6–BOB
Xizmatga tanlangan yetti kishi
1 Shu vaqt davomida shogirdlarning soni ortib boraverdi. Ammo shu paytda yunonzabon va oramiyzabon yahudiy imonlilar orasida ziddiyat paydo boʻldi. Yunonzabon yahudiylar: “Kundalik oziq–ovqat taqsimlanganda, yunonzabon bevalar eʼtibordan chetda qolyaptilar”, deb eʼtiroz bildirdilar. 2 Oʻn ikki havoriy jamiki shogirdlarni yigʻib, ularga shunday dedilar:
— Biz Xudoning kalomini vaʼz qilishni bir chetda qoldirib, ozuqa tarqatish bilan ovora boʻlishimiz notoʻgʻri. 3 Birodarlar, orangizdan yetti kishini tanlanglar. Ular obroʻ–eʼtiborga ega, Muqaddas Ruhga va donolikka toʻlib–toshgan boʻlsin. Ularni bu xizmatga tayin etaylik. 4 Biz esa oʻzimizni ibodatga va Xudo kalomining xizmatiga bagʻishlaylik.
5 Ularning gapi butun jamoaga maʼqul boʻldi. Jamoa imonga va Muqaddas Ruhga toʻla Stefanni, shuningdek, Filip, Proxorus, Nikanor, Timon, Parmenas va ilgari yahudiy diniga kirgan Antioxiyalik Nikolasni tanladilar. 6 Ular bu odamlarni havoriylarning oldiga turgʻizib qoʻydilar. Havoriylar ularga qoʻllarini qoʻyib, ibodat qildilar.
7 Shunday qilib, Xudoning soʻzi yoyilib boraverdi. Shogirdlar soni Quddusda koʻpaydi. Ruhoniylarning koʻpchiligi imonga keldilar.
Stefan hibsga olinadi
8 Stefan Xudoning marhamatiga va ilohiy qudratga toʻlgan edi . U xalq orasida ajoyib moʻjizalar va alomatlar koʻrsatdi. 9 Ammo “Ozod qilingan qullar” degan sinagoga aʼzolarining baʼzilari — Kirineyaliklar, Iskandariyaliklar, shuningdek, Kilikiya va Asiyaliklar Stefan bilan bahslasha boshladilar. 10 Muqaddas Ruh Stefanga koʻp donolik berdi, shuning uchun ular Stefanning gaplarini inkor qila olmadilar. 11 Shundan keyin sinagoga aʼzolari baʼzi odamlarni gijgijlab: “Stefan Musoga va Xudoga qarshi kufr soʻzlar aytganini eshitdik”, deb aytishga koʻndirdilar. 12 Shu yoʻl bilan ular xalqni, yoʻlboshchilarni, Tavrot tafsirchilarini qayradilar. Ular Stefanni ushlab, Oliy kengashga olib keldilar. 13 Shunda ular soxta guvohlarni yolladilar. Soxta guvohlar shunday dedilar: “Bu odam mana shu muqaddas Maʼbadga va qonunga qarshi gaplar aytishdan toʻxtamayapti. 14 Uning aytishicha, Nosiralik Iso Maʼbadni qulatar emish, Muso bizlarga bergan urf–odatlarni oʻzgartirar emish.” 15 Oliy kengashda oʻtirganlar Stefanga tikilib qaradilar, uning yuzi xuddi farishtaning yuziga oʻxshash ekanini koʻrdilar.