30–BOB
Dovud Omolek xalqini magʻlub qiladi
1 Dovud odamlari bilan yoʻl yurib, uchinchi kuni oʻz shahri Zixlaxga yetib keldi. Bu orada Omolek xalqi Nagav choʻliga , xususan, Zixlax shahriga ham bostirib kirgan, Zixlaxga oʻt qoʻyib, shaharni talon–taroj qilgan ekan. 2 Ular biror kimsani oʻldirmay, u yerdagi ayollaru yosh–qarini asir olishib, oldilariga solib haydagancha, yoʻllariga qaytib ketishgan edi.
3 Dovud odamlari bilan u yerga yetib borgach, shaharning alanga ichida qolganini, xotinlari, oʻgʻil–qizlarini asir olib ketishganini bildi. 4 Ular holdan toyguncha dod–voy solib yigʻlashdi. 5 Dovudning ikkala xotini — Yizrillik Oxinavam va Karmillik Navolning bevasi Obigayl ham asir olingan edi. 6 Dovud yomon ahvolda qoldi, chunki har bir odam oʻgʻillari, qizlari uchun qaygʻurar, “Dovudni toshboʻron qilamiz”, deyishardi. Lekin Dovud oʻz Egasi Xudodan madad oldi. 7 U Oximalekning oʻgʻli ruhoniy Abuatarga :
— Menga efodni keltir, Egamizning xohish–irodasini bilaylik, — dedi. Abuatar efodni olib keldi. 8 Dovud Egamizdan:
— Bu qaroqchilarning orqasidan quvib boraymi? Quvsam, yetib olamanmi? — deb soʻradi .
— Orqalaridan quv, ularga albatta yetib olib, asirlarni ozod qilasan, — dedi Egamiz.
9 Shunday qilib, Dovud yonidagi olti yuzta odami bilan yoʻlga chiqib, Basor soyligiga yurish qildi. 10 Ular soylikdan hali oʻtib boʻlmagan ediki, ikki yuz kishi toliqib yiqilib, oʻsha yerda qoldi. Dovud qolgan toʻrt yuz kishisi bilan qaroqchilarni quvlab ketdi.
11 Choʻlda bir Misrlikni topib, Dovudning oldiga keltirishdi. “Yeb, ichib ol”, deb unga non–pon berishdi. 12 Bir hovuch anjir qoqi bilan ikki hovuch mayiz ham berishdi. Haligi odam tamaddi qilib olgach, bir oz jonlandi. U uch kechayu uch kunduz na tuz totgan, na suv ichgan edi.
13 Dovud undan:
— Sen kimning odamisan? Qayerdan kelyapsan? — deb soʻradi.
— Misrlikman, Omolek urugʻidan boʻlgan bir odamning quliman, — dedi yigit. — Uch kun oldin kasal boʻlib qolgan edim, xoʻjayinim meni choʻlda qoldirib ketdi. 14 Nagav choʻlidagi Xaret xalqi hududiga, Yahudo hududiga, Nagav choʻlidagi Xolib urugʻi yerlariga bostirib borib, Zixlax shahriga oʻt qoʻydik.
15 — Meni oʻsha bosqinchilarning yoniga olib bora olasanmi? — deb soʻradi Dovud.
— Seni oʻldirmayman, xoʻjayiningning qoʻliga topshirmayman, deb Xudo nomi bilan ont ichsangiz, sizni oʻsha bosqinchilar oldiga olib boraman, — dedi yigit.
16 Shunday qilib, Misrlik odam Dovudga yoʻl koʻrsatib ketdi. Bosqinchilar dala boʻylab tarqalib, Filist va Yahudo yerlaridan talon–taroj qilib kelgan moʻl–koʻl oʻljalarini yeb–ichib, xursandchilik qilishayotgan edi. 17 Dovud ertasi kuni kechqurungacha ularni qirdi. Tuyalarga minib qochgan toʻrt yuz yigitdan tashqari, ulardan birortasi ham qutulib keta olmadi.
18 Shunday qilib, Dovud Omolek xalqi tortib olgan hamma narsalarini, jumladan, ikkala xotinini ham qaytarib oldi. 19 Katta–kichikdan, oʻgʻil–qizlardan, oʻlja olingan mollardan, xullas, Omolek xalqi olib ketgan narsalardan birortasi qolib ketmadi. Dovud hammasini qaytarib oldi. 20 Dovud Omolek xalqining hamma mol–qoʻylarini oʻlja qilib oldi. Dovudning odamlari oʻlja olingan mol–qoʻylarni oʻzlarining mollari oldidan haydab ketar ekan: “Bular — Dovudning oʻljalari”, deyishardi.
21 Shundan keyin Dovud Basor soyligida toliqib orqada qolib ketgan ikki yuz kishi oldiga qaytdi. Ular ham Dovud bilan uning odamlarini kutib olgani chiqishdi. Dovud ularga yaqin kelgach, omonlik tiladi. 22 Lekin Dovud bilan borgan baʼzi yomon, yaramas odamlar:
— Bular biz bilan birga bormadilar, endi ularga oʻlja olingan narsalardan hech qanday ulush bermaymiz, har qaysisi faqat xotini bilan bolalarini olib ketsin, — deyishdi.
23 — Yoʻq, birodarlarim, — dedi Dovud, — bu narsalarni bizga Egamiz berdi, endi unday qilmanglar. Egamizning Oʻzi bizni saqladi, ustimizga bostirib kelgan bosqinchilarni qoʻlimizga berdi. 24 Sizlarning bu gapingizga kim rozi boʻladi? Urushga borganlar bilan anjomlar yonida qolganlarning ulushi birdir, har bir narsa teng boʻlinadi.
25 Oʻsha kundan boshlab Dovud bu usulni Isroilda qonun–qoida holiga keltirdi, ushbu qonun bugungacha davom etib kelyapti.
26 Nihoyat, Dovud Zixlaxga qaytdi. U oʻzining oʻrtoqlari — Yahudo oqsoqollariga tortib olingan oʻljalardan joʻnatib: “Mana Egamizning gʻanimlaridan tortib olingan oʻljalardan sizlarga inʼomlar”, deb aytib yubordi. 27 Inʼomlar quyidagi shaharlarning oqsoqollariga joʻnatildi: Baytil, Nagav choʻlidagi Ramoʻt shahri, Yatir, 28 Aror, Sifmoʻt, Eshtamoʻva, 29 Raxol, Yaraxmal urugʻi va Xayin xalqining shaharlari, 30 shuningdek, Xoʻrmax, Boʻr–Oshon, Otax 31 va Xevron shaharlari. Dovud odamlari bilan kezgan yerlarning hammasiga oʻljalardan joʻnatdi.