3–BOB
Xabaqquq ibodat qiladi, vahiyda Xudoni ilohiy jangchi timsolida koʻradi
1 Xabaqquq paygʻambarning kuyga solingan ibodati quyidagicha:

2 “Ey Egam, men Sening shuhrating haqida eshitdim. Qilgan buyuk ishlaringdan hayratda qoldim. Ey Egam, bizning davrimizda ham shunday ishlaringni qilgin. Odamlar Sening nimalarga qodir ekanligingni bilib qoʻyishsin. Gʻazablanganingda mehr–shafqatni esdan chiqarmagin.

3 Xudo keladi Edom yurtidan ,
Muqaddas Xudo keladi Poron qirlaridan .
Uning ulugʻvorligi koʻkni porlatar,
Hamdu sanolariga butun dunyo toʻlar.
4 Ulugʻvorligi chaqmoqday chaqnar,
Nur sochilar Uning qoʻlidan —
Kuch yashiringan bilagidan.
5 Uning oldida yuradi oʻlat,
Uning ketidan ergashadi ofat.
6 Toʻxtaganda yer silkinadi,
Nazar solganda xalqlarni titroq bosadi.
U yurgan koʻhna yoʻllar boʻyidagi
Mangu togʻlar oʻpirilib tushadi,
Abadiy qirlar choʻkib past boʻladi.
7 Koʻshon xalqining qoʻrqqanini men koʻryapman,
Midiyon xalqining dagʻ–dagʻ qaltiraganini koʻryapman.

8 Ey Egam, nahotki gʻazablansang daryolardan?!
Nahot Sening jahling chiqsa irmoqlardan?!
Yoki Sening qasding bormidi dengizdan?!
Shuning uchun otlaringni choptirasanmi,
Zafarli jang aravalaringga minib olasanmi?!
9 Sen gʻilofdan chiqarasan kamoningni,
Oʻqlarga toʻldirasan oʻqdoningni.
Daryolar bilan yorasan yer yuzini.
10 Buni koʻrganda togʻlarni dard tutar,
Shiddatli oqim koʻpirib oqar.
Dengiz tubidan nido yangrar,
Dengiz toʻlqinlari koʻkka intilar.
11 Sening oʻqlaring uchib chaqnaydi,
Nayzalaring yalt etib yonadi.
Bundan quyoshu oy oʻz joyida qotib turadi .
12 Sen jahl ustida bosib oʻtarsan yer yuzini,
Gʻazabga minib oyoq osti qilarsan xalqlarni.
13 Qutqarish uchun kelasan Oʻz xalqingni,
Oʻz tanlaganing orqali ozod qilish uchun ularni .
Fosiq xalqning yoʻlboshchisini urasan,
Boshdan–oyoq uni shilib tashlaysan.
14 Ana, gʻanimlarimiz quyun kabi kelyaptilar,
Bizni har yoqqa tarqatib yubormoqchi boʻlyaptilar.
Oʻz uyasida oʻljasini gʻajigan yirtqich hayvonday,
Oson ovidan oʻzida yoʻq sevinyaptilar.
Sen esa ularning yoʻlboshchisini oʻz oʻqlari bilan halok qilasan.
15 Otlaring tuyoqlari dengizni bosib ezadi,
Bahaybat suvlarni bir joyga yigʻib qoʻyadi.”
Xabaqquq Xudoga boʻlgan ishonchini eʼlon qiladi
16 Men bularni eshitdim.
Shunda uvushdi mening yuragim,
Titray boshladi lablarim,
Madorim qolmay, qaltiradi tizzalarim.
Ammo men sabr–toqat qilaman,
Bosqinchilarimiz boshiga tushadigan kulfat kunini kutaman .
17 Bordi–yu, anjir daraxti gullamay qolsa,
Uzum toklari meva tugmasa,
Zaytun daraxtlari hosil bermasa,
Daladagi ekinlar unmay qolsa,
Qoʻralarda qoʻylar qolmasa,
Ogʻilxonalar boʻm–boʻsh boʻlsa,
18 Shunda ham Egamdan shod boʻlarman,
Najotkorim Xudodan quvonarman.
19 Egam Rabbiy mening qudratimdir.
U oyoqlarimni kiyik oyogʻiday qiladi,
Choʻqqilar uzra meni bexatar yurgizadi.