11–BOB
Bosqinchilarning qulashi
1 Ey Lubnon, och darvozalaringni!
Sadr daraxtlaringni olov yondirib tashlasin.
2 Ey sarv daraxti, dod solib yigʻlagin,
Axir, sadr daraxtlari quladi.
Oʻsha ulugʻvor daraxtlar vayron boʻldi.
Ey Bashandagi emanlar, dod solib yigʻlang,
Qalin–qalin oʻrmonlarning daraxtlari
Kesib tashlandi, axir.
3 Ana, eshiting! Choʻponlarning yigʻisin,
Koʻm–koʻk yaylovlar nobud boʻldi, axir.
Quloq soling sherlarning oʻkirishiga,
Iordan butazorlari nobud boʻldi, axir.
Ikki xil choʻpon
4 Egam Xudo menga shunday dedi:
— Boʻgʻizlanishga olib ketilayotgan qoʻy suruviga choʻponlik qilgin. 5 Qoʻylarni sotib olganlar ularni oʻldirib, jazosiz yuribdilar. Qoʻylarni sotganlar esa: “Xudoga shukur! Biz boymiz”, deydilar. Qoʻylarga hatto oʻz choʻponlarining ham rahmi kelmaydi. 6 Men, Egangiz, shunday aytmoqdaman: “Endi bu yurtdagi odamlarga rahm qilmayman. Men ularni bir–birining qoʻliga va hukmdorlarining qoʻliga topshiraman. Hukmdorlari yurtni vayron qiladi. Men esa hech kimni bu hukmdorlarning qoʻlidan qutqarmayman.”
7 Shunday qilib, qoʻy savdogarlari meni boʻgʻizlanadigan qoʻy suruviga choʻpon qilib yolladilar . Men ikkita tayoq oldim. Ulardan birini “Iltifot”, ikkinchisini esa “Ahillik” deb atab, qoʻylarni boqdim. 8 Bir oy ichida ularning uchta choʻponini haydab yubordim. Qoʻy savdogarlariga boʻlgan sabr–toqatim ham tugadi, ular ham meni yomon koʻrib qoldilar. 9 Shundan keyin men qoʻy savdogarlariga:
— Endi sizlarning qoʻylaringizni boqmayman, — dedim. — Oʻladigani oʻlsin, halok boʻladigani halok boʻlsin, qolganlari esa bir–birining goʻshtini yesin.
10 Men “Iltifot” nomli tayogʻimni oldim–da, uni sindirib tashladim. Shu orqali Egamizning Oʻz xalqi bilan qilgan ahdini bekor qildim. 11 Shunday qilib, oʻsha kuni bu ahd bekor boʻldi. Meni kuzatib turgan qoʻy savdogarlari bu ish Egamizning soʻzi ekanligini tushundilar. 12 Keyin men ularga shunday dedim:
— Agar sizlar ish haqimni berishni lozim koʻrsangiz, beringlar, boʻlmasa, bermay qoʻyaveringlar.
Shunda ular menga bor–yoʻgʻi oʻttiz kumush tanga berdilar. 13 Shundan keyin Egamiz menga:
— Bu kumushni kulolga bergin, — dedi.
Meni baholab berilgan bu arzimas kumush tangalarni olib, Egamiz uyidagi kulolga berdim. 14 Keyin “Ahillik” deb atalgan ikkinchi tayogʻimni sindirdim. Shunday qilib, Yahudo va Isroil orasidagi birodarlikni bekor qildim.
15 Shundan keyin Egamiz menga aytdi: “Bor, yana bir marta choʻponlik qilgin. Ammo bu safar foydasiz choʻponday boʻlgin. 16 Ha, Men bu yurtga shunday bir choʻpon beramanki, u halok boʻlayotganlarga qaramaydi. Yoʻqolganlarni izlamaydi, yaradorlarga shifo bermaydi, sogʻ boʻlganlarni oziqlantirmaydi. Aksincha, semiz qoʻylarni soʻyib yeydi, tuyoqlarini ham kesib tashlaydi.

17 Ey suruvni tark etadigan qadrsiz choʻponim,
Holingga voy!
Qilich sening qoʻlingni chopib,
Oʻng koʻzingni oʻyib tashlasin!
Sening qoʻling butunlay qurib qolsin,
Oʻng koʻzing koʻr boʻlsin!”