1–BOB
Elimalek oilasi bilan Baytlahmdan Moʻabga koʻchadi
1 Isroilda hakamlar hukmronligi davrida bir muddat ocharchilik boʻlgan edi. Bir odam xotini va ikki oʻgʻli bilan birga birmuncha vaqt yashash niyatida Moʻab yurtiga joʻnadi. U Yahudoning Baytlahm shahridan edi. 2 U odamning nomi Elimalek, xotinining oti Naima, oʻgʻillarining ismlari esa Maxloʻn va Xilyon edi. Bu oila Yahudoning Baytlahm shahridan — Efratlik edi. Ular Moʻab yurtiga borib, oʻsha yerda yashab qoldi.
3 Ular oʻsha yerda yashayotganlarida, Elimalekning ajali yetdi. Naima ikki oʻgʻli bilan qoldi. 4 Uning oʻgʻillari Moʻablik qizlarga uylandilar. Qizlardan birining ismi Oʻrpa, ikkinchisiniki Rut edi. Ular oʻsha yerda oʻn yilcha yashashgandan keyin 5 Maxloʻn va Xilyon ikkalasi ham vafot etishdi. Naima ham eridan, ham farzandlaridan ayrilib, yolgʻiz qoldi.
Naima va Rut Baytlahmga qaytishadi
6-7 “Egamiz Oʻz xalqiga eʼtibor berib, ularga non berdi” degan xabarni eshitgach, Naima oʻz yurtiga qaytishga qaror qildi. Naima yashab kelgan Moʻab yurtini tashlab, kelinlari bilan birga yoʻlga tushdi va Yahudoga qarab yurishdi. 8 Yoʻlda davom etisharkan, Naima ikkala keliniga dedi:
— Boringlar, ikkovingiz ham onalaringizning uylariga qaytinglar. Menga va marhumlarga boʻlgan izzat–hurmatingiz uchun Egam sizlarga ham marhamat qilsin. 9 Ikkovlaringizga ham yaxshi joylardan ato qilsin, turmush qurib, oʻz erlaringiz bilan baxtli boʻlinglar!
Shunday deb Naima kelinlarini oʻpdi, ikkalasi esa yigʻlab faryod koʻtarishdi:
10 — Yoʻq, biz siz bilan ketamiz, sizning xalqingiz orasida yashaymiz, — deyishdi. 11 Naima esa yana kelinlariga:
— Qaytinglar, jon qizlarim! — dedi. — Men bilan ketganingizdan nima foyda?! Qornimda yana oʻgʻillarim bormidiki, sizlarga umr yoʻldoshi boʻlsa?! 12 Boʻldi endi, qizlarim, qaytinglar! Men endi keksaydim, erga tegishga ojizman. Bordi–yu, men, hali umid qilsam boʻladi, deb shu kecha erim bilan qovushsam–u, oʻgʻillar tugʻsam, 13 ular ulgʻayguncha sizlar kutib turarmidingiz?! Orqaga choʻzib, turmushga chiqmay yurarmidingizlar?! Yoʻq, qizlarim. Sizlarni oʻylab juda qaygʻuryapman. Axir, Egam shuncha koʻrgilikni boshimga soldi–ku.
14 Ular yana yigʻlab, dod–voy koʻtarishdi. Nihoyat, Oʻrpa qaynanasi bilan oʻpishib xayrlashib, orqaga qaytib ketdi. Rut esa Naimaga yopishib oldi.
15 Naima Rutga:
— Mana, ovsining oʻz xalqi orasiga, oʻz xudolariga sigʻinadigan yurtga qaytib ketdi. Sen ham uning orqasidan borgin, — dedi.
16 — Sizdan ajralishga, qaytib ketishga meni majbur qilmang, — dedi Rut. — Siz qayerga borsangiz, men ham oʻsha yerga boraman, siz qayerda boʻlsangiz, men ham oʻsha yerda boʻlaman. Sizning xalqingizni oʻzimning xalqim, sizning Xudoyingizni oʻzimning Xudoyim deyman. 17 Siz qayerda olamdan oʻtsangiz, men ham oʻsha yerda jon berib, dafn qilinaman. Egam meni ne koʻyga solsa solsin, hatto undan battarrogʻini qilsin. Meni sizdan faqat oʻlim ajrata oladi .
18 Naima amin boʻldiki, kelini u bilan ketishga qatʼiy ahd qilibdi. Shundan soʻng uni koʻndirishga qayta urinmadi. 19 Ikkovlari yoʻl yurib Baytlahmga yetib kelishdi. Baytlahmga yetib kelganlarida, ularni koʻrib butun shahar gʻimirlab qoldi. Ayollar bir–biriga: “Iyi, nahotki bu oʻsha Naima boʻlsa?!” deb hayron qolishdi. 20 Naima ularga dedi:
— Endi meni Naima emas, Musibat denglar. Chunki Qodir Xudo boshimga cheksiz qaygʻu–kulfat soldi. 21 Men bu yerdan toʻkis boʻlib chiqib ketgan edim, Egam esa qup–quruq qaytardi. Endi nega meni Naima deysizlar?! Axir, Egam — Qodir Xudo meni azob–uqubatlarga giriftor qilib, baxtsiz qildi–ku!
22 Shunday qilib, Naima Moʻablik kelini Rut bilan birga Moʻab yurtidan qaytib keldi. Ular Baytlahmga kelgan paytda arpa oʻrimi boshlangan edi .