2–BOB
Egamizning farishtasi Boximda
1 Egamizning farishtasi Gilgaldan Boximga kelib shunday dedi:
— Men sizlarni Misrdan olib chiqdim. Ont ichib, ota–bobolaringizga beraman degan yurtga sizlarni olib kirdim. Men: “Sizlar bilan tuzgan ahdimni hech qachon buzmayman”, degan edim. 2 Sizlarga: “Bu yurt xalqlari bilan ahdlashmanglar, ularning qurbongohlarini vayron qilinglar”, deb aytmaganmidim?! Lekin sizlar amrimga itoat qilmay, teskarisini qildingizlar. 3 Bunday qilganingiz uchun yurtingizda yashab yurgan bu xalqlarni Men endi haydab chiqarmayman. Ular sizlarga dushman boʻlib , ularning xudolari sizlarga tuzoq boʻladi.
4 Egamizning farishtasi bu soʻzlarni aytgach, butun Isroil xalqi faryod koʻtardi. 5 Shunday qilib, ular oʻsha yerni Boxim deb atadilar va Egamizga qurbonliklar keltirdilar.
Yoshua vafot etadi
6 Yoshua Isroil xalqini tarqatib yuborgandan soʻng, har bir odam oʻziga tushgan yerni mulk qilib olish uchun yoʻlga tushgandi. 7 Yoshua davrida xalq Egamizga xizmat qilar edi. Ular Yoshuaning oʻlimidan soʻng, Egamiz Isroil uchun qilgan buyuk ishlarini koʻrgan oqsoqollar davrida ham Egamizga itoat qilishar edi. 8 Egamizning quli Nun oʻgʻli Yoshua 110 yoshida olamdan oʻtdi. 9 Uni Gash togʻining shimolida joylashgan Efrayim qirlaridagi Timnat–Seraxda , oʻzi ulush qilib olgan yerda dafn qilishdi. 10 Butun keksa avlod ham olamdan oʻtdi. Isroil xalqining yosh avlodi esa Egamizni tan olmadi, Uning Isroil xalqi uchun qilgan buyuk ishlarini bilmadi.
Isroil xalqi Egamizga sajda qilmay qoʻyadi
11 Isroil xalqi Egamizning oldida qabihliklar qildi, ular Baal degan xudoning tasvirlariga sigʻina boshlashdi. 12 Egamiz ularni Misrdan olib chiqqan boʻlsa–da, ular ota–bobolarining Xudosidan yuz oʻgirishdi. Boshqa xudolarga — yon–atrofda yashovchi xalqlarning xudolariga ergashishdi. Ularga sajda qilib, Egamizning qahrini keltirishdi. 13 Isroil xalqi Egamizdan yuz oʻgirib, Baalga va Ashtaretning tasvirlariga sajda qilayotgan edi. 14 Bundan gʻazablangan Egamiz ularni bosqinchilar qoʻliga berib, talon–taroj qildirdi va yon–atrofdagi gʻanimlarga taslim qildi. Bundan buyon Isroil xalqi dushmanlariga qarshilik koʻrsata olmas edi. 15 Isroil xalqi qayerda jang qilmasin, Egamiz ogohlantirganidek, ularning boshlariga falokat keltirish uchun har safar ularga qarshi Oʻzi chiqar edi. Isroil xalqi ogʻir ahvolda qolgan edi.
16 Egamiz ularni bosqinchilar qoʻlidan ozod qilish uchun hakamlarni yubordi. 17 Lekin ular hatto hakamlariga quloq solmadilar. Egamizga bevafolik qilib, boshqa xudolarga sajda qilaverdilar. Ular Egamizning amrlariga itoat qilgan ota–bobolariga oʻxshamay, tez orada ajdodlari yurgan haq yoʻldan ozdilar. 18 Egamiz ularga hakam yuborar ekan, har bir hakam bilan Oʻzi boʻlar edi, oʻsha hakam davrida xalqini dushmanlardan xalos qilardi. Chunki zolim va zoʻravonlarning dastidan noligan xalqqa Egamizning rahmi kelar edi. 19 Ammo hakam olamdan koʻz yumgach, ular yana eski qilmishlariga qaytishar edi. Ota–bobolaridan ham battar gunohlar qilib, boshqa xudolarga sajda qilishar, ularga sigʻinishar edi. Bu odatlarining birontasini ham qoldirmay, qilmishlarini oʻjarlik bilan davom ettirishar edi. 20 Isroil xalqidan qattiq gʻazablangan Egamiz shunday dedi: “Bu odamlar gapimga kirmay, Men ota–bobolari bilan tuzgan ahdimni buzdilar! 21 Shuning uchun Men ularning oralarida Yoshuaning oʻlimidan keyin qolib ketgan begona xalqlarning birontasini ham ularning huzuridan haydab chiqarmayman.” 22 Isroil xalqi ota–bobolari singari Egamizning yoʻlidan yurish–yurmasligini koʻrish uchun, 23 Egamiz bu xalqlarni Yoshuaga taslim qilmagan edi. Ularning hammasini birdaniga haydab chiqarmay, yurtda qolishlariga ijozat bergan edi.