36–BOB
Esovning nasl–nasabi
1 Esovning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir (u Edom ismi bilan taniqli):

2 Esov Kanʼonlik qizlarga uylangan edi. Birinchi xotinining ismi Oida boʻlib, Xet xalqidan Eloʻn deganning qizi edi. Ikkinchisiniki Oxolibom boʻlib, Xiv xalqidan Anah deganning qizi edi. Bobosining ismi Ziboʻn edi. 3 Uchinchi xotinining ismi Bosimat boʻlib, Ismoilning qizi edi. Qizning Navayot degan akasi bor edi. 4 Oida Esovga Elifazni, Bosimat Ruvelni, 5 Oxolibom esa Yoush, Yalom va Koʻraxni tugʻib berdi. Esovning Kanʼon yurtida tugʻilgan oʻgʻillari ana shulardir.
6 Soʻngra Esov xotinlarini, bolalarini, xonadonidagi hamma odamlarini, podasiyu suruvlarini, Kanʼon yurtida topgan jamiki boyliklarini olib, ukasi Yoqubdan uzoqroq yerga koʻchib ketdi. 7 Ikkovining podalari va suruvlari benihoya koʻp boʻlganidan, yer torlik qilib qolgan edi. 8 Shuning uchun Esov, yaʼni Edom, Seir togʻlariga borib oʻrnashdi.
9 Seir togʻlaridagi Edom xalqining ota–bobosi Esovning nasl–nasabi mana bulardir:

10 Esovning xotinlari Oida va Bosimat tuqqan oʻgʻillari quyidagilardir: Oida Elifazni tugʻdi, Bosimat Ruvelni tugʻdi.
11 Elifaz besh oʻgʻil koʻrdi: Temon, Oʻmar, Zafoʻ, Gatam va Xanaz. 12 Elifazning choʻrisi Timna ham unga oʻgʻil tugʻib, ismini Omolek qoʻydi. Esovning xotini Oidaning nabiralari ana shular edi.
13 Ruvel toʻrt oʻgʻil koʻrdi: Naxat, Zerax, Shammox va Mizzo. Bular Esovning xotini Bosimatning nabiralari edi.
14 Esovning uchinchi xotini Anahning qizi Oxolibom unga uch oʻgʻil tugʻib berdi. Oʻgʻillarining ismi Yoush, Yalom va Koʻrax edi.

15 Esovning oʻgʻillari va nabiralari quyidagi urugʻlarning yoʻlboshchilari boʻldilar:

Esovning toʻngʻich oʻgʻli Elifazning oʻgʻillari quyidagi urugʻlarning yoʻlboshchilari boʻldilar: Temon, Oʻmar, Zafoʻ, Xanaz, 16 Koʻrax, Gatam va Omolek urugʻlari. Edom yurtidagi bu urugʻlar Esovning xotini Oidadan kelib chiqqan edi.
17 Esov oʻgʻli Ruvelning oʻgʻillari quyidagi urugʻlarning yoʻlboshchilari boʻldilar: Naxat, Zerax, Shammox va Mizzo urugʻlari. Edom yurtidagi bu urugʻlar Esovning xotini Bosimatdan paydo boʻlgan edi.
18 Esovning xotini Oxolibomning oʻgʻillari quyidagi urugʻlarning yoʻlboshchilari boʻldilar: Yoush, Yalom va Koʻrax urugʻlari. Oxolibomning otasi Anah edi.

19 Esov, yaʼni Edomdan kelib chiqqan urugʻlarning hammasi ana shulardir.
Edomning tub aholisi
20-21 Edom yurtining tub aholisi qabilalarga boʻlingan edi. Bu qabilalarning ota–bobosi Seir degan odam boʻlib, u Xorim xalqidan edi. Seirning quyidagi nasllari urugʻlarga asos soldi:

Loʻton, Shoʻval, Ziboʻn, Anah, Dishon, Ezer va Dishan.
22 Loʻtonning oʻgʻillari ismi Xoʻri va Xoʻmam edi. Loʻtonning Timna degan singlisi ham bor edi.
23 Shoʻvalning oʻgʻillari ismi Eliyon , Monaxat, Ebal, Shafo va Oʻnam edi.
24 Ziboʻnning oʻgʻillari ismi Oyo va Anah edi. Anah otasi Ziboʻnning eshaklarini boqib yurganda, sahroda issiq buloqlar topgan edi.
25 Anahning Dishon degan oʻgʻli va Oxolibom degan qizi bor edi.
26 Dishonning oʻgʻillari ismi Xamdon, Eshbon, Yitron va Xeron edi.
27 Ezerning oʻgʻillari ismi Bilxan, Zavon va Oqon edi.
28 Dishanning oʻgʻillari ismi Uz va Oron edi.

29 Shunday qilib, quyidagilar Xorim xalqi urugʻlarining yoʻlboshchilari boʻldi: Loʻton, Shoʻval, Ziboʻn, Anah, 30 Dishon, Ezer va Dishan. Xorim xalqining urugʻlari Seir yurtida yashagan urugʻ yoʻlboshchilari nomi bilan yuritilgan.
Edom shohlari
31 Hali Isroilda shohlar boʻlmasdan oldin ham, Edomda shohlar hukmronlik qilgan edi. Bu shohlar quyidagilardir:

32 Bavoʻr oʻgʻli Belax, u Dinxaba shahridan edi.
33 Belax vafot etgach, uning oʻrniga Zerax oʻgʻli Yoʻvov shoh boʻldi. U Bozrax shahridan edi.
34 Yoʻvov vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Xushom shoh boʻldi. U Temon yurtidan edi.
35 Xushom vafot etgach, uning oʻrniga Badad oʻgʻli Hadad shoh boʻldi. U Obit shahridan edi. Hadad Moʻab yurtida Midiyon lashkarini qirib tashlagan edi.
36 Hadad vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Samlo shoh boʻldi. U Masrixo shahridan edi.
37 Samlo vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Shovul shoh boʻldi. U Furot daryosi boʻyidagi Rexoboʻt shahridan edi.
38 Shovul vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Axbor oʻgʻli Baalxanon shoh boʻldi.
39 Baalxanon vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Hadad shoh boʻldi. U Pogʻu shahridan edi. Hadadning xotini Maxitaval edi, Maxitavalning otasi — Matrid, bobosi Mezaxab edi.

40 Esov urugʻlarining yoʻlboshchilari nomlari quyidagichadir: Timno, Elvo, Yetet, 41 Oxolibom, Elox, Pinon, 42 Xanaz, Temon, Mivzar, 43 Maxdiyol va Irom. Edom xalqining ota–bobosi Esov urugʻlarining nomlari ana shulardir. Har bir urugʻ oʻzi egallagan hududga oʻzining nomini bergan.