28–BOB
1 Shunday qilib, Isʼhoq Yoqubni chaqirtirib, uni duo qildi va shunday maslahat berdi:
— Kanʼonlik qizlarga uylanma. 2 Hoziroq Paddon–Oramga — bobong Batuvalning xonadoniga joʻna. U yerda togʻang Lobonning qizlaridan birortasiga uylan. 3 Qodir Xudo baraka berib, seni koʻpaytirsin. Sening naslingdan koʻp xalqlar kelib chiqsin. 4 Xudo Ibrohimga vaʼda qilgan barakasini senga va sening naslingga ato qilsin. Biz hozir musofir boʻlib yashayotgan, Xudo Ibrohimga bergan shu yurt sening mulking boʻlsin.
5 Shunday qilib, Isʼhoq Yoqubni joʻnatdi. Yoqub Paddon–Oramga — Oramlik Batuvalning oʻgʻli, togʻasi Lobonnikiga ketdi.
Esov boshqa xotinga uylanadi
6-7 Esov eshitdiki, otasi Yoqubni duo qilib, uni Paddon–Oramga joʻnatibdi. Yoqub ota–onasining gaplariga itoat etib, Paddon–Oramga ketibdi. Otasi Yoqubga: “Oʻsha yerdan uylangin”, debdi, “Kanʼonlik qizlarga uylanma”, deb ogohlantiribdi. 8 Kanʼonlik xotinlari otasiga yoqmasligini Esov tushunib yetdi. 9 Esov amakisi Ismoilning xonadoniga bordi va xotinlari ustiga, Ibrohim oʻgʻli Ismoilning qizlaridan biriga uylandi. Yangi xotinining ismi Maxalat edi. Maxalatning Navayot degan akasi ham bor edi.
Yoqub Baytilda tush koʻradi
10 Yoqub Bersheba shahridan chiqib, Xoron tomonga qarab ketdi. 11 U bir joyga yetib kelganda, kun botgan edi. Shuning uchun oʻsha yerda tunashga toʻxtadi. U bir tosh topdi–da, toshni boshining ostiga qoʻyib uxlagani yotdi. 12 Bir payt u tushida bir zinapoyani koʻrdi. Zinapoyaning pasti yerga, tepasi esa osmonga tegib turganmish. Xudoning farishtalari zinapoyadan chiqib, tushayotgan emishlar. 13 Zinapoyaning yonida Egamiz turgan emish. Egamiz Yoqubga shunday debdi:
— Men bobong Ibrohimning, otang Isʼhoqning Xudosi — Egangman. Hozir sen yotgan yer oʻzingniki boʻladi. Bu yerni senga va sening naslingga beraman. 14 Sening nasling yerning qumi singari son–sanoqsiz boʻladi. Ular gʻarbu sharqqa, shimolu janubga qarab yer yuziga yoyilib ketadilar. Yer yuzidagi hamma xalqlar sen va sening nasling orqali baraka topadi. 15 Shuni bilginki, Men sen bilan birgaman, qayerga bormagin, Men seni saqlayman. Shu yurtga seni yana qaytarib olib kelaman. Men seni hech qachon tark etmayman, bergan vaʼdalarimni oxirigacha bajaraman.
16 Yoqub uygʻonib ketdi va: “Haqiqatan ham Egamiz shu yerda ekan, men esa buni bilmabman”, dedi. 17 U qoʻrqib ketdi: “Bu joy Xudoning uyi ekan, samoga ochiladigan darvozaning oʻzi! Naqadar qoʻrqinchli–ya bu joy!” dedi.
18 Yoqub saharda turdi. Boshining ostiga qoʻygan toshni olib, yodgorlik qilib oʻrnatdi. Keyin yodgorlik toshining ustidan Xudoga atab zaytun moyi quydi. 19 Ilgari bu joyning nomi Luz edi. Yoqub esa bu joyga Baytil deb nom berdi. 20 Soʻng Yoqub quyidagicha qasam ichdi: “Agar Xudo men bilan birga boʻlsa, boradigan shu yoʻlimda meni asrasa, menga rizq–roʻzimni va kiyim bersa, 21 otamning xonadoniga eson–omon qaytarib olib kelsa, Egam mening Xudoyim boʻladi. 22 Men yodgorlik qilib oʻrnatgan shu tosh Xudoga sajda qiladigan joy boʻladi. Xudo menga bergan hamma narsaning oʻndan birini ushr qilib albatta beraman.”