9–BOB
Havoriyning haq–huquqlari
1 Men ozod emasmanmi?! Men havoriy emasmanmi?! Rabbimiz Isoni koʻrmaganmanmi?! Rabbimiz yoʻlida qilgan mehnatimning mahsuli sizlar emasmi?! 2 Agar boshqalar uchun havoriy boʻlmasam ham, hech boʻlmasa sizlar uchun havoriydirman. Axir, sizlar Rabbimizga tegishli boʻlganingiz uchun havoriyligimning muhrisizlar.
3 Meni tanqid qilayotganlar oldida quyidagilar bilan oʻzimni oqlayman. 4 Nahotki Rabbimiz yoʻlida qilgan xizmatimiz uchun tekin yeb–ichishga huquqimiz boʻlmasa?! 5 Nima, boshqa havoriylar kabi, Rabbimiz Isoning ukalari va Butrusga oʻxshab, imonli bir ayolga uylanib, uni yonimizda olib yurishga haqimiz yoʻqmi?! 6 Yoki faqatgina men bilan Barnabo kun kechirish uchun oʻz qoʻlimiz bilan mehnat qilishimiz kerakmi?!
7 Kim oʻz hisobidan askarlik qiladi?! Kim tok oʻtqazib, uning mevasini yemaydi?! Kim poda boqib, podaning sutini ichmaydi?! 8 Bularni faqatgina insoniy nuqtayi nazardan aytayotganim yoʻq! Musoning qonuni ham xuddi shunday buyuradi–ku! 9 Unda: “Gʻalla yanchayotgan hoʻkizning ogʻzini toʻsmang” , deb yozilgan–ku. Nima, Xudo hoʻkizlar haqida qaygʻuryaptimi?! 10 Yoʻq, Xudo buni bizning manfaatimiz uchun aytgan. Ha, bular biz uchun yozilgan. Shudgor qiluvchi ham, gʻalla yanchuvchi ham oʻz haqini olish umidi bilan ishlaydi–ku. 11 Biz ruhiy jihatdan sizlarga xizmat koʻrsatsak–da, moddiy yordamingizni bizga koʻp koʻrasizmi? 12 Boshqalar sizlarning yordamingizdan bahramand boʻlayotgan ekan, bizning haqimiz ularnikidan ham koʻproq emasmi?! Lekin biz bu huquqimizdan foydalanmadik. Aksincha, Masihning Xushxabariga toʻsiq boʻlmaylik deb, har narsaga chidab yuribmiz.
13 Bilmaysizlarmi, Maʼbadda xizmat qiluvchi ruhoniylar Maʼbaddan ovqat olib yeydilar. Qurbongohda xizmat qiluvchilar keltiriladigan qurbonliklardan ulush oladilar. 14 Shuningdek, Rabbimiz Isoning Oʻzi buyurgani boʻyicha , Xushxabar yoyish vazifasini boʻyniga olganlar bu ishi orqali kun kechira olishlari kerak. 15 Ammo men bu huquqlarimdan foydalanmadim va bundan faxrlanaman. Bu xatni oʻsha huquqimdan foydalanay, deb ham yozayotganim yoʻq. Menga faxrlanish huquqini berayotgan sababni yoʻqotishdan koʻra, oʻlganim yaxshiroqdir. 16 Men Xushxabarni aytar ekanman, bu bilan maqtanishga haqim yoʻq, chunki bu zimmamdagi vazifamdir. Ammo Xushxabarni yoymasam, mening holimga voy! 17 Men buni oʻz tashabbusim bilan qilayotgan boʻlsam, mukofotga loyiq boʻlardim. Lekin mukofotga loyiq emasman, chunki bor–yoʻgʻi zimmamdagi vazifani bajaryapman, bu ishni qilishdan boshqa ilojim yoʻq. 18 U holda mening mukofotim nima? Mukofotim shundaki, men Xushxabarni yoyganimda, hech kimdan biron narsa soʻramayman. Shuning uchun Xushxabarni yoyish menga baʼzi bir huquqlarni bersa–da, ulardan foydalanmayman.
Pavlusning maqsadi
19 Men qul emas, erkin inson boʻlsam–da, hammaga qulday xizmat qildim. Yanada koʻproq odam Isoning shogirdi boʻlsin deb, shunday qildim. 20 Oʻsha maqsadimni koʻzda tutib, yahudiylar uchun yahudiyday boʻldim, Musoning qonuniga tobe boʻlmasam–da, bu qonunga tobe boʻlganlar orasida xuddi ularday yashadim. 21 Musoning qonunini bilmaganlar orasida boʻlganimda, ular ham Isoning shogirdlari boʻlsin deb, xuddi shularday yashadim. Toʻgʻri, men Xudoning qonunidan ozod emasman, Masihning amrlariga tobeman. 22 Zaif insonlar ham Isoni tanisinlar deb, ularning orasida boʻlganimda zaif insonday boʻldim. Hech boʻlmasa baʼzilarni qay yoʻl bilan boʻlsa–da, qutqaray deb, hammaga hamma narsa boʻldim. 23 Men bularning hammasini Xushxabarni yoyish niyatida qilyapman, toki Xushxabar keltiradigan qut–barakalardan bahramand boʻlay.
24 Bilasizlar–ku, musobaqada koʻpgina yuguruvchilar qatnashadi, ammo faqat bir kishi gʻolib kelib, mukofot oladi. Sizlar ham shunday yuguringki, mukofotni qoʻlga kiritinglar. 25 Axir, musobaqada qatnashadigan odam oʻz nafsini tiyib, tartib–intizom bilan mashq qiladi–ku! Ular soʻlib qoladigan gul toj olish uchun, biz esa boqiy toj olish uchun harakat qilamiz. 26 Shuning uchun men maqsadsiz yugurmayman, kurashganimda zarbalarim aniq boʻladi. 27 Tanamni chiniqtirib, uni oʻz ixtiyorimga boʻysundiraman, toki boshqalarga Xushxabarni vaʼz qilib turib, oʻzim mukofotga noloyiq boʻlib qolmayin.