24–BOB
Ruhoniylar va ularning vazifalari
1 Horun nasli xizmat uchun guruh–guruhlarga boʻlindi. Horunning Nadov, Abihu, Elazar va Itamar ismli toʻrt oʻgʻli bor edi. 2 Lekin Nadov bilan Abihu otalaridan oldin, oʻgʻil koʻrmasdan vafot etganlari uchun, Elazar bilan Itamar ruhoniy boʻldilar. 3 Shoh Dovud Horun naslini, bajaradigan vazifalariga koʻra, guruhlarga boʻldi. Unga bu ishda Elazar naslidan boʻlgan Zodoʻx va Itamar naslidan boʻlgan Oximalek yordam berdilar. 4 Elazar naslidagi urugʻboshilarning soni Itamar naslinikiga qaraganda koʻproq boʻlgani uchun, Elazar nasli 16 guruhga, Itamar nasli esa 8 guruhga boʻlindi. 5 Maʼbadda Xudoga xizmat qiladigan malakali rahnamolarning baʼzilari Elazar naslidan, boshqalari esa Itamar naslidan edilar. Shu sababdan tarafkashlikka yoʻl qoʻymaslik uchun bajaradigan vazifalari ularga qurʼa boʻyicha boʻlib berildi.
6 Elazar va Itamar nasllari uchun navbatma–navbat qurʼa tashlandi. Levilardan boʻlgan kotib Natanil oʻgʻli Shamayo qurʼa natijalarini qayd etib turdi. Shoh, uning aʼyonlari, ruhoniy Zodoʻx, Abuatar oʻgʻli Oximalek hamda ruhoniy va levi xonadonlarining urugʻboshilari bunga shohid boʻldilar.
7 Birinchi qurʼa Yohayirivga tushdi.
Ikkinchi qurʼa Yodayoga tushdi.
8 Uchinchi qurʼa Xarimga tushdi.
Toʻrtinchi qurʼa Sayoʻrimga tushdi.
9 Beshinchi qurʼa Malkiyoga tushdi.
Oltinchi qurʼa Miyominga tushdi.
10 Yettinchi qurʼa Xakkoʻzga tushdi.
Sakkizinchi qurʼa Abiyoga tushdi.
11 Toʻqqizinchi qurʼa Yeshuvaga tushdi.
Oʻninchi qurʼa Shaxaniyoga tushdi.
12 Oʻn birinchi qurʼa Eliashabga tushdi.
Oʻn ikkinchi qurʼa Yaximga tushdi.
13 Oʻn uchinchi qurʼa Xuppaga tushdi.
Oʻn toʻrtinchi qurʼa Eshebovga tushdi.
14 Oʻn beshinchi qurʼa Bildaxga tushdi.
Oʻn oltinchi qurʼa Immarga tushdi.
15 Oʻn yettinchi qurʼa Xazirga tushdi.
Oʻn sakkizinchi qurʼa Xapizezga tushdi.
16 Oʻn toʻqqizinchi qurʼa Patixiyoga tushdi.
Yigirmanchi qurʼa Yoxizqiyolga tushdi.
17 Yigirma birinchi qurʼa Yoxinga tushdi.
Yigirma ikkinchi qurʼa Gamulga tushdi.
18 Yigirma uchinchi qurʼa Daloyoga tushdi.
Yigirma toʻrtinchi qurʼa Maziyoga tushdi.
19 Har bir guruh Egamiz uyidagi oʻz vazifasini ularning bobokaloni Horun tomonidan belgilangan koʻrsatmalar asosida bajarishi lozim edi. Bu koʻrsatmalarni Horunga Isroil xalqining Xudosi — Egamiz bergan edi.
Levi urugʻboshilarining roʻyxati
20 Levidan bino boʻlgan boshqa urugʻboshilar quyidagilar edi:
Imrom naslidan — Shavuvol ,
Shavuvol naslidan — Yoxidayo,
21 Raxaviyo naslidan — yoʻlboshchi Ishshiyo,
22 Izxor naslidan — Shalumit ,
Shalumit naslidan — Yaxat,
23 Xevron naslidan — toʻngʻichi Yoriyo, ikkinchisi — Emoriyo , uchinchisi — Yaxaziyol va toʻrtinchisi — Yoxamom,
24 Uziyol naslidan — Mixo,
Mixo naslidan — Shomir,
25 Mixoning ukasi — Ishshiyo,
Ishshiyo naslidan — Zakariyo,
26-27 Marori naslidan — Maxli, Mushi va Yaziyo,
Yaziyo naslidan — Shoʻham, Zakkur va Ibri,
28-29 Maxli naslidan — Elazar va Kish. Elazarning oʻgʻillari yoʻq edi.
Kish naslidan — Yaraxmal ,
30 Mushi naslidan — Maxli, Eder va Yarimoʻt.
Levi nasli, urugʻlari boʻyicha, ana shulardan iborat edi.
31 Ular ham Horun nasli singari, qurʼa tashlab, bajaradigan vazifalarini aniqlab olgan edilar. Shoh Dovud, Zodoʻx, Oximalek, ruhoniy va levi xonadonlarining urugʻboshilari bunga shohid edilar. Katta oʻgʻil xonadoni, kichik oʻgʻil xonadoni qatori, qurʼa tashladi.