1–BOB
1 Yahudo shohlari Yoʻtom, Oxoz va Hizqiyo hukmronlik qilgan davrlarda Egamiz Moʻrashatlik Mixo paygʻambarga Oʻz soʻzini ayon qilib turdi. Samariya va Quddus haqida Egamiz aytgan bu soʻzlar Mixo paygʻambarga vahiy orqali ayon boʻlardi.
Samariya va Quddus hukm qilinadi
2 Quloq tuting, ey xalqlar!
Quloq soling, yer yuzida yashovchilar!
Egamiz Rabbiy sizlarga qarshi guvohlik beradi.
Muqaddas Maʼbadidan Rabbiy gapiradi.
3 Ana, Egamiz Oʻz maskanidan chiqyapti,
Togʻ choʻqqilarini bosib kelyapti.
4 Uning oyogʻi ostida eriydi togʻlar,
Yorilib ketadi daralar.
Togʻlar olovda erigan mum kabi boʻladi,
Tepalikdan oqib tushgan suvday toʻkiladi.
5 Yoqub nasli itoatsizlik qilgani uchun,
Isroil gunohga botib ketgani uchun
Bu voqealar sodir boʻladi.
Yoqub nasli orasida itoatsizlik qilgan kim?
Poytaxt shahar Samariya emasmi?!
Butparastlar uyasi Yahudoning qayerida joylashgan?
Quddusning naq oʻzida emasmi?!
6 Egamiz shunday deydi:
“Men Samariyani vayron qilaman.
Uni tok ekiladigan joyga aylantiraman.
Shahar devorlarini yiqitaman,
Devor toshlarini vodiyga yumalataman.
Uning poydevorlarini ochib tashlayman.
7 Samariyaning butlari parcha–parcha boʻladi,
Barcha sanamlari sindirib, yondiriladi.
Fahsh yoʻli bilan kelgan butlarning qimmatbaho bezaklari
Oʻzga yurt fohishalariga toʻlov qilib beriladi.”
Mixo paygʻambarning marsiyasi
8 Bunday musibat dastidan yigʻlab, faryod qilaman,
Yalangʻoch, oyoq yalang yuraman,
Chiyaboʻriday uvullab, figʻon chekaman,
Boʻta kabi boʻzlab yigʻlayman.
9 Axir, davo yoʻq Samariyaning yarasiga,
Yopishdi Yahudoga ham u yara,
Xalqim darvozasi — Quddusga yuqdi.
10 Gat aholisi bilan bu haqda hasratlashmang ,
Ular oldida koʻz yoshingizni toʻkmang!
Bayt–Lafroga borib,
U yerda qaygʻudan tuproqqa yumalang!
11 Ey Shofir ahli,
Siz asirlikka ketasiz,
Yalangʻoch, sharmanda boʻlib borasiz.
Zanon xalqi tashqariga chiqishga jurʼat etmaydi.
Bayt–Ezel ahli motam tutadi,
Endi ular sizga panoh boʻlmaydi.
12 Moroʻt aholisi madad kutgan edi,
Ammo Egamiz falokat yubordi.
Bu falokat hatto Quddus darvozalariga yetdi.
13 Ey Laxish ahli,
Otlaringizni jang aravalariga qoʻshing!
Siz itoatsiz Isroil xalqiga taqlid qildingiz,
Quddus ahlini ilk bor gunohga boshladingiz!
14 Shunday ekan, ey Yahudo xalqi,
Endi Moʻrashat bilan xayrlashavering,
Esdalik sovgʻalaringizni ularga taqdim qiling .
Attang, Axsib ahli Isroil shohlariga pand berdi,
Bera olmaydigan yordamni ularga vaʼda qildi.
15 Ey Morisho ahli,
Egamiz ustingizga bir bosqinchini yuboradi.
Isroil yoʻlboshchilari Adullam gʻoriga qochib borishadi.
16 Suyukli farzandlaringiz uchun nola qiling,
Sochingizni qirdiring .
Kalxatlar kabi siyqa bosh boʻling,
Axir, bolalaringiz surgun qilinadi.