7–BOB
Ezra Quddusga keladi
1 Oradan koʻp yillar oʻtdi. Fors shohi Artaxshas hukmronligi davrida Ezra degan bir odam bor edi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi:
Ezra — Sarayoning oʻgʻli ,
Sarayo — Ozariyoning oʻgʻli,
Ozariyo — Xilqiyoning oʻgʻli,
2 Xilqiyo — Shallumning oʻgʻli,
Shallum — Zodoʻxning oʻgʻli,
Zodoʻx — Oxitobning oʻgʻli,
3 Oxitob — Emoriyoning oʻgʻli,
Emoriyo — Ozariyoning oʻgʻli,
Ozariyo — Maroyoʻtning oʻgʻli,
4 Maroyoʻt — Zaraxiyoning oʻgʻli,
Zaraxiyo — Uzzining oʻgʻli,
Uzzi — Bukkining oʻgʻli,
5 Bukki — Abushuvaning oʻgʻli,
Abushuva — Finxazning oʻgʻli,
Finxaz — Elazarning oʻgʻli,
Elazar — oliy ruhoniy Horunning oʻgʻli edi.
6-7 Ezra Isroil xalqining Xudosi — Egamizning Musoga bergan qonunini juda yaxshi biladigan mohir tafsirchi edi.
Shoh Artaxshas hukmronligining yettinchi yilida Ezra Bobildan Quddusga tomon yoʻlga otlandi. Isroil xalqidan, ruhoniylardan, levilardan, qoʻshiqchilardan, Maʼbad darvozabonlaridan, Maʼbad xizmatkorlaridan baʼzilari ham Ezra bilan birga Quddusga ketmoqchi boʻldilar. Ezraga Egasi Xudo yor boʻlgani uchun, shoh unga soʻragan narsasini inʼom qildi. 8-9 Birinchi oyning birinchi kunida ular Ezraning boshchiligida Bobildan chiqdilar. Ezraga Xudoning marhamati yor boʻlgani uchun, ular toʻrt oydan keyin — beshinchi oyning birinchi kunida Quddusga yetib keldilar. 10 Ezra butun hayotini Egamiz bergan Tavrot kitobini oʻrganishga, unga amal qilishga, Tavrotdagi qonun–qoidalarni Isroil xalqiga oʻrgatishga bagʻishlagan edi.
Shoh Artaxshasning Ezraga bergan xati
11 Egamizning Isroil xalqiga bergan amr va qonunlarining mohir tafsirchisi — ruhoniy Ezraga shoh Artaxshas maktub bergan edi. Maktubning mazmuni quyidagicha edi:
12 “Samoviy Xudo qonunlarining mohir tafsirchisi — ruhoniy Ezraga shohanshoh Artaxshasdan salomlar boʻlsin.
13 Mening shohligimda istiqomat qilayotgan Isroil xalqidan, shuningdek, ruhoniy va levilardan sen bilan Quddusga ketishni istagan har kimga ijozat berilsin, deb farmon beraman. 14 Men va yettita maslahatchim seni Yahudo yurti va Quddusga yuborib, u yerdagi vaziyatni tekshirib chiqishingga vakolat beramiz. Senga topshirilgan Xudoyingning qonuni u yerda ijro etilyaptimi yoki yoʻqmi, bilib kel. 15 Quddusda maskan qilgan Isroil xalqining Xudosiga biz koʻngildan chiqarib nazr qilgan kumush va oltinlarni ham oʻzing bilan olib ket. 16 Bobil viloyati boʻylab sen toʻplaydigan hamma kumush va oltinni ol. Isroil xalqi va ularning ruhoniylari oʻz Xudosining Quddusdagi uyi uchun koʻngildan chiqarib beradigan nazrlarni ham olib ket.
17 Bu kumush va oltinga, birinchi navbatda, buqalar, qoʻchqorlar, qoʻzilar, ularga qoʻshib qilinadigan don bilan sharob nazrlarini sotib ol. Bularni Xudoyingning Quddusdagi uyi qurbongohida nazr qil. 18 Qolgan kumush va oltinni esa Xudoyingning xohishiga muvofiq, oʻzingga va hamkorlaringga maʼqul kelganicha ishlatsang boʻladi. 19 Xudoyingning uyida foydalanish uchun berilgan buyumlarni Quddusdagi Xudoga inʼom qil. 20 Bordi–yu, Xudoyingning uyi uchun yana boshqa xarajatlar talab qilinsa, mablagʻni shoh xazinasidan olishing mumkin.
21 Men, shoh Artaxshas, Furot daryosining gʻarbidagi viloyat xazinabonlarining hammasiga farmon beraman: Samoviy Xudo qonunlarining mohir tafsirchisi — ruhoniy Ezra nima talab qilmasin, uning talabi soʻzsiz ijro etilsin. 22 200 pudga qadar kumush, 1000 togʻoraga qadar bugʻdoy, 200 koʻzaga qadar sharob, 200 koʻzaga qadar moy va keragicha tuz berilsin. 23 Samoviy Xudo Oʻz uyi uchun nimalarni amr qilgan boʻlsa, oʻsha narsalar albatta muhayyo qilinsin. Mendan va mening merosxoʻrlarimdan Xudo gʻazablanmasin. 24 Biz yana sizlarni xabardor qilamizki, ruhoniylardan, levilardan, qoʻshiqchilardan, Maʼbad darvozabonlaridan, Maʼbad xizmatkorlaridan, Xudoning uyidagi boshqa xizmatkorlardan oʻlpon, soliq yoki xiroj olish man etiladi.
25 Sen esa, Ezra, Xudo bergan donolik bilan qozi va hakamlarni tayinla. Ular Furot daryosining gʻarbidagi viloyatda Xudoyingning qonunlarini biladigan jamiki xalqni hukm qilsinlar. Qonunlarni bilmaydigan odamlarga sizlar taʼlim beringlar. 26 Xudoyingning qonuniga va shohning qonuniga itoat qilmaganlarning hammasi albatta jazoga tortilsin: qatl qilinsin yoki surgun qilinsin, qamoqqa tashlansin yoki mol–mulki musodara qilinsin.”
Ezra Xudoni madh qiladi
27 Ota–bobolarimizning Xudosi — Egamizga hamdu sanolar boʻlsin! Egam Quddusdagi uyini sharaflash istagini shohning yuragiga soldi. 28 Egam Xudoning marhamati bilan men shohning, uning maslahatchilari va barcha obroʻli aʼyonlarining iltifotiga sazovor boʻldim.
Ezra safarga tayyorlanadi
Egam Xudo menga yor boʻlgani uchun men dadil boʻlib, Isroil yoʻlboshchilarini oʻzim bilan olib ketgani toʻpladim.