4–BOB
Sulaymonning aʼyonlari
1 Sulaymon butun Isroilning shohi edi. 2 Uning qoʻli ostidagi aʼyonlar quyidagilar edi:
Zodoʻx oʻgʻli Ozariyo — ruhoniy,
3 Shishoning oʻgʻillari Elixorut va Oxiyo — kotib,
Oxilud oʻgʻli Yohushafat — tarixnavis,
4 Yohayido oʻgʻli Binayo — lashkarboshi,
Zodoʻx bilan Abuatar — ruhoniy,
5 Natan oʻgʻli Ozariyo — hokimlarning nazoratchisi,
Natan oʻgʻli Zabud — ruhoniy va shohning maslahatchisi,
6 Oxisar — saroy boshqaruvchisi,
Abdax oʻgʻli Odoniram — qarollarning boshligʻi edi.
7 Sulaymonning oʻn ikkita hokimi boʻlib, ular Isroil hududlarini boshqarar, shohni va shoh xonadonini oziq–ovqat bilan taʼminlardilar. Har bittasi yiliga bir oy davomida shoh xonadoniga oziq–ovqat yetkazib berishi shart edi. 8 Ularning ismlari quyidagicha edi:
Efrayim qirlarida — Banxur,
9 Moxaz, Shalbim, Bayt–Shamash, Eloʻn–Bayt–Xanon degan shaharlarda — Bandaxor,
10 Arboʻt va Soʻxu shaharlarida, butun Xafer oʻlkasida — Banxesed,
11 Butun Nafoʻt–Doʻr degan joyda — Banabunadav (Sulaymonning qizi Toʻfat Banabunadavning xotini edi),
12 Tanax va Magidoʻ shaharlarida, butun Bayt–Shan hududida — Oxilud oʻgʻli Bano (bu joy Yizril etagidagi Zoraton shahridan Ovil–Maxla shahrigacha va Yoxmayom shahrining narigi tomoniga qadar boʻlgan yerlardir),
13 Giladdagi Ramoʻt shahrida — Bangeber, shuningdek, Manashe oʻgʻli Yovir urugʻiga qarashli Gilad oʻlkasidagi qishloqlar, Bashan oʻlkasidagi Argob hududi, devor bilan oʻralgan va darvozasi bronza tamba bilan mustahkamlangan oltmishta katta shahar ham unga qarashli edi.
14 Moxanayim yerlarida — Iddo oʻgʻli Oxinadav,
15 Naftali hududida — Oximas (u Sulaymonning qizi Bosimatga uylangan edi),
16 Osher hududida va Boloʻt shahrida — Xushay oʻgʻli Bano,
17 Issaxor yerlarida — Paruvax oʻgʻli Yohushafat,
18 Benyamin yerlarida — Ela oʻgʻli Shimax,
19 Gilad oʻlkasida — Uri oʻgʻli Geber. Ilgari Gilad oʻlkasida Amor shohi Sixoʻn va Bashan shohi Oʻg hukmronlik qilishgan.
Yahudo yurtining oʻz hukmdori bor edi .
Sulaymon hukmronligining ravnaq topishi
20 Yahudo va Isroil xalqi shu qadar koʻp ediki, goʻyo dengiz qirgʻogʻidagi qumni eslatardi. Ular yeb–ichib, xursandchilik bilan yashardi. 21 Sulaymon Furot daryosidan Filistlar yeriga va Misr chegaralariga qadar boʻlgan hamma oʻlkalarda shohlik qilardi. Bu oʻlkalardagi xalqlar Sulaymonga oʻlpon toʻlab, umr boʻyi unga tobe boʻldilar.
22 Sulaymon xonadonining bir kunlik ozigʻi quyidagicha edi: 300 togʻora sifatli un va 600 togʻora kepakli un, 23 ogʻilxonada boqilgan 10 ta semiz mol va yaylovda boqilgan 20 ta buqa, 100 ta qoʻy, bulardan tashqari, bugʻular, kiyiklar, ohular, semiz parrandalar.
24 Furot daryosining gʻarbidagi Tifsaxdan Gʻazo shahriga qadar boʻlgan oʻlkalarda, daryoning gʻarb tomonidagi hamma shohlar ustidan Sulaymon hukmron edi. Atrofdagi hamma yurtlar bilan aloqasi yaxshi edi. 25 Sulaymon hayotligida Dandan Bershebagacha boʻlgan Yahudo va Isroil yurtidagi har bir odam oʻz uzumzorida, oʻz anjir daraxti ostida tinchgina umr kechirardi.
26 Sulaymonning otxonalarida jang aravalari uchun 4000 oti va 12.000 uchqur otlari bor edi. 27 Oʻsha oʻn ikki hokimning har biri shoh Sulaymonni, shoh Sulaymonning dasturxonidan taom yeydiganlarning hammasini belgilangan oyda oziq–ovqat bilan taʼminlardi, birorta ham kamchilikka yoʻl qoʻyishmasdi. 28 Har biri oʻzining navbati kelganda shoh tayinlagan yerga jang aravalarining otlari va boshqa otlar uchun arpa, somon ham olib kelishardi.
29 Shunday qilib, Xudo Sulaymonga dengiz qirgʻogʻidagi qum kabi cheksiz–chegarasiz donolik, idrok, tengsiz aql berdi. 30 Sulaymonning donoligi butun sharq xalqlarining donoligidan, butun Misr xalqining donoligidan ham ortiq edi. 31 U hamma insonlardan, Zerax urugʻidan boʻlgan Etxandan, Moxul oʻgʻillari Xaman, Qolkoʻl, Dardaxdan ham dono edi. Atrofdagi hamma xalqlar orasida uning dongʻi ketgan edi. 32 U 3000 matal, 1005 ta qoʻshiqlar ijro etdi. 33 U Lubnondagi sadr daraxtidan tortib, devorda oʻsgan issopgacha, qoʻyingki, jamiki dov–daraxtlar, hayvonlar, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar haqida soʻz yuritardi. 34 Sulaymonning donoligi haqida eshitgan dunyodagi hamma shohlar uning oldiga odamlarini yuborardi. Barcha xalqlardan kelgan bu odamlar Sulaymonning donoligidan bahramand boʻlardi.