2–BOB
1-2 Sarvari Olam shunday deydi: “Ey ruhoniylar, endi sizlarga amrim shudir: Menga quloq soling. Chin yurakdan nomimni ulugʻlang. Aks holda, ustingizga laʼnatlar yogʻdiraman, barakalaringizni laʼnati qilaman. Darvoqe, barakalaringizni laʼnatlab boʻldim ham, chunki birontangiz ogohimga eʼtibor bermadingiz. 3 Men farzandlaringizni jazolayman. Qurbonliklaringizning ichaklaridan chiqqan axlatni betlaringizga sochaman, oʻsha axlatga qoʻshib, oʻzlaringizni ham axlat uyumiga tashlab yuboraman.
4 Shunda bu amrni sizlarga Men berganimni bilib olasizlar. Men bu amr orqali ota–bobongiz Levi va uning nasllari bilan tuzgan ahdimni mustahkam qilmoqchi edim, — deydi Sarvari Olam. 5 — Levi qabilasi bilan qilgan oʻsha ahdim farovon hayot ahdi edi. Men levilarning qalbiga qoʻrquvni solib qoʻydim, ular Mendan qoʻrqishardi, nomimni benihoya izzat etishardi. 6 Ular koʻrsatmalarimni xalqqa buzmasdan yetkazishardi, adolatli hukm chiqarishardi. Sofdillik va toʻgʻrilik yoʻllarida Menga hamroh edilar, koʻplarni gunohdan qaytardilar.
7 Ruhoniyning vazifasi odamlarga toʻgʻri taʼlim berishdir. Odamlar uning oldiga maslahat soʻrab borishlari kerak, axir, Men Sarvari Olamman, u Mening elchimdir. 8 Ammo, ey ruhoniylar, sizlar yoʻlimdan ogʻdingizlar, oʻz koʻrsatmalaringiz bilan koʻplarni yoʻldan urdingizlar. Levi qavmi bilan tuzgan ahdimni barbod qildingizlar, — deydi Sarvari Olam. 9 — Men esa sizlarni xoʻrladim, barcha xalqlardan pastroq qildim. Sizlar Mening yoʻlimdan yurmayapsiz, qonun masalasida tarafkashlik qilyapsiz.”
Yahudo xalqining Xudoga boʻlgan sadoqatsizligi
10 Hammamizning Otamiz bir emasmi?! Hammamizni bir Xudo yaratgan emasmi?! Nega endi biz bir–birimizga sadoqatsiz boʻlishimiz kerak?! Nega Xudo ota–bobolarimiz bilan tuzgan ahdni bulgʻashimiz kerak?! 11 Ey Yahudo xalqi , sizlar sadoqatsizlik qildingiz. Quddusda hamda butun yurtda jirkanchli ishlarga qoʻl urdingiz. Ha, Egamiz yaxshi koʻradigan Maʼbadni bulgʻab, begona xudolarga topinadigan qizlarga uylandingiz. 12 Egamiz bunday ishlarga qoʻl urgan har bir odamni xalqimiz orasidan yoʻq qilsin. Unday odamlar Sarvari Olamga nazrlar keltirmasin.
13 Sizlar yana shunday qilyapsiz: Egamizning qurbongohini koʻz yoshlar bilan yuvyapsiz, faryod qilib figʻon chekyapsiz, chunki Xudo nazrlaringizni qabul qilmayapti, U bulardan mamnun emas. 14 “Nima uchun?” deb soʻraysiz. Chunki sizlar yoshlik chogʻingizda uylangan xotiningizga bevafolik qildingiz. Axir, u sizning umr yoʻldoshingiz, nikoh ahdingizdagi xotiningiz–ku! Egamizning Oʻzi sizlarning orangizda guvohdir. 15 Ehtiyot boʻling, orangizda hech kim oʻz xotiniga xiyonat qilmasin. Xudo sizlarni bir tanu bir jon qilgan–ku! Endi Xudo sizlardan nimani kutyapti? Haqiqiy xudojoʻy farzandlarni kutyapti .
16 “Xotinidan nafratlanib, undan ajrashgan erkak oʻz himoyasi ostida boʻlgan xotiniga shafqatsizlik qilgan boʻladi ”, — deydi Isroil xalqining Xudosi — Egamiz. “Shu bois hushyor boʻlinglar, xiyonat qilmanglar”, — deydi Sarvari Olam.
Egamiz adolat oʻrnatadigan kun
17 Sizlar gaplaringiz bilan Egamizni charchatib yubordingizlar–ku, yana: “Qanday qilib Uni charchatibmiz?” deb soʻraysizlar. Sizlar: “Yomonlik qilgan hammani Egamiz yaxshi koʻradi, ulardan mamnun boʻladi. Qani, adolat Xudosi bormi oʻzi?!” deb aytasizlar. Bu gaplaringiz bilan Egamizni charchatyapsizlar.