42–BOB
Egamiz tanlagan qul
1 Egam aytar: “Mana Mening qulim,
Oʻzim uni qoʻllab–quvvatlayman.
Men Oʻzim uni tanlaganman.
Undan juda mamnunman.
Men unga Oʻz Ruhimni berdim,
U elatlarga adolat keltiradi.
2 U baqirmaydi, qattiq gapirmaydi,
Koʻchalarda ovozini baland koʻtarmaydi.
3 Ezilgan qamishni sindirmaydi,
Tutayotgan pilikni oʻchirmaydi,
Sodiq boʻlib, adolat keltiradi.
4 Yer yuzida adolat oʻrnatmaguncha
U holdan toymaydi,
Uning jasorati soʻnmaydi.
Dengiz ortidagi yurtlar
Uning yoʻl–yoʻriqlarini kutadi.”
5 Xudo, bizning Egamiz shunday aytmoqda:
“Men osmonni yaratib, uni yoyganman ,
Yerni yaratib, uni toʻldirganman,
Yer yuzidagi insonlarga jon ato qilganman,
Jamiki odamzodga hayot berganman.
6 Men, Egang, najot olib kelish uchun seni chaqirdim.
Men sening qoʻlingni kuchaytiraman,
Oʻzim seni himoya qilaman.
Xalqim bilan tuzgan ahdimni
Sen orqali amalga oshiraman,
Jamiki elatlarga sen orqali nur sochaman.
7 Sen koʻrlarning koʻzlarini ochasan,
Mahbuslarni zindondan ozod qilasan,
Zulmatda oʻtirganlarni qutqarasan.
8 Men Egangizman!
Mening nomim shudir!
Men shuhratimni birovga bermayman,
Oʻzimga munosib boʻlgan hamdu sanoni
Butlar bilan baham koʻrmayman.
9 Men sizlarga kelajakdagi voqealarni
Yuz bermasdan oldin aytyapman.
Oldin ayon qilganlarimga qarang,
Ana, oʻshalar bajo boʻldi–ku!”
Hamdu sano madhiyasi
10 Egamizga yangi bir qoʻshiq ayting!
Yer yuzining har bir chetidan
Egamizni tarannum eting!
Ey kemalarda suzib keladiganlar,
Dengizdagi barcha jonzotlar,
Egamizga qoʻshiq ayting!
Ey dengiz ortidagi yurtlaru
Bu yurtlarni toʻldirganlar,
Egamizga qoʻshiq ayting!
11 Sahrolar, u yerdagi shaharlar xitob qilsin,
Kedar qishloqlarining ahli shod boʻlsin!
Sela ahli shodlikdan kuylasin,
Togʻ choʻqqilaridan hayqirsin!
12 Ular Egamizni ulugʻlasin,
Dengiz ortidagi yurtlarda ham
Unga hamdu sanolar aytsin!
13 Egamiz bahodir yigitday olgʻa bosadi,
U gʻayratli jangchiday keladi, xitob qiladi.
Hayqirib, dushmanlaridan ustunligini koʻrsatadi.
Xudoning madadkor soʻzi
14 Egam aytar: “Uzoq vaqt sukut saqladim,
Jim turdim, Oʻzimni tutdim.
Endi esa tugʻayotgan ayolday
Ogʻir nafas olaman, faryod qilaman.
15 Togʻu tepaliklarni vayron qilaman,
Jamiki oʻt–oʻlanni quritaman,
Irmoqlarni quruq yerga aylantiraman,
Hatto botqoqliklarni quritaman.
16 Koʻzi ojizlarni bilmagan yoʻllaridan boshlab boraman,
Ularni notanish soʻqmoqlardan olib boraman.
Koʻzlaridagi zulmatni nurga aylantiraman,
Oʻnqir–choʻnqir yoʻllarni tekislayman.
Mana shu aytganlarimni qilaman,
Ularni tark etmayman.
17 Butlarga ishonganlar uyatga qoladi.
Ha, butlarni «xudolarimiz» deydiganlar
Sharmandayu sharmisor boʻladi.
Noshud Isroil xalqi
18 Eshiting, ey karlar,
Qarang, koʻrib qoʻying, ey koʻrlar!
19 Mening qulimday koʻr boʻlgan bormi?!
Men yuborgan xabarchiday kar boʻlgan bormi?!
Men tanlaganlarimday koʻr boʻlgan bormi?!
Men, Egangizning quliday koʻr boʻlgan bormi?!
20 Ey xalqim! Koʻp narsalarni koʻrasiz–u, eʼtibor bermaysiz,
Quloqlaringiz ochigʻu eshitmaysiz.”
21 Oʻz adolati haqi,
Egamiz Oʻz qonunlarini
Ulugʻ va sharafli qilmoqni istadi .
22 Ammo bu xalq talon–taroj qilingan ,
Hammasi zindonda tutqun, qamoqqa tashlangan.
Ular qoʻlga tushdi, qutqaradigani yoʻq.
Ular oʻlja boʻldi, “Qaytarib ber” deydigani yoʻq.
23 Qaysi biringiz bularni eshitasiz,
Eʼtibor berib, oʻtmishga quloq solasiz?!
24 Yoqub naslini oʻlja qilib qoʻygan kim?
Isroil xalqini talonchilarga bergan–chi?
Egamiz emasmi?!
Axir, biz Unga qarshi gunoh qildik–ku!
Uning yoʻlidan yurishni istamadik,
Uning yoʻl–yoʻriqlariga quloq solmadik.
25 Shu bois Egamiz qaqshatqich gʻazabini,
Shafqatsiz urushni boshingizga keltirdi.
Alanga sizni oʻrab olsa ham tushunmadingiz,
Sizlarni kuydirsa ham, anglab yetmadingiz.