13–BOB
Xudo Bobilni jazolaydi
1 Omiz oʻgʻli Ishayoga vahiyda Bobil toʻgʻrisida ayon boʻlgan bashorat.
2 Yalang tepalik uzra bayroq koʻtaring,
Bobilga qarshi jangchilarni safarbar qiling.
Hammasini jangga daʼvat eting,
Ular aslzodalar darvozalarini ishgʻol qilsin.
3 Egam aytar: “Men Oʻzim tanlaganlarga amr berib,
Qahrimni koʻrsatsin deb, jangchilarimni yigʻdim,
Gʻalabamdan sevinadiganlarni toʻpladim.”
4 Qirlardagi olomonning tovushi
Oʻxshaydi buyuk xalqning ovoziga.
Ana, shohliklarning shovqin–suroni!
Elatlar yigʻilmoqda.
Jang qilmoqqa lashkarini
Sarvari Olam tayyorlamoqda.
5 Kelayotir ular uzoq yerlardan,
Ha, osmon gumbazining bir burchidan.
Egam va Uning gʻazab qurollari
Vayron qiladi butun yer yuzini.
6 Faryod qil, Egamizning kuni yaqin!
Ha, Qodir Xudo kulfat yuboradi!
7 Hamma qoʻllardan darmon ketadi,
Har bir inson vahimaga tushadi.
8 Ular dahshatga tusharlar,
Dardu iztirob ularni chulgʻar,
Toʻlgʻoq tutgan ayolday bukchayib qolar.
Bir–biriga qoʻrquv ichra qarar,
Ularning yuzlari lovullab yonar.
9 Mana, kelayotir Egamizning kuni!
Alanga olayotir gʻazabu qahr, dahshat.
Vayronaga aylantirar yer yuzini,
Yer yuzidan qirib tashlar gunohkorlarni.
10 Ha, samodagi yulduzlar, burjlar
Taratmaydi oʻz yorugʻligini.
Quyosh chiqsa ham, zulmat boʻladi,
Oy oʻz nurini sochmaydi.
11 Egam aytar:
“Olam bilan hisob–kitob qilaman qabihligi uchun,
Fosiqlar bilan ularning gunohi uchun,
Manmanlarning kiborligiga chek qoʻyaman,
Takabburlarni dimogʻdorligi uchun yerga uraman.
12 Insonni kamyob qilarman sof oltindan ham,
Odamni Ofir oltinidan ham.
13 Gʻazabim alangalangan kun
Samoni titratib yuborarman.
Men, Sarvari Olamning gʻazabidan
Zamin qoʻzgʻaladi oʻz oʻrnidan.
14 Shunda inson ovdagi jayronday boʻlar,
Choʻponsiz qolgan suruvday boʻlar,
Har biri oʻz xalqiga qaytib ketadi,
Har biri oʻz yurtiga qochib boradi.
15 Topilganlarning har biri nayzaga ilinadi,
Qoʻlga tushgan har kim qilichdan oʻtkaziladi.
16 Oʻzlarining koʻz oʻngida
Chaqaloqlari tilka–pora boʻladi.
Uylari talon–taroj boʻladi,
Xotinlariga tajovuz qilinadi.
17 Mana, Midiyaliklarni ularga qarshi qoʻyaman,
Midiyaliklarga kumushning hech keragi yoʻq,
Ular oltinni ham istamaslar.
18 Ularning oʻqlari yoshlarni qiradi,
Shafqat koʻrsatmaydi ular bolalarga,
Rahm qilmaydi ona qornidagilarga.
19 Bobil shahri shohliklarning goʻzali,
Bobildir — Bobilliklarning ulugʻvor durdonasi.
Ammo Men, Xudo, yer bilan yakson qilaman
Xuddi Sadoʻm, Gʻamoʻra kabi uni.
20 Endi u yerda hech kim yashamas,
To abad hech kim uni maskan qilmas.
U yerda hatto chodir qurilmas,
Choʻponlar suruvlarini oʻtlatmas.
21 Ammo yovvoyi hayvonlar bu yerda yotar,
Uylar yirtqichlar bilan toʻlar,
U yerda boyqushlar joylashar,
Echkilar u yerda shataloq otar.
22 Uvullashar sirtlonlar qalʼalarda,
Chiyaboʻrilar goʻzal saroylarda.
Oʻsha vaqt yaqin orada keladi,
Oʻsha kun kelmasdan qolmaydi.”