28–BOB
Ruhoniylik liboslariga oid koʻrsatmalar
1 Isroil xalqi orasidan akang Horunni va u bilan birga uning oʻgʻillarini yoningga chaqir. Horun ham, uning oʻgʻillari Nadov, Abihu, Elazar, Itamar ham ruhoniy boʻlib Menga xizmat qilishsin. 2 Akang Horunni salobatli va koʻrkam qilish uchun unga muqaddas ruhoniylik liboslarini tiktir. 3-4 Men qobiliyat ato qilgan hamma mohir ustalarga ayt. Ular Horunga quyidagi ruhoniylik liboslarini tikishsin: koʻkrakpech, efod, rido, naqshli koʻylak, salla va belbogʻ. Horun Menga xizmat qilganda, bu liboslar uni muqaddas qilib boshqalardan ajratib turadi. Horun oʻgʻillari kiyishlari uchun ularga muqaddas liboslar tiktir, toki ular ruhoniy boʻlib Menga xizmat qilganlarida, bu liboslarni kiyishsin. 5 Ular bu liboslarni mayin zigʻir matosidan tikib, koʻk, safsar, qirmizi va zar iplar bilan bezatishsin.
Oliy ruhoniy uchun efod
6 Efodni mayin zigʻir matosidan yasatib, ustiga koʻk, safsar, qirmizi va zar iplardan nafis naqsh soldir. 7 U bir–biriga ikkita yelka bogʻichi bilan bogʻlangan old va orqa qismlardan iborat boʻlsin. 8 Kamar yasatib, uni efodga bogʻlat. Kamarni ham mayin zigʻir matosidan qildir. Unga koʻk, safsar, qirmizi va zar iplardan nafis naqsh soldir. 9-11 Keyin ikkita aqiq tosh olib, usta qimmatbaho toshga muhr oʻyadiganday, bu toshlarga Isroil oʻgʻillarining ismini oʻyib yozdir. Bitta toshga Isroil oʻgʻillaridan oltitasining ismini, ikkinchi toshga qolgan oltitasining ismini yoshi boʻyicha yozdir. Yozilgan toshlarni oltindan qilingan naqshli uyalar ichiga qoʻydirib, 12 efodning yelka bogʻichlariga oʻrnashtir. Horun Men, Egangizning huzuriga kirganda, Isroilning oʻn ikki qabilasini eslatib turish uchun ikkala yelkasida bu toshlarni olib yuradi. 13 Yana ikkita naqshli, oltin uya va 14 toza oltindan ipga oʻxshatib eshilgan ikkita zanjir yasat. Bu ikkala zanjirning bir uchi uyaga mahkamlanadi .
Oliy ruhoniy uchun koʻkrakpech
15 Oliy ruhoniy uchun koʻkrakpech yasat. U hukm qilayotganda, Xudoning xohishini bilish uchun mana shu koʻkrakpechdan foydalanadi . Koʻkrakpechni, efod singari, mayin zigʻir matosidan yasatib, ustiga koʻk, safsar, qirmizi va zar iplardan nafis naqsh soldir. 16 Koʻkrakpechni toʻrtburchak xalta shaklida, ikki buklangan, boʻyi bir qarich, eniga ham bir qarich qilib yasat. 17 Koʻkrakpechga toʻrt qator toshni toʻgʻri qilib terdir: qizil yoqut, xrizolit va zumrad toshlarni birinchi qatorga terdir. 18 Ikkinchi qatorga firuza, zangori yoqut va olmosni terdir. 19 Uchinchi qatorga lojuvard, agat va ametist toshlarni terdir. 20 Toʻrtinchi qatorga topaz, aqiq va yashma toshlarni terdir. Hamma toshlar oltindan qilingan naqshli uyalarga oʻrnashtirilsin. 21 Bu oʻn ikki tosh Isroilning oʻn ikki qabilasini eslatib turadi. Muhr oʻyganday qilib, Isroilning oʻn ikki oʻgʻlidan har birining ismini bu toshlarning har biriga oʻyib yozdir.
22-23 Ikkita oltin halqa yasatib, koʻkrakpechning ikkala ustki burchaklariga mahkamlat. Toza oltindan ipga oʻxshatib eshilgan ikkita zanjirni ol . 24 Ikkala zanjirning bir uchini koʻkrakpechdagi halqalarga bogʻlat, 25 ikkinchi uchini naqshli oltin uyalarga mahkamlat . Uyalarni efodning old tomonidagi yelka bogʻichlariga oʻrnashtir. 26-27 Yana oltindan toʻrtta halqa yasat. Ikkitasini koʻkrakpechning ostki burchaklariga — efodga yaqin boʻlgan ichki qirgʻogʻiga mahkamlat. Ikkitasini efodning old tomoniga, ikkala yelka bogʻichining pastiga — naqshli kamar ustidagi joyga mahkamlat. 28 Koʻkrakpech efodning naqshli kamari ustida boʻlsin, efoddan osilib turmasligi uchun koʻkrakpech halqalari yordamida efodning halqalariga koʻk bogʻich bilan mahkamlanadi.
29 Horun har safar Muqaddas xonaga kirganda koʻkrakpechdagi oʻn ikki Isroil qabilasining ismi uning yuragi tepasida boʻladi. Shunday qilib, Horun Men, Egangizning huzurida boʻlganda, koʻkrakpech doimo Menga Isroil qabilalarini eslatib turadi. 30 Urim va Tummimni koʻkrakpech xaltasining ichiga sol, toki Horun Mening huzurimga kirganda, xalqim uchun Mening xohishimni bilgani foydalaniladigan oʻsha narsalarni doimo yuragi tepasida koʻtarib yursin.
Boshqa ruhoniylik liboslari
31 Efodning ridosini koʻk ipdan toʻqilgan matodan tiktir. 32 Ridoning oʻrtasidan bosh sigʻadigan teshik qildir. Rido yirtilib ketmasligi uchun teshikning chetini toʻqit. 33-34 Rido etagining uchiga aylanasi boʻylab anor shaklini va qoʻngʻiroqchalarni birin–ketin qilib bittama–bitta ostirib chiq. Anor shaklini koʻk, safsar va qirmizi iplardan qildir. Oltin qoʻngʻiroqchalarni anor shakli oralariga ostir. 35 Men, Egangizning huzurida Horun oliy ruhoniy boʻlib xizmat qilganda, shu ridoni kiyishi kerak. U Muqaddas xonaga kirganda va u yerda boʻlganda, ridoning qoʻngʻiroqchalari chalinadi, shunda Horun xavf–xatardan yiroq boʻlib, oʻlmaydi.
36 Keyin toza oltindan lavha yasat. Lavhaning yuzasiga muhr oʻyganday qilib, «Egamizga bagʻishlangan», deb oʻyib yozdir. 37 Lavhani koʻk bogʻich bilan sallaning old tomoniga mahkamlat. 38 Isroil xalqining ehsonlari Menga qabul boʻlishi uchun Horun doimo oʻz ruhoniylik vazifasini bajarganda, lavhani peshanasida olib yursin. Isroil xalqi nazr qilganda, Horunning nazrlarga oid gunohni yuvish vazifasining ramzi shu lavha boʻladi.
39 Horunning koʻylagini va sallasini mayin zigʻir matosidan qildir, koʻylagiga naqsh soldir. Yana belbogʻini qildir, uni ham naqsh bilan bezat. 40 Horunning oʻgʻillarini salobatli va koʻrkam qilish uchun ularga koʻylaklar, belbogʻlar, peshanabogʻlar tiktir. 41 Akang Horun va uning oʻgʻillari ruhoniy boʻlib Menga xizmat qilishlari uchun ularni bagʻishla: bu liboslarni ularga kiygizib, moy surt, ularni ruhoniy qilib tayinla.
42 Tananing ochiq joylari koʻrinib qolmasin deb, yana ularga zigʻir matosidan ishtonlar tiktir. Kiyimlar ularning belidan sonigacha yopib tursin. 43 Horun va uning oʻgʻillari Uchrashuv chodiriga kirganlarida yoki Muqaddas xonada xizmat qilish uchun qurbongohga yaqinlashganlarida, shu ichki kiyimlarni kiyib olsin. Shunda Horun va uning oʻgʻillari ochiq joylarini berkitmagani uchun aybdor boʻlib oʻldirilmaydi. Horun va uning nasliga doimiy qonun–qoida ana shudir.