34–BOB
Kanʼon yurtining chegaralari
1 Egamiz Musoga dedi:
2 — Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Kanʼon yurtiga kirib borganingizdan keyin, sizlarga mulk qilib beriladigan bu yurt quyidagicha chegaralanadi:

3 Yurtingizning janubiy qismi Zin choʻlidan Edom yurti boʻylab choʻziladi. Janubiy chegarangiz sharq tomonda Oʻlik dengizning janubiy qirgʻogʻidan boshlanib, 4 Chayonlar dovonidan oʻtadi va janubga — Zin choʻli tomonga choʻziladi. Chegarangizning eng janubiy nuqtasi Kadesh–Barna boʻladi. U yerdan chegara Xazor–Adargacha borib, Ozmon orqali oʻtadi. 5 Soʻng burilib, Misr chegarasidagi irmoq boʻylab Oʻrta yer dengiziga borib taqaladi.
6 Oʻrta yer dengizining qirgʻogʻi gʻarbiy chegarangizni tashkil qiladi.
7 Shimoliy chegarangiz esa Oʻrta yer dengizidan sharqqa, Xoʻr togʻiga tomon choʻziladi. 8 Xoʻr togʻidan Levo–Xomatgacha boradi, soʻng Zadoddan oʻtib, 9 Zifroʻnga choʻzilib boradi va Xazor–Enanda toʻxtaydi. Bu sizning shimoliy chegarangiz boʻladi.
10 Sharqiy chegarangiz shimoldagi Xazor–Enandan boshlanib, janub tomon Shafomga boradi, 11 soʻng yana janubga choʻzilib, Oyinning sharq tomonidagi Rivlodan oʻtadi va Jalila koʻlining sharq tomonidagi qirlar boʻylab boradi. 12 Soʻng chegara Iordan daryosi boʻylab janubga choʻzilib, Oʻlik dengizga borib toʻxtaydi.

Har tomondan chegaralangan mana shu yerlar sizlarning yurtingiz boʻladi.”
13 Shundan soʻng Muso Isroil xalqiga buyurdi:
— Bu yurtni qurʼa tashlab , boʻlib olinglar. Egamiz bu yurtni toʻqqizta qabilaga va bir qabilaning yarmiga boʻlib berishni amr etgan. 14-15 Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi xonadonlari boʻyicha Yerixo shahrining roʻparasidagi Iordanning sharq tomonidan oʻzlariga tegishli mulkni olganlar.
Yurtning taqsimlanishiga javobgar yoʻlboshchilar
16 Egamiz Musoga yana aytdi: 17 “Ruhoniy Elazar va Nun oʻgʻli Yoshua yurtni Isroil xalqiga boʻlib berishsin. 18 Har bir qabiladan bittadan yoʻlboshchini ularga yordamchi qilib tayinlanglar. 19 Oʻsha odamlarning ismlari quyidagichadir:

Yahudo qabilasidan — Yafunax oʻgʻli Xolib.
20 Shimoʻn qabilasidan — Omihud oʻgʻli Shomuil.
21 Benyamin qabilasidan — Xislon oʻgʻli Elidod.
22 Dan qabilasidan — Yoxli oʻgʻli Bukki.
23 Yusuf oʻgʻli Manashe qabilasidan — Efoʻd oʻgʻli Xanniyol.
24 Efrayim qabilasidan — Shifton oʻgʻli Kamuvol.
25 Zabulun qabilasidan — Parnoʻx oʻgʻli Elizofon.
26 Issaxor qabilasidan — Ozzon oʻgʻli Paltiyol.
27 Osher qabilasidan — Shalumi oʻgʻli Oxixud.
28 Naftali qabilasidan — Omihud oʻgʻli Padahiyol.”

29 Egamiz ana shu odamlarga, Isroil xalqiga Kanʼon yurtini mulk qilib boʻlib beringlar, deb amr bergan edi.