28–BOB
Malta orolida
1 Biz qirgʻoqqa eson–omon yetib borganimizdan keyin, bildikki, bu orolning nomi Malta ekan. 2 Yerli aholi bizga gʻoyat doʻstona munosabatda boʻldi. Yomgʻir yogʻayotgani va sovuq boʻlgani uchun ular olov yoqib, hammamizni olov atrofiga taklif qildilar. 3 Pavlus shox–shabba yigʻib kelib, olov ustiga tashlayotganda, bir zaharli ilon issiqdan qochib, uning qoʻliga osilib qoldi. 4 Yerli aholi Pavlusning qoʻliga osilib qolgan ilonni koʻrib bir–birlariga: “Bu odam qotil boʻlsa kerak, u dengizdan qutulsa ham, Qasos xudosi unga yashashga imkon bermadi”, dedilar. 5 Ammo Pavlus ilonni olov ichiga silkitib otdi, oʻzi esa hech qanday zarar koʻrmadi. 6 Aholi, hozir bu odam shishib ketadi yoki birdan yiqilib oʻladi, deb kutardi. Ular uzoq kutdilar, lekin gʻayritabiiy ravishda unga hech narsa boʻlmaganini koʻrdilar. Endi odamlar fikrlarini oʻzgartirib: “U xudo ekan”, deb ayta boshladilar.
7 Oʻsha joyning yaqinida bir dala bor edi, bu dala orol boshligʻi Publiyusga tegishli ekan. Publiyus bizni uyiga olib ketib, uch kun mehmon qildi. 8 Uning otasi ichburugʻdan isitmalab, toʻshakda yotardi. Pavlus uning xonasiga borib, ibodat qildi, unga qoʻlini qoʻyib, shifo berdi. 9 Shu voqea yuz bergandan keyin, oroldagi hamma xasta odamlar Pavlusning oldiga kelib, shifo topdilar. 10 Ular bizga koʻp izzat–hurmat koʻrsatdilar. Joʻnab ketayotganimizda esa safarimiz uchun zarur oziq–ovqatlarni kemaga joylashtirdilar.
Maltadan Rimga
11 Uch oydan keyin Iskandariyadan kelgan kema bilan dengizga chiqdik. Kema “Egizak xudolar” deb atalardi. U orolda qishlab qolgan edi. 12 Biz Surakuz shahriga borib, u yerda uch kun turdik. 13 U yerdan suzib ketib, Regiumga keldik. Ertasi kuni janubdan shamol esa boshladi. Ikkinchi kun Puteol shahriga yetib keldik. 14 U yerda bir necha imonlilar bilan uchrashdik. Ular: “Biz bilan qolinglar”, deb iltimos qildilar.
Bir haftadan keyin biz Rimga ketdik. 15 Rimdagi imonlilar biz toʻgʻrimizda eshitib, bizni kutib olgani yoʻlga chiqishdi. Baʼzilari bilan Appiyus bozorida koʻrishdik, boshqa birlari bilan esa Uch mehmonxona degan joyda uchrashdik. Pavlus ularni koʻrib, Xudoga shukur aytdi va yanada dadillashdi. 16 Biz Rimga kelganimizdan keyin, Pavlusga bir askar kuzatuvida yolgʻiz yashashga ruxsat berildi.
Pavlusning Rimdagi faoliyati
17 Pavlus uch kundan keyin mahalliy yahudiylarning yoʻlboshchilarini chaqirdi. Ular yigʻilishgach, Pavlus dedi:
— Birodarlar! Men xalqimizga yoki ota–bobolarimiz odatlariga qarshi biron narsa qilmagan boʻlsam ham, meni Quddusda qamab, Rim amaldorlarining qoʻliga topshirishdi. 18 Ular meni tekshirib koʻrganlaridan keyin, meni ozod qilmoqchi boʻldilar, chunki oʻlimga loyiq biron ish qilmagan edim. 19 Ammo yahudiylar qarshilik qilganlaridan keyin, men Qaysarning hukmini talab qilishga majbur boʻldim. Men bu bilan oʻz xalqimni ayblamoqchi emasman. 20 Shu sababdan men sizlar bilan koʻrishib, suhbatlashishni istadim. Aslini olganda, men Isroilning umidi uchun zanjirband qilinganman.
21 Ular Pavlusga dedilar:
— Siz toʻgʻringizda Yahudiyadan bironta xat olmadik, bu yerga tashrif buyurgan birodarlarimizdan birontasi ham siz toʻgʻringizda biron xabar yoki hech qanday yomon gap aytmadi. 22 Ammo fikringizni oʻzingizdan eshitishni istardik, chunki bu mazhabga nisbatan har yerda qarshi gapirib yurganlarini biz bilamiz.
23 Ular Pavlus bilan bir kunni kelishib oldilar. Oʻsha kuni ular Pavlus turgan joyga bir talay odamni boshlab keldilar. Pavlus ertalabdan kechgacha ularga Xudoning Shohligi toʻgʻrisida tushuntirdi. Shuningdek, Musoning Tavrot kitobidan va Paygʻambarlar bitiklaridan Iso toʻgʻrisida ishonchli dalillar keltirdi. 24 Ulardan baʼzilari Pavlusning aytganlariga ishondilar, boshqalari esa umuman ishonmadilar. 25 Shunday qilib, ular oʻzaro bahslashdilar. Ular ketmoqchi boʻlib turganlarida Pavlus shunday dedi: “Muqaddas Ruh Ishayo paygʻambar orqali ota–bobolaringizga ushbu gapni toʻgʻri aytgan ekan:

26 «Bor, mana shu xalqqa ayt:
‘Sizlar tinglab turasiz–u, lekin hech tushunmaysiz,
Qarab turasiz–u, ammo hech anglab yetmaysiz.’
27 Zero, bu xalqning aqli oʻtmas boʻlib qoldi,
Quloqlari garang boʻldi,
Koʻzlarini yumib olishdi.
Aks holda, koʻzlari koʻrgan boʻlardi,
Aks holda, quloqlari eshitgan boʻlardi,
Aqllari anglagan boʻlardi,
Yana Menga qaytgan boʻlishardi,
Men ularga shifo bergan boʻlardim.»

28-29 Sizlarga shu maʼlum boʻlsinki, Xudoning najoti gʻayriyahudiylarga yuborilgan. Ular quloq soladilar .”
30 Pavlus ijaraga olgan uyida ikki yil yashadi va uni koʻrgani kelgan hammani qabul qildi. 31 U jasorat bilan Xudoning Shohligi haqida vaʼz aytib, Rabbimiz Iso Masih toʻgʻrisida taʼlim berdi. Hech kim unga buni taqiqlashga urinmadi.