolsin.”
11 Bundan yana bir savol kelib chiqadi. Yahudiylar qoqilganda, butunlay halok boʻldilarmi? Yoʻq, aslo! Aksincha, ular Masihni rad qilganlari uchun gʻayriyahudiylar najotga ega boʻldilar, toki Isroil xalqining rashki qoʻzgʻalsin. 12 Yahudiylar Masihni rad etib, butun dunyoni yanada boyitdilar. Oʻzlari yoʻqotgan boylik bilan gʻayriyahudiylarga foyda keltirdilar. Agar ularning bu gunohi shunday samara keltirgan boʻlsa, ularning najot topishi qanchalik foyda keltirishini bir tasavvur qilib koʻringlar–a!
Novdalarning payvand qilinish misoli
13 Endi sizlarga — gʻayriyahudiylarga aytyapman. Toʻgʻri, men sizlarga Xushxabar keltirish uchun yuborilganman. Bu xizmatimni jon–jahdim bilan bajaraman, 14 balki bu xizmatim bilan oʻz qondoshlarim yahudiylarning rashkini qoʻzgʻatarman, ularning baʼzilarini qutqarib qolarman. 15 Yahudiylarning rad etilishi dunyoni Xudo bilan yarashtirgan boʻlsa, ularning Xudo tomonidan qabul qilinishi oʻlimdan hayotga olib bormaydimi?
16 Birinchi yopilgan non Xudoga bagʻishlanib muqaddas boʻlsa, xamirning qolgani ham muqaddasdir. Agar tomirlar muqaddas boʻlsa, novdalar ham muqaddasdir. 17 Baʼzi yahudiylar daraxtning sindirib tashlangan novdalariga oʻxshaydilar. Sizlar — gʻayriyahudiylar esa tabiiy novdalar orasiga payvand qilingan yovvoyi zaytun novdalariga oʻxshaysizlar. Endi ular bilan birga bir tomirdan oziqlanyapsizlar. 18 Shunday ekan, boshqa novdalarga qarab maqtanmanglar. Agar juda kekkayib ketsangizlar, yodga olinglar, sizlar tomirni emas, balki tomir sizlarni oziqlantiryapti. 19 Ehtimol sizlar: “Biz payvand qilinishimiz uchun novdalar sindirildi”, dersizlar. 20 Toʻgʻri, lekin esingizda boʻlsin: ular ishonmaganlari uchun sindirib tashlandilar, ammo sizlar imoningiz orqali payvand qilingansiz. Shuning uchun kekkayib ketmanglar, balki Xudodan qoʻrqinglar. 21 Aks holda, Xudo tabiiy novdalarni ayamagani kabi, sizlarni ham ayamaydi.
22 Shunday qilib, Xudoning mehribonligi va qattiqqoʻlligi haqida oʻylab koʻring: Xudoning najotini rad qilganlarga U qattiqqoʻllik qildi, sizlarga — payvand qilinganlarga esa U mehribonlik koʻrsatdi. Agar Xudoga sodiq qolsangiz, Uning mehribonligidan bahramand boʻlaverasiz. Boʻlmasa, Xudo sizlarni ham kesib tashlaydi. 23 Najotni rad qilganlar oʻz imonsizliklarini bas qilsalar, payvand qilinadilar. Xudo ularni qayta payvand qilib qoʻyishga qodir. 24 Axir, sizlar yovvoyi zaytun daraxtidan kesib olinib, parvarishlangan zaytun daraxtiga, tabiatga xilof ravishda, payvand qilindingiz. Shunday ekan, ular, tabiiy novdalar, oʻzlarining daraxtiga qanchalar osonlik bilan qayta payvand qilinadilar–a!
25 Birodarlarim, sizlar tagʻin oʻzbilarmon boʻlib ketmanglar deb, bu sirni sizlarga bildirmoqchiman: belgilangan miqdordagi gʻayriyahudiylar najot topmaguncha, Isroil xalqining baʼzilari oʻjar boʻlib qolaveradilar. 26 Shundan keyin butun Isroil qutqariladi. Muqaddas bitiklarda Xudo shunday degan–ku :
“Qutqaruvchi Quddusdan keladi,
Yoqub naslidan betavfiqlikni yoʻq qiladi.
27 Ular bilan qilgan ahdim mana shudir:
Men ularni gunohlaridan forigʻ qilaman.”
28 Yahudiylar Xushxabarni rad qilib, Xudoning dushmanlari boʻlib qoldilar, bu sizlarga — gʻayriyahudiylarga foyda keltirdi. Ammo Xudo yahudiylarni tanlagani uchun, ularning ota–bobolari haqi hali ham ularni yaxshi koʻradi. 29 Chunki Xudo bergan inʼomlarini qaytarib olmaydi va Oʻzi daʼvat qilgan xalqidan voz kechmaydi. 30 Siz — gʻayriyahudiylar ham bir vaqtlar itoatsiz edingiz, ammo yahudiylarning itoatsizligi natijasida Xudo sizlarga mehr–shafqat koʻrsatdi. 31 Toʻgʻri, hozir yahudiylar itoatsiz, ammo sizlarga koʻrsatilgan mehr–shafqat tufayli ular ham mehr–shafqat topadilar. 32 Hammaga mehr koʻrsatay deb, Xudo hammani itoatsizlikka tutqun qildi.
33 Xudoning donoligiyu bilimi naqadar boy va chuqurdir! Uning hukmlarini kim tushunib yetadi?! Uning yoʻllarini kim sinchiklab tekshira oladi?! 34 Kim Egamizning fikr–zikrini bila oladi?! Kim Unga maslahat bera oladi?! 35 Kim Xudoga shunday hadya berganki, Xudo undan qarzdor boʻlsa?! 36 Hech kim! Chunki butun borliq Xudodan kelib chiqqan, Xudo orqali va Xudo uchun mavjuddir! Unga to abad shon–sharaflar boʻlsin! Omin.