6–BOB
1 Ey farzandlar, Rabbimiz Isoga tegishli boʻlganingiz uchun ota–onangizga itoat qilinglar, chunki shunday qilish toʻgʻridir. 2-3 Axir, Xudo shunday amr qilgan: “Ota–onangizni hurmat qiling. Oʻshanda yer yuzida umringiz uzoq boʻlib, baxtiyor yashaysiz.” Vaʼda qoʻshib berilgan birinchi amr oʻsha amrdir. 4 Ey otalar, farzandlaringizning gʻashiga tegmang. Ularni Rabbimizning taʼlim–tarbiyasi bilan oʻstiring.
5 Ey qullar, Masihga chuqur izzat–ehtirom bilan, chin yurakdan itoat qilganingiz kabi, xoʻjayinlaringizga ham shunday itoat qilinglar. 6 Faqatgina insonlarni mamnun qilib, xoʻja koʻrsinga xizmat qiladigan odamlarga oʻxshamasdan, Masihning qullari kabi, chin koʻngildan Xudoning irodasini bajaringlar. 7 Insonlarga emas, balki Rabbimiz Isoga xizmat qilayotgandek, bajonu dil xizmat qilinglar. 8 Esingizda tuting: xoh qul, xoh erkin boʻlsin, har bir kishi qilgan yaxshiligiga yarasha mukofotni Rabbimizdan oladi.
9 Ey xoʻjayinlar, sizlar ham qullaringizga yaxshi muomalada boʻlinglar. Ularga doʻq–poʻpisa qilishni bas qilinglar, chunki bilasizlar–ku, ularning ham, sizlarning ham Xoʻjayiningiz samoda, U tarafkashlik qilmaydi.
Yovuzlikka qarshi kurash
10 Va nihoyat, Rabbimiz Iso sizning qudrat manbaingiz boʻlsin, Uning buyuk qudrati sizlarni baquvvat qilsin. 11 Iblisning hiylalariga qarshi tura olishingiz uchun Xudo bergan barcha qurol–aslahalar bilan qurollaning. 12 Axir, bizning kurashimiz insonlarga qarshi emas, balki samoviy olamdagi yovuz ruhiy kuchlarga, ruhiy hokimiyat va hukmronlikka hamda bu qorongʻi dunyoni boshqarayotgan ruhiy hukmronlarga qarshidir. 13 Shu sababdan, Xudoning qurol–aslahalari bilan qurollaning, deb aytyapman. Shunda yovuzlikka toʻla kunlarda mahkam tura olasiz, qurollanib tayyor turgan boʻlasiz.
14 Hushyor turinglar! Belingizga haqiqat kamarini taqinglar, koʻksingizga solihlik sovutini kiyinglar, 15 tinchlik Xushxabarini yoyish uchun oyogʻingizga ildamlik poyabzalini kiyinglar. 16 Bularga qoʻshib, imon qalqonini qoʻlga olinglar. Shu qalqon bilan yovuz shaytonning hamma alangali oʻqlarini kuchdan qoldirasizlar. 17 Shuningdek, boshingizga najot dubulgʻasini kiyinglar, Ruh beradigan, Xudoning kalomi boʻlgan qilichni koʻtaringlar.
18 Har qanday sharoitda Muqaddas Ruhga tayanib duo–ibodat qilinglar. Ibodatda hushyor va sabotli boʻlib, Xudoning barcha azizlari uchun iltijo qilinglar. 19 Men uchun ham ibodat qilinglar. Men ogʻzimni ochganimda, zarur boʻlgan soʻz menga berilsin, toki qoʻrqmasdan Xushxabar sirini bayon eta olayin. 20 Shu Xushxabarning elchisi boʻlganim uchun hibsdaman . Elchiga loyiq ravishda men Xushxabarni jasurlik bilan eʼlon qilishim uchun ibodat qilinglar.
Soʻnggi tilaklar
21 Tixikus sizlarga mening hol–ahvolimni, nimalar qilayotganimni aytib beradi. U suyukli birodarimiz, Rabbimiz Isoning sodiq xizmatkoridir. 22 Mana shu maqsadda, bizning ahvolimizni sizlarga bildirsin, sizlarga dalda bersin deb, uni sizlarning oldingizga yuboryapman.
23 Birodarlarim, Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga tinchlik, mehr–muhabbat va imon ato qilsin. 24 Rabbimiz Iso Masihni yaxshi koʻrganlarning hammasiga to abad Xudoning inoyati yor boʻlsin .