1–BOB
Salom
1 Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi boʻlgan men — Pavlus hamda birodarim Timoʻtiydan 2 Kolosa shahridagi Xudoning azizlari, Masihga tegishli boʻlgan sodiq birodarlarimizga salom! 3 Otamiz Xudo sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin!
Shukrona ibodati
Sizlar uchun ibodat qilganimizda biz har doim Xudoga, Rabbimiz Iso Masihning Otasiga shukur aytamiz. 4 Chunki Iso Masihga boʻlgan imoningiz va Xudoning barcha azizlariga koʻrsatayotgan sevgingiz haqida biz eshitdik. 5-6 Xudo sizlar uchun jannatda shodlik tayyorlab qoʻyganiga umid bogʻladingiz. Xushxabar, yaʼni haqiqat soʻzi sizlarga yetib kelganda mana shu umid haqida eshitdingiz. Imoningiz va sevgingiz bu umidingizga asoslangan. Xushxabar butun dunyo boʻylab samara keltirib, yoyilmoqda. Xushxabarni eshitib, Xudo inoyatining haqiqiy maʼnosini tushunib yetgan kuningizdan beri sizlarning orangizda ham Xushxabar samara bermoqda. 7 Sizlar bu Xushxabarni bizning aziz hamkorimiz Epafrasdan eshitdingiz. U sizlar uchun sadoqat bilan Masihga xizmat qilyapti. 8 Muqaddas Ruh sizlarga ato qilgan mehr–muhabbat haqida u bizga aytib berdi.
9 Shu sababdan sizlar haqingizda eshitgan kunimizdan beri sizlar uchun ibodat qilishni kanda qilmayapmiz. Xudoning Ruhi beradigan donolik va aql–idrok orqali Uning irodasini toʻliq anglab yeting, deb ibodat qilyapmiz. 10 Shunda sizlar Rabbimiz Isoga munosib hayot kechirib, har jihatdan Uni xursand qilasizlar. Qilgan har bir yaxshiligingiz samara keltiradi va sizlar Xudoni yanada chuqurroq tushunib bilasizlar. 11-12 Xudo Oʻzining buyuk qudrati bilan sizlarni kuch–quvvatga toʻldirib, har qanday vaziyatda sizlarga sabr–toqat va bardosh bersin. Xudo Oʻzining aziz xalqiga vaʼda qilgan nurdan bahramand boʻlishni sizlarga loyiq koʻrgani uchun quvonch bilan osmondagi Otamizga shukrona ayting. 13 U bizni zulmat hukmronligidan qutqarib, sevikli Oʻgʻlining Shohligiga qabul qildi. 14 Oʻz Oʻgʻli orqali bizni kechirib, gunohlarimizdan ozod qildi.
15 Koʻrinmas Xudoning surati Masihdir,
U butun borliqning toʻngʻichidir .
16 Xudo butun borliqni Masih orqali yaratgan.
Yeru koʻkdagi bor mavjudot,
Koʻrinadigan va koʻrinmaydigan har bir narsa,
Gʻayritabiiy kuchlar, taxtu saltanatlar,
Bularning hammasi Masih orqali,
Uning Oʻzi uchun yaratilgandir.
17 Masih butun borliqdan oldin mavjud edi,
Butun borliq U tufayli mustahkam turibdi.
18 Masih jamoatning boshidir,
Jamoat Masihning tanasidir.
Hamma narsaning ibtidosi Masihdir,
U hammadan ustun boʻlishi uchun
Birinchi boʻlib oʻlikdan tiriltirilgan.
19 Xudo Oʻz komilligini
Isoda jo qilishni maʼqul koʻrdi.
20 Yeru koʻkdagi borliq mavjudotni
Masih orqali Xudo Oʻzi bilan yarashtirib,
Masihning xochda toʻkilgan qoni orqali
Ular bilan tinchlik oʻrnatdi.
21 Sizlar ham bir vaqtlar Xudoga dushman edingizlar. Fikru zikringiz Xudodan uzoq boʻlib, yomon ishlar qilardingizlar. 22 Masihning jismoniy tanadagi oʻlimi orqali Xudo sizlarni Oʻzi bilan yarashtirdi. Endi sizlar Xudoning oldida muqaddas, benuqson va aybsiz turasizlar. 23 Shunday ekan, hech ikkilanmay, imoningizda mahkam turishingiz kerak. Sizlar Xushxabarni eshitib, umidga ega boʻldingiz. Oʻsha umidingizni yoʻqotmang. Bu Xushxabar yer yuzidagi butun jonzotga eʼlon qilindi. Men — Pavlus oʻsha Xushxabarning xizmatchisiman.
Pavlus — jamoat xizmatkori
24 Men sizlar uchun azob chekayotganimdan xursandman. Axir, men Masih tanasi, yaʼni jamoat uchun azob chekyapman. Shunday qilib, mening azoblarim Masih chekkan azoblarga qoʻshiladi. 25 Xudoning xabarini sizlarga toʻliq eʼlon qilishim uchun U meni jamoatning xizmatchisi qilib tayinladi. 26 Bu Xushxabar asrlaru nasllar davomida sir tutilgan edi, endi esa u Xudoning azizlariga oshkor qilindi. 27 Xudo barcha xalqlar ham Masih orqali boy ulugʻvorlikka yetishishlarini hammamizga koʻrsatishni istadi. Bu sirning mohiyati shudir: Masih, yaʼni ulugʻvorlikka yetishish umidi sizlarning orangizdadir. 28 Har biringiz Masih tanasining yetuk aʼzosi sifatida Xudoning oldida turishingizni istaymiz. Shuning uchun biz hammani ogohlantirib, donolik bilan taʼlim berib, Masih haqida oʻrgatyapmiz. 29 Men ham ana shu maqsadda jon–jahdim bilan xizmat qilar ekanman, menga kuchli taʼsir qilayotgan Masihning qudratiga suyanaman.