4–BOB
Isroil xalqi toshlardan yodgorlik oʻrnatadi
1 Butun xalq Iordandan oʻtib boʻlgandan keyin, Egamiz Yoshuaga shunday dedi:
2 — Xalqning orasidan oʻn ikki kishini tanlagin, har bir qabiladan bittadan boʻlsin. 3 Ularga: “Iordan daryosining oʻrtasidan, ruhoniylarning oyogʻi turgan joydan oʻn ikkita tosh olib chiqinglar, bugun kechqurun qarorgoh quradigan joyga olib borib qoʻyinglar”, deb buyurgin.
4 Yoshua har bir Isroil qabilasidan tanlagan oʻn ikki kishini chaqirib, 5 ularga shunday dedi: “Egangiz Xudoning Ahd sandigʻi oldiga, Iordanning oʻrtasiga borib, u yerdan har biringiz Isroil qabilalarining har biri uchun bittadan tosh olinglar. Ularni yelkangizda koʻtarib, qarorgohga olib boringlar. 6 Bu toshlar sizlarga esdalik boʻlib xizmat qiladi. Vaqti kelib, farzandlaringiz sizlardan: «Bu toshlar nimani bildiradi?» deb soʻraganda, 7 ularga Egamizning Ahd sandigʻi Iordan daryosidan oʻtayotganda, daryoning suvlari toʻxtab qolganini aytib berasizlar. Bu toshlar sizlarga umrbod yodgorlik boʻlib qoladi.”
8 Isroil xalqidan tanlangan kishilar Yoshua ularga buyurganday qilishdi. Egamiz Yoshuaga aytganday, ular Iordanning oʻrtasidan har bir Isroil qabilasi uchun bittadan tosh, jami oʻn ikkita tosh olib, oʻzlari bilan oʻsha kuni qarorgoh qurilgan joyga olib borib qoʻyishdi. 9 Shundan keyin Yoshua yana oʻn ikkita tosh olib, Iordanning oʻrtasiga bir yodgorlik qurdi. Bu yodgorlik Ahd sandigʻini koʻtargan ruhoniylar turgan joyga qurilgan edi. U toshlar bugungacha oʻsha yerdadir.
10 Egamiz Yoshuaga, xalqqa aytgin, deb amr qilganlarining hammasi sodir boʻlmaguncha, Sandiqni koʻtargan ruhoniylar Iordanning oʻrtasida turdilar. Yoshuaga Muso mana shu yoʻl–yoʻriqlarni koʻrsatgan edi. Xalq tez–tez daryodan oʻtdi. 11 Hamma daryodan oʻtib boʻlgandan keyin, Iordanning oʻrtasida turgan ruhoniylar Egamizning Ahd sandigʻini koʻtarib, daryodan chiqdilar. Butun xalq buni koʻrib turdi. 12 Muso buyurganday , Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasi yarmining erkaklari ham qurollanib, daryodan oʻtgan edilar. Ular Isroil xalqining oldingi saflarida edilar. 13 Jangga tayyor oʻsha qirq mingga yaqin kishi Egamiz boshchiligida Yerixo yonidagi tekislikka oʻtdi.
14 Oʻsha kuni Egamiz qilgan ishlari orqali Isroil xalqining koʻzi oldida Yoshuaning nomini yuksaltirdi . Ular butun umri davomida Musoni qanday hurmat qilgan boʻlsalar, Yoshuani ham shunday hurmat qildilar.
15-16 Oʻsha kuni Egamiz Yoshuaga: “Ahd sandigʻini koʻtargan ruhoniylarga, Iordandan chiqinglar, deb buyurgin”, degan edi. 17 Yoshua ruhoniylarga: “Iordandan chiqinglar!” deb buyurganda, 18 Egamizning Ahd sandigʻini koʻtargan ruhoniylar Iordanning oʻrtasidan chiqib kelishgandi. Ularning oyoqlari narigi qirgʻoqning quruq yeriga tegishi bilanoq, Iordanning suvlari yana oldingiday qirgʻoqlardan toshib oqa boshlagandi.
19 Shunday qilib, xalq birinchi oyning oʻninchi kunida Iordandan oʻtdi. Ular Yerixo shahrining sharqidagi Gilgal degan joyda qarorgoh qurishdi. 20 Ular Iordandan olgan oʻn ikkita toshni Yoshua Gilgalda oʻrnatib, 21 Isroil xalqiga shunday dedi:
— Vaqti kelib, farzandlaringiz sizlardan: “Bu toshlar nimani bildiradi?” deb soʻrasa, 22 sizlar shunday javob berasizlar: “Isroil xalqi mana shu yerda quruq yerdan yurib Iordandan oʻtgandi. 23 Egamiz Xudo biz oʻtishimiz uchun Qizil dengizni quritganday, bu yerda ham biz oʻtib boʻlmagunimizcha Iordanning suvlarini quritgan edi. 24 Yer yuzidagi barcha xalqlar Egamizning qudratli ekanini bilishi hamda sizlar Xudoyingiz — Egamizdan bir umr qoʻrqishingiz uchun shunday qilgan edi.”