4–BOB
Tavbaga daʼvat
1 Egamiz shunday demoqda:
“Ey Isroil, qani endi qaytsang,
Qani endi, Menga qaytib kelsang!
Huzurimdan jirkanch butlaringni uloqtirib tashlasang,
Qani endi, Mening yoʻlimdan ozmay yursang.
2 Qani endi, haqiqat, adolat va toʻgʻrilik ila
«Egamiz shohid!» deya qasam ichsang.
Shunda xalqlar Men orqali baraka topadi,
Ular Men bilan faxrlanadi.”
3 Egamiz Yahudo xalqiga va Quddus aholisiga shunday deb aytmoqda:
“Yeringizni shudgor qiling,
Tikanlar orasiga urugʻ sepmang.
4 Ey Yahudo xalqi va Quddus aholisi,
Oʻzingizni Men, Egangizga bagʻishlang,
Yuragingizni sunnat qiling .
Aks holda, yovuz qilmishingiz uchun
Alangali gʻazabimni ustingizga yogʻdiraman.
Bu gʻazabimni hech kim soʻndira olmaydi.
Yahudo xalqi boshiga keladigan falokatlar
5 Yahudoda eʼlon qiling, Quddusda jar soling:
«Butun yurt boʻylab burgʻu chalinsin.»
Baland ovozda hayqiring: «Qani, toʻplaninglar!
Mustahkam shaharlarga qochib boraylik!»
6 Quddusga qochib borish uchun ishora bering,
Imillamay, tezroq qoching!
Men shimoldan kulfat keltirmoqdaman,
Dahshatli halokat olib kelmoqdaman.
7 Ana, xalqlarni halok etuvchi yoʻlga tushdi,
U sher kabi chakalakzordan chiqdi.
Yurtingizni xarob qilgani uyasini tashlab keldi.
Evoh, endi shaharlaringiz vayron boʻladi,
Hammasi huvullab qoladi.
8 Marsiya aytib, faryod qilinglar,
Qanorga oʻranib olinglar .
Axir, Egangizning alangali gʻazabi
Sizni chetlab oʻtmadi.”
9 Egamiz shunday demoqda: “Oʻsha kuni shoh bilan aʼyonlarning yuragi orqaga tortib ketadi. Ruhoniylar bilan paygʻambarlar dahshatga tushadi.” 10 Shunda men dedim: “Yo Egam Rabbiy, Sen Quddus aholisini yomon laqillatding! Qilich ularning boʻgʻzida turgan bir paytda, Sen ularga tinchlik vaʼda qilding.”
11 Oʻsha payt kelganda Egamiz Quddus aholisiga shunday deb aytadi: “Sahrodagi yalang qirlardan chiqqan garmsel xalqim tomon esmoqda. U donni xashakdan tozalaydigan mayin shabada emas, 12 balki Men yuborgan kuchli bir garmseldir. Men sizlarga qarshi Oʻz hukmimni eʼlon qilmoqdaman.”
Yahudo dushmanlar qurshovida
13 Qarang! Dushman bulutday koʻtarilmoqda.
Ularning jang aravalari quyun kabidir,
Otlari burgutdan ham chaqqondir.
Evoh, shoʻrimiz qursin! Xonavayron boʻldik!
14 Ey Quddus, najot topishing uchun yuragingni pokla.
Qachongacha yuragingda yovuz niyat saqlaysan?!
15 Ana, Dan shahridan xabarchining ovozi eshitilmoqda,
Efrayim qirlaridan bir shum xabar kelmoqda.
16 Egamiz shunday deydi:
“Xalqlarga buni aytinglar,
Quddusda shunday eʼlon qilinglar:
«Olis yurtdan bosqinchilar kelmoqda,
Ular Yahudo shaharlariga qarshi hayqirmoqda.
17 Bosqinchilar dala qoʻriqchilariga oʻxshab,
Quddusni qurshab olishadi.»
Zotan, Quddus ahli Menga qarshi bosh koʻtardi,
— deb aytmoqda Egamiz. —
18 Tutgan yoʻlingiz, qilgan qilmishingiz dastidan
Bu kulfat boshingizga keldi–ku!
Jazoingiz shudir.
Oh, naqadar achchiq boʻlmasa bu kulfat!
Naqadar yurakni ezadi–ya!”
Yeremiyo oʻz xalqi uchun qaygʻuradi
19 Voy jonim, adoyi tamom boʻldim!
Voy yuragim! Qinidan chiqquday boʻlyapti!
Sukut saqlab tura olmayman,
Eshityapman burgʻu sadolarini,
Eshityapman urushga daʼvatlarni.
20 Kulfat ketidan kulfat keldi,
Butun yurt xonavayron boʻldi.
Bir zumda chodirlarim buzilib ketdi,
Maskanim pardalari yoʻq boʻldi.
21 Qachongacha yov bayrogʻi koʻzim oldida hilpirab turaveradi?!
Qachongacha burgʻu ovozi qulogʻimga chalinaveradi?!
22 Egamiz shunday javob berdi:
“Axir, Mening xalqim befarosat,
Ular Meni tanishmaydi.
Ular nodon, aqlsiz farzandlardir.
Yomonlik qilishga usta,
Yaxshilik qilish esa qoʻllaridan kelmaydi.”
Kelayotgan kulfat haqidagi vahiy
23 Men yerga qaradim, yer ayqash–uyqash edi,
Koʻzimni osmonga tikdim, osmonda nur koʻrinmasdi.
24 Togʻlarga qaradim, togʻlar silkinayotgan edi,
Hamma qirlar larzaga kelgan edi.
25 Qaradim, ammo inson zoti koʻrinmadi,
Hatto koʻkdagi qushlar ham uchib ketgan edi.
26 Qaradim, hosildor yerlar choʻlga aylangan edi,
Hamma shaharlar vayron boʻlgan edi.
Bunga sabab Egamizning qattiq qahri edi.
27 Zero, Egamiz shunday degan edi:
“Butun yurt vayron boʻladi,
Lekin yurtni butunlay yoʻq qilib yubormayman.
28 Butun dunyo aza tutadi,
Osmon ham qop–qora boʻlib ketadi.
Buni Men aytdim, shaxtimdan qaytmayman.
Qaror qildim, qarorimni oʻzgartirmayman.”
29 Otliq va kamonkashlar hayqirigʻidan
Har bir shahar aholisi qochib qoladi.
Ular chakalakzorlar oralab yugurishadi,
Qoyalarga chiqib, oralariga yashirinib olishadi.
Hamma shaharlar huvullab qoladi,
U yerlarda yashaydigan odam boʻlmaydi.
30 Sen esa, ey xarobazorga aylangan shahar,
Nega ustingga qirmizi libos kiyib olding,
Oltin taqinchoqlar bilan bezanding?
Nega koʻzlaringni boʻyab olding?
Bekorga bezanib olibsan!
Oʻynashlaring sendan nafratlanadi,
Joningga qasd qilmoqchi ular.
31 Ana, kimdir toʻlgʻoq tutgan ayolday baqirmoqda,
Kimdir ilk bor tugʻayotgan ayolday ingramoqda.
Qiz Quddus entikib qichqirmoqda,
Qoʻllarini choʻzib shunday demoqda:
“Shoʻrim qursin! Qotillarim oldida madorim qolmadi.”