10–BOB
Toʻlo
1 Abumalekning oʻlimidan soʻng Puvax oʻgʻli Toʻlo Isroil xalqini dushmanlardan ozod qildi. U Issaxor qabilasidan boʻlgan Doʻdoʻning nabirasi boʻlib, Efrayim qirlaridagi Shomir shahrida istiqomat qilardi. 2 U Isroil xalqiga yigirma uch yil davomida hakam boʻlib xizmat qildi. Soʻngra olamdan koʻz yumib, Shomirda dafn qilindi.
Yovir
3 Undan keyin Giladlik Yovir hakam boʻldi. U yigirma ikki yil davomida Isroilga rahnamolik qildi. 4 Uning oʻttizta oʻgʻli bor edi. Ular oʻttizta eshakni minishar va Gilad oʻlkasidagi oʻttizta shaharga egalik qilishardi . Bu shaharlar bugunga qadar Yovir shaharlari deb ataladi. 5 Yovir olamdan oʻtib, Kamonda dafn qilindi.
Yiftox
6 Isroil xalqi yana Egamizning oldida qabihliklar qilib, Baal va Ashtaretning tasvirlariga sigʻinish bilan bir qatorda, Oram, Sidon, Moʻab, Ommon va Filist xalqlarining xudolariga sajda qildi. Egamizdan yuz oʻgirib, Unga sajda qilmay qoʻydi. 7 Bundan nihoyatda gʻazablangan Egamiz Isroil xalqini Filist va Ommon xalqlarining qoʻliga berdi. 8 Oʻsha yili ular Isroil xalqiga zulm qilib, rosa ezdilar. Iordanning sharqida, yaʼni Gilad oʻlkasida istiqomat qilgan Isroil xalqiga ular oʻn sakkiz yil davomida zulmini oʻtkazib keldilar. Ilgarilari bu yerlar Amor xalqiga tegishli edi. 9 Shunisi yetmaganday, Ommon xalqi Yahudo, Benyamin va Efrayim qabilalariga ham hujum qilmoqchi boʻlib, Iordan daryosining narigi qirgʻogʻiga oʻtib olgan edi.
Bundan qattiq tashvishga tushgan 10 Isroil xalqi:
— Biz gunoh qildik! — deya Egamizga faryod qildi. — Biz oʻz Xudoyimizdan yuz oʻgirib, Baalning tasvirlariga sigʻindik.
11 Egamiz esa ularga shunday dedi:
— Men sizlarni Misr, Amor, Ommon va Filist xalqlarining zulmidan qutqardim. 12 Sidonliklarning, Omolek va Moyun xalqlarining jabru zulmidan nolib, Menga yolvorganingizda, sizlarga najot berdim. 13 Shunga qaramay, sizlar Mendan yuz oʻgirib, boshqa xudolarga sigʻindingizlar. Boʻldi, yetar! Endi sizlarni qutqarmayman! 14 Borib, oʻzlaringiz tanlab olgan xudolaringizga iltijo qilinglar. Qiynalganingizda ular sizlarga najot berishsin.
15 — Biz gunoh qildik! Bizga xohlaganingni qil, ammo bugun bizni dushmanlarimizdan qutqargin, — deya oʻtindi Isroil xalqi Egamizdan.
16 Shunday qilib, ular begona xudolarning tasvirlarini yoʻq qilib, Egamizga sajda qildilar. Isroil xalqining chekkan azob–uqubatlarini koʻrgan Egamiz ularga nihoyatda achindi.
17 Ommon xalqi odamlarini jangga safarbar qilib, qarorgohini Gilad oʻlkasida joylashtirdi. Isroil xalqi esa toʻplanib, qarorgohini Mispaxda joylashtirdi. 18 Isroil qabilalarining rahnamolari: “Ommon xalqiga kim birinchi boʻlib hujum qilar ekan?” — deya bir–birlariga qarab olishdi. Soʻng: “Jangni boshqargan odam Giladga hokim boʻladi” degan qarorga kelishdi.