3–BOB
Biz uchun ibodat qilinglar
1 Ey birodarlar, xatimiz ham nihoyasiga yetib qoldi. Biz uchun ibodat qilinglar, xuddi sizlarning orangizda boʻlgani kabi, Rabbimiz Iso haqidagi Xushxabar tarqalaversin va izzat–hurmat bilan qabul qilinsin. 2 Xudo bizni yomon va yovuz odamlardan qutqarishi uchun ham ibodat qilinglar, chunki hamma ham imonli emas. 3 Ammo Rabbimiz Iso sadoqatlidir. U sizlarni kuchga toʻldirib, yovuz shaytondan himoya qiladi. 4 Siz haqingizda Rabbimiz bizda ishonch hosil qildi. Biz aminmizki, buyurganlarimizni bajaryapsizlar va bajarishda davom etasizlar. 5 Rabbimiz Iso Masih yuraklaringizni Unga sodiq boʻlishga va Xudoni sevishga yoʻnaltirsin.
Ishlagan tishlaydi
6 Birodarlar, Rabbimiz Iso Masih nomi bilan sizlarga buyuramiz: dangasalik qilayotgan, biz bergan taʼlimotlarga koʻra yashamayotgan birodarlardan uzoqroq yuring. 7 Bizdan qanday oʻrnak olishingiz kerakligini oʻzingiz bilasiz. Sizlarning orangizda boʻlganimizda dangasalik qilmadik. 8 Birovning nonini bekorga yemadik. Aksincha, boshqalarga ogʻirligimiz tushmasin deb, kechayu kunduz ishladik. Mashaqqat bilan mehnat qildik. 9 Albatta, sizlardan biror narsa talab qilishga haqimiz yoʻqligi uchun emas, balki sizlarga namuna boʻlish uchun shunday qildik. 10 Axir, sizlar bilan boʻlganimizda: “Ishlamagan tishlamaydi!” deb aytgan edik–ku!
11 Eshitishimizcha, baʼzi birlaringiz yalqovlik qilayotgan ekansiz. Boshqalarning ishlariga aralashishdan boshqa narsani bilmas emishsiz. 12 Mana shunday odamlarga Iso Masih nomi bilan buyurib aytamizki, tinchgina oʻz ishlaringiz bilan mashgʻul boʻling, nonni peshana teringiz bilan topib yeng. 13 Sizlar esa, birodarlar, hech qachon yaxshilik qilishdan charchamanglar.
14 Ushbu xatimizdagi yoʻl–yoʻriqlarga quloq solmaganlarni koʻz ostingizga olib qoʻying. Bunday odamlarni uyaltirish uchun ular bilan aloqada boʻlmang. 15 Ularni dushman hisoblamang, balki birodar sifatida ogohlantiring.
Xotima
16 Tinchlik manbai boʻlgan Rabbimiz Isoning Oʻzi sizlarga har doim va har yoʻsinda tinchlik bersin. Rabbimiz hammangizga yor boʻlsin.
17 Men, Pavlus, mana shu maktubning yakunini oʻz qoʻlim bilan yozyapman . Har bir yozgan maktubimning oʻziga xos belgisi shudir. 18 Rabbimiz Iso Masihning inoyati hammangizga yor boʻlsin!