11–BOB
Muso oxirgi falokatni firʼavnga ayon qiladi
1 Egamiz Musoga aytgandi : “Men firʼavnning boshiga ham, Misr yurtiga ham yana bitta falokat yuboraman, oʻshandan keyingina bu yerdan ketishingizga u sizlarga ijozat beradi. Bu yurtdan oʻzi sizlarni hatto haydab chiqaradi. 2 Endi Isroil xalqiga ayt: hamma erkagu ayol Misrlik qoʻshnisidan oltin, kumush taqinchoqlar soʻrab olsin.” 3 Egamiz Misrliklarni shunday qildiki, ular Isroil xalqiga iltifot koʻrsatdilar. Musoni ham Misr yurtida, firʼavnning aʼyonlari, Misr xalqi koʻz oldida gʻoyat ulugʻ qilgan edi.
4 Shunda Muso firʼavnga dedi:
— Egamiz shunday aytmoqda: “Tun yarmida Misr boʻylab yuraman. 5 Shunda Misrdagi hamma toʻngʻich oʻgʻillar — taxtda oʻtirgan firʼavnning toʻngʻichidan tortib, qoʻl tegirmonida oʻtirib ishlayotgan choʻri xotinning toʻngʻich oʻgʻligacha nobud boʻladi. Hatto chorvaning birinchi erkak bolasigacha nobud boʻladi. 6 Butun Misr boʻylab qattiq faryod koʻtariladi. Bunaqa voqea ilgari boʻlmagan, bundan keyin ham boʻlmaydi. 7 Isroil xalqi yashagan yerlarda esa tinchlik hukm suradi. Ularga qarashli birorta odamga yoki birorta hayvonga hatto it ham hurib qoʻymaydi. Oʻshanda Men, Egangiz, Isroil xalqini Misr xalqidan ayirganimni bilib olasizlar.” 8 Oʻshanda aʼyonlaring hammasi kelib, menga ikki bukilib taʼzim qiladi. Menga: “Sen ham, senga ergashgan xalqing ham ketinglar”, deb yolvorasizlar. Men oʻshandan keyin ketaman.
Muso gʻazab bilan firʼavnning huzuridan chiqib ketdi.
9 Egamiz Musoga shunday degan edi: “Misrda Mening ajoyibotlarim koʻpayishi uchun firʼavn sizlarning gapingizga quloq solmaydi.” 10 Muso bilan Horun firʼavnning oldida hamma ajoyibotlarni koʻrsatib boʻldilar. Lekin Egamiz firʼavnning yuragini tosh qilib qoʻydi. Firʼavn oʻz yurtidan Isroil xalqining ketishiga ijozat bermadi.