11–BOB
1 Midiyalik Doro hukmronligining birinchi yilida men Mikoyilga yordam berib, uni muhofaza qilib turgan edim.”
Farishta Doniyorga bergan bashorat
Misr va Suriya shohliklari
2 Farishta gapida davom etib, Doniyorga shunday dedi:
“Endi esa men senga haqiqatni aytaman. Fors shohligida yana uchta shoh hukmronlik qiladi. Toʻrtinchi shoh boshqalarga qaraganda ancha badavlat boʻladi. U boyligi orqali kuch orttirib, hammani Yunon shohligiga qarshi qoʻzgʻatadi.
3 Keyin taxtga jangovar bir shoh oʻtiradi, u beqiyos bir saltanatni boshqarib, xohlagan ishini qiladi. 4 Ammo qudratining choʻqqisida saltanati parchalanib, toʻrt qismga boʻlinib ketadi. Shoh sulolasiga mansub boʻlmagan yetti yot begonalar taxtga oʻtiradi, biroq saltanatning ilgarigi kuch–qudrati ularda boʻlmaydi.
5 Shu orada Misr shohi kuchayib ketadi, ammo shohning zobitlaridan biri zoʻrayib, shoh saltanatidan ulkanroq bir saltanatga hukmronlik qiladi. 6 Bir necha yil oʻtgach, Misr shohi Suriya shohi bilan ittifoq tuzib, unga qizini uzatadi. Shu orqali u Suriya shohi bilan aloqasini mustahkamlamoqchi boʻladi, biroq ittifoq uzoq davom etmaydi. Qiz, kuyov, qizning otasi va ularning xizmatkorlari xoinlikning qurbonlari boʻlishadi.
7 Koʻp oʻtmay Misr taxtiga qizning qarindoshlaridan biri oʻtiradi. U Suriya shohining qoʻshinlariga hujum qilib, istehkomlarini zabt etadi. Qoʻshinlarni tor–mor qilib, gʻalaba qozonadi. 8 Suriya xudolarining haykallarini, oltin va kumushdan qilingan qimmatbaho idishlarni oʻlja qilib, Misrga olib ketadi. Soʻng bir necha yil davomida Suriya shohining tinchligini buzmaydi. 9 Shundan keyin Suriya shohi Misrga bostirib boradi, ammo yengilib, oʻz yurtiga qaytib ketadi.
10 Suriya shohining oʻgʻillari jangga otlanib, Misrga katta bir qoʻshin tortib borishadi. Qoʻshinlar sel kabi oqib, yovning qalʼasiga hujum qilishadi. 11 Gʻazablangan Misr shohi Suriya shohi bilan jang qilib, katta yov qoʻshinini tor–mor qiladi. 12 Gʻalabaga erishgan Misr shohi oʻta magʻrurlanib ketadi, ammo omad unga boshqa kulib boqmaydi, 13 chunki bir necha yildan keyin Suriya shohi yana Misrga qoʻshin tortib keladi. Bu safar Suriya qoʻshinlari oldingidan ham ziyodroq, tish–tirnogʻigacha qurollangan boʻladi.
14 Shunda koʻp odamlar Misr shohiga qarshi bosh koʻtaradilar. Vahiy amalga oshsin deb, xalqing orasidagi ayrim zoʻravonlar ham qoʻzgʻaladi, ammo muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. 15 Suriya shohi mustahkam bir shaharni qamal qilib, qoʻlga kiritadi. Suriyaning siquvi ostida Misr qoʻshinlari chekinadilar, hatto Misrning saralangan lashkari ham yov qoʻshinining shiddatli hujumini qaytara olmaydi. 16 Suriya shohi xohlagan ishini qiladi, biror kishi unga qarshilik qilishga jurʼat etmaydi. U goʻzal Isroil yurtini qoʻlga kiritib, uni vayron qilish imkoniyatiga ega boʻladi.
17 Dastavval Suriya shohi oʻz saltanatidagi bor qoʻshinni toʻplab, Misrni zabt etmoqchi boʻladi. Keyin Misrni ichidan yemirmoqchi boʻlib, Misr shohi bilan sulh tuzadi va unga qiz uzatadi. Ammo Suriya shohining bu rejalari puchga chiqib, muvaffaqiyat keltirmaydi. 18 Bundan soʻng Suriya shohi dengiz qirgʻogʻidagi shaharlarga hujum qilib, koʻplarini qoʻlga kiritadi. Ammo oʻzga yurtlik bir sarkarda bu surbet shohning popugini pasaytirib, qilmishlariga yarasha jazosini beradi. 19 Shunda Suriya shohi chekinib, oʻz yurtidagi qalʼalariga qaytib ketadi, ammo yoʻlda halokatga uchrab nobud boʻladi.
20 Uning oʻrniga Suriya taxtiga boshqa bir shoh oʻtiradi. Xazinasini boyitmoqchi boʻlgan bu shoh zobitini yuborib, odamlarga katta soliqlar soladi. Ammo qisqa vaqt ichida halok boʻladi. Bu noxush voqea na jangda, na birovning qasdi natijasida sodir boʻladi.
Razil Suriya shohi
21 Taxtga oʻtirgan keyingi shoh esa yaramas bir odam boʻladi. Shoh sulolasiga mansub boʻlmagan bu kishi kutilmaganda hiyla orqali Suriya taxtiga chiqib oladi. 22 Unga qarshilik koʻrsatgan barcha qoʻshinlarni oradan supurib tashlab, yoʻq qiladi. Hatto oliy ruhoniyni ham shu koʻyga soladi. 23 U boshqa xalqlar bilan bitim tuzgach, makkorona ish tutadi. Unga ergashuvchilarning soni kam boʻlishiga qaramay, qudrati tobora oshib boraveradi. 24 U toʻsatdan badavlat viloyatlarga bostirib borib, ota–bobolari qilmagan ishlarga qoʻl uradi. Qoʻlga kiritgan oʻljayu mol–mulkni oʻziga ergashganlarga ulashib beradi. Qalʼalarni qoʻlga olish rejalarini tuzadi, ammo bunday hol uzoq davom etmaydi.
25 U kuch–qudratini yigʻib, Misr shohiga qarshi katta bir lashkar tortib boradi. Misr shohi esa Suriya lashkaridan bisyorroq va kuchliroq qoʻshin bilan yov hujumini qaytarmoqchi boʻladi. Biroq hiylagarlarning domiga tushib, inqirozga yuz tutadi. 26 Misr shohining oʻz hamtovoqlari uning tomiriga bolta uradilar. Tor–mor boʻlgan Misr qoʻshinlari jangda halok boʻladilar. 27 Oʻsha ikkala shoh bir dasturxonda oʻtirib ovqatlanishadi, ammo dilidagi gʻarazni xushomad bilan yashirib, bir–biriga yolgʻon gapirishadi. Biroq Xudo belgilab qoʻygan vaqt–soati yetib kelmagani uchun, birontasi ham muvaffaqiyatga erishmaydi. 28 Suriya shohi bir talay boylik bilan ona yurtiga qaytib ketadi. Yoʻlda esa muqaddas ahd ahliga va ularning eʼtiqodiga qarshi chiqib, ularga koʻp ozor yetkazadi.
29 Belgilangan vaqtda Suriya shohi yana Misrga yurish qiladi, ammo bu safar vaziyat boshqacha tus oladi. 30 Gʻarb sohillaridan kelgan jang kemalari Suriya shohiga qarshilik koʻrsatishadi, yuragi dov bermagan Suriya shohi chekinadi. Biroq muqaddas ahd ahliga va ularning eʼtiqodiga gʻazabini sochib, alamidan chiqadi, muqaddas ahddan toyganlarni esa mukofotlaydi. 31 Uning lashkari Xudo xalqining qalʼasi boʻlmish Maʼbadga bostirib kirib, tabarruk joyni harom qiladi. Ular kundalik qurbonliklarni toʻxtatib, koʻp harom–xarish ishlarga sabab boʻladigan makruh narsani oʻrnatishadi. 32 Shoh shirin soʻzlar bilan ahddan toyganlarning koʻnglini ovlab, ularni oʻz tomoniga ogʻdirib oladi. Xudoga sodiq qolganlar esa bor kuchlari bilan unga qarshilik koʻrsatadilar. 33 Xalq orasidagi dono yoʻlboshchilar odamlarga oqilona pand–nasihatlar berishadi. Ammo koʻp oʻtmay ularning ayrimlari qilichdan oʻtkaziladi, ayrimlari tiriklayin olovda kuydiriladi, ayrimlari zindonga tashlanadi, ularning mol–mulki tortib olinadi. 34 Quvgʻin paytida ularga ozgina yordam tegadi. Biroq saflariga baʼzi bir riyokor odamlar kirib olishadi. 35 Quvgʻin paytida ayrim dono kishilar azob chekadilar. Biroq bu azoblar orqali Xudo ularni oxirzamon vaqtiga tayyorlab, tozalab poklaydi, chunki belgilangan vaqt hali ham kelmagan boʻladi.
36 Suriya shohi xohlaganini qiladi. Oʻzini yuksaltirib, xudolardan ustun qoʻyadi. Eng buyuk Xudoga qarshi gapirib, kufr ketadi. Xudo belgilab qoʻygan gʻazab davri tugaguniga qadar muvaffaqiyat qozonadi. Biroq Xudo Oʻz rejasini albatta amalga oshiradi. 37 Suriya shohi ota–bobolari sigʻingan xudolarni hamda ayollar yaxshi koʻradigan xudoni pisand qilmaydi. Oʻzini yuksaltirib, bironta xudoni nazariga ilmaydi. 38 Bularning oʻrniga u qalʼalarni himoya qiluvchi xudoni ulugʻlaydi. Ota–bobolari topinmagan bu xudoga u oltin, kumush, javohir va qimmatbaho sovgʻalarni nazr qiladi. 39 Oʻzga yurt xudosining homiyligi bilan qalʼalarini himoya qiladi. Uni haqiqiy hukmdor deb bilganlarga izzat–ehtirom bildirib, yuqori mansablarga koʻtaradi. Bunday odamlarga yerlarni mukofot sifatida boʻlib beradi.
40 Oxirzamon vaqtida Misr shohi Suriya shohiga hujum qiladi. Ammo Suriya shohi jang aravalari, chavandozlari va talay kemalari bilan unga qarshilik koʻrsatib, toshqin suvlar kabi koʻp shohliklarni bosib oladi. 41 U goʻzal Isroil oʻlkasini ham zabt etib, minglab xalqlarning boshiga yetadi. Ammo Edom hamda Moʻab xalqlari va Ommon xalqining asosiy qismi Suriya shohining changalidan qochib qutuladi. 42 Koʻplab shohliklar, shular qatori, Misr ham Suriya istilosi ostida qoladi. 43 Suriya shohi Misrning oltinu kumush xazinalariga va barcha boyliklariga egalik qiladi. Liviyaliklar bilan Habashistonliklar ham unga qaram boʻladilar. 44 Biroq sharq va shimoldan kelgan noxush xabarlar Suriya shohini vahimaga soladi. Bu xabarlardan dargʻazab boʻlgan shoh yoʻlga otlanib, koʻp odamlarni qirib tashlaydi. 45 Soʻng dengiz va goʻzal muqaddas togʻ orasidagi yerlarga borib, u yerda shohona chodirlarini tikadi. Ammo oʻsha joyda jon beradi, unga yordam beradigan hech kim boʻlmaydi.”