2–BOB
Pavlus bayon etgan xabarning asosi
1 Ey birodarlar, men sizlarga Xudoning sirli rejasini eʼlon qilishga borganimda, soʻzamollik va insoniy donolik bilan gapirmadim. 2 Orangizda boʻlganimda, Iso Masih va Uning xochga mixlanganidan boshqa hech narsa haqida gapirmaslikka qaror qildim. 3 Oldingizga zaifligu qoʻrquv hissi bilan titrab bordim. 4 Men sizlarga Xushxabar aytib, vaʼz qilganimda, donolik qilib ishontirishga urinmadim, balki Xudoning Ruhi va qudratiga asoslandim, 5 toki sizlarning imoningiz inson donoligiga emas, balki Xudoning qudratiga asoslansin.
Xudoning donoligi
6 Biz yetkazgan xabarni ruhan yetuk insonlar hikmatu donolik deb tan oladilar. Ammo bizning donoligimiz bu dunyoga yoki bu dunyoning oʻtib ketadigan hukmronlariga munosib boʻlgan donolik emas. 7 Biz Xudoning pinhon tutilgan sirli donoligi haqida gapiramiz. Bu donoligi bilan Xudo dunyo bino boʻlishidan avvalroq biz uchun najot rejasini tayyorlab qoʻygan edi. Uning maqsadi bizni Oʻz ulugʻvorligidan bahramand qilish edi. 8 Bu dunyoning hukmronlari Xudoning donoligini tushunmadilar. Tushunganlarida edi, ulugʻvor Rabbimiz Isoni xochga mixlamagan boʻlardilar. 9 Biz Muqaddas bitiklarda yozilgan sirli reja haqida gapiryapmiz:
“Hech bir koʻz koʻrmagan, hech bir quloq eshitmagan,
Inson aqli bovar qilmagan ajoyibotlarni
Xudo Oʻzini sevganlar uchun tayyorlab qoʻygan.”
10 Bizlarga esa Xudo bularni Oʻzining Ruhi orqali oshkor qildi. Chunki Muqaddas Ruh hamma narsadan, hatto Xudoning chuqur oʻy–fikrlaridan ham ogohdir. 11 Insonning oʻy–fikrlarini uning ichidagi oʻz ruhidan boshqa yana kim biladi?! Xuddi shu singari, Xudoning oʻy–fikrlarini Xudoning Ruhidan boshqa hech kim bilmaydi. 12 Biz Xudoning Ruhini qabul qildik, endi dunyoviy odamlar kabi oʻy–fikr qilmaymiz. Shuning uchun Xudo bizga nima ato qilganini aniq tushuna olamiz. 13 Biz bular haqida gapirganimizda insoniy donolik bilan gapirmaymiz, balki Muqaddas Ruh oʻrgatayotgan soʻzlar bilan ruhiy haqiqatni talqin qilamiz .
14 Qalbida Xudoning Ruhi boʻlmagan insonlar Xudoning Ruhi oʻrgatgan haqiqatni rad qiladilar. Ular uchun bu haqiqat tentaklikday tuyuladi, bu haqiqatni ular tushuna olmaydilar. Zero, bu haqiqatni faqatgina Xudoning Ruhi yordami bilan tushunsa boʻladi. 15 Qalbida Xudoning Ruhi boʻlgan inson hamma narsaga baho bera oladi, ammo boshqalar u odamga baho berishga ojiz. 16 “Axir, kim Rabbimizning fikr–zikrini anglab yetibdiki, Unga yoʻl–yoʻriq koʻrsatsa?!” Biz esa Masihday fikrlay olamiz.