10–BOB
Butrus va Korniliy
1 Qaysariyada Korniliy degan bir odam bor edi. U Rim lashkaridagi “Italiya” nomli boʻlinmada yuzboshi edi. 2 Korniliy taqvodor odam boʻlib, uning oʻzi ham, oilasi ham Xudodan qoʻrqardi . U kambagʻal yahudiylarga koʻp xayr–sadaqa berar, doimo Xudoga ibodat qilardi. 3 Bir kuni soat uchlarda unga vahiy keldi. Xudoning farishtasi kirib kelayotganini u aniq koʻrdi. Farishta: “Korniliy!” deb chaqirdi.
4 Korniliy qoʻrquv ichida unga tikilib qarab:
— Labbay, Hazrat! — dedi.
Farishta unga shunday dedi:
— Sening ibodatlaring va xayr–sadaqalaring Xudoga maʼqul boʻldi. 5 Endi Yaffaga odam yuborib, Butrus degan odamni chaqirtirib kel. 6 Butrus bir koʻnchining uyida mehmon boʻlib turibdi. Shimoʻn ismli oʻsha koʻnchining uyi dengiz boʻyida .
7 Korniliyga gapirgan farishta ketdi. Korniliy xizmatkorlaridan ikkitasini va unga xizmat qiladigan taqvodor, ishonchli bir askarini chaqirdi. 8 Roʻy bergan hodisani ularga aytib berib, ularni Yaffaga joʻnatdi.
9 Keyingi kun tush paytida ular yoʻlda davom etib, shaharga yaqinlashganlarida, Butrus ibodat qilgani tomga chiqqan edi . 10 U ochqab, biron narsa tanovul qilgisi keldi. Ovqat tayyorlanayotganda, Butrusga vahiy keldi. 11 U osmon ochilganini, katta dasturxonga oʻxshash bir narsa toʻrt burchagidan osilgan holda yerga tushib kelayotganini koʻrdi. 12 Uning ichida turli hayvonlar, sudralib yuruvchilar va qushlar bor edi. 13 Shu payt u: “Oʻrningdan tur, Butrus, soʻyib yegin” degan ovozni eshitdi. 14 Ammo Butrus dedi:
— Aslo unday qilmayman, Egam! Men hech qachon harom yoki nopok narsalarni yemaganman!
15 Oʻsha ovoz yana Butrusga: “Xudo halol deb aytgan narsalarni sen harom demagin”, deya gapirdi. 16 Bu suhbat uch marta takrorlandi. Shunda dasturxon birdan osmonga olindi.
17 Butrus, bu vahiyning maʼnosi nima ekan, deb esankirab turganda, Korniliy yuborgan odamlar kelib qoldilar. Ular koʻnchi Shimoʻnning uyi qayerdaligini bilib olib, darvoza oldida turgan edilar. 18 Ular baland ovoz bilan:
— Butrus degan mehmon shu yerdami? — deb soʻradilar.
19 Butrus hali ham vahiy haqida oʻylab oʻtirgan edi. Shunda Muqaddas Ruh unga dedi:
— Qara, uchta odam seni izlab keldi. 20 Endi oʻrningdan tur, pastga tush, hech ikkilanmay ular bilan birga bor. Ularni Men joʻnatganman.
21 Shunday qilib, Butrus pastga tushib, ularga dedi:
— Sizlar izlayotgan odam menman. Nima sababdan keldingizlar?
22 — Bizni Rim yuzboshisi Korniliy joʻnatdi, — deb javob berdi ular. — U solih, Xudodan qoʻrqadigan odam, butun yahudiy xalqi orasida katta obroʻga ega. Xudoning farishtasi unga: “Butrusni uyingga taklif qil, uning aytganlarini eshitgin”, deb aytibdi.
23 Shundan keyin Butrus ularni ichkariga taklif etib, mehmon qildi.
Keyingi kuni Butrus ular bilan birga yoʻlga otlandi. Yaffalik baʼzi imonlilar Butrus bilan birga ketdilar. 24 Ertasi kuni ular Qaysariyaga kirib keldilar. Korniliy ularni kutayotgan edi. U qarindoshlari va yaqin doʻstlarini taklif qilgan edi. 25 Butrus uyga kirib, Korniliyga roʻpara keldi. Shunda Korniliy Butrusning oyoqlariga bosh urib, unga taʼzim qildi. 26 Ammo Butrus unga:
— Oʻrningdan tur, men ham bir bandaman, — deb uni turgʻizib qoʻydi.
27 Butrus u bilan gaplasharkan, ichkariga kirdi va u yerda bir talay odam toʻplanganini koʻrdi. 28 Butrus ularga shunday dedi:
— Oʻzlaringiz bilasizlarki, yahudiy odam boshqa xalqdan boʻlgan odam bilan aloqa bogʻlashi, unikiga borishi qonunimizga xilofdir. Ammo Xudo endi menga hech bir kimsani harom yoki nopok deb hisoblamaslikni ayon qildi. 29 Shuning uchun menga odam yuborganlaringizda, hech qanday eʼtiroz bildirmay keldim. Endi bilsam boʻladimi, nima uchun meni chaqirtirdingizlar?
30 Korniliy shunday javob berdi:
— Toʻrt kun ilgari xuddi shu paytda — soat uchlarda uyimda ibodat qilayotgan edim. Birdan roʻparamda oppoq kiyim kiygan bir odam paydo boʻldi. 31 U menga shunday dedi: “Korniliy, sening ibodating Xudoga yetib bordi, xayr–sadaqalaringni U maʼqul koʻrdi. 32 Endi Yaffaga odam yuborib, Butrus degan odamni chaqirtirib kel. U Shimoʻn ismli koʻnchining uyida mehmon boʻlib turibdi. Shimoʻnning uyi dengiz boʻyida .” 33 Shuning uchun darhol sizga odam yubordim, siz ham olijanoblik qilib, keldingiz. Egamiz sizga aytishni buyurgan hamma narsani eshitish uchun endi hammamiz Xudoning huzurida toʻplandik.
Gʻayriyahudiylar Xushxabarni eshitadilar
34 Butrus ularga gapira boshladi:
— Haqiqatan ham, Xudo tarafkashlik qilmasligini bilaman. 35 Har bir elatda Xudodan qoʻrqadigan va toʻgʻri ishlarni qiladigan har bir odam Unga maʼquldir. 36 U Isroil xalqiga yuborgan xabarni bilasizlar. Tinchlik keltiradigan bu Xushxabarni Xudo Iso Masih orqali eʼlon qildi. Iso Masih hammaning Rabbiysidir. 37 Yahudiya boʻylab nimalar yuz berganini bilasizlar. Bu hodisalarning hammasi Yahyoning choʻmdirilish toʻgʻrisidagi xabaridan keyin Jalila hududida boshlangan edi. 38 Xudo Nosiralik Isoni Muqaddas Ruh va kuch–qudrat bilan qanday toʻldirganini bilasizlar. Iso hamma yoqqa borib, yaxshi ishlar qildi, iblisning hukmronligidan azob chekkanlarni shifoladi, chunki Xudo U bilan edi. 39 U Yahudiya va Quddusda qilgan ishlarning hammasiga biz guvohmiz. Shundan keyin Isoni yogʻochga mixlab, oʻldirdilar. 40 Ammo Xudo Uni uchinchi kuni tiriltirib, zohir qildi. 41 Iso hammaga emas, faqat bizga zohir boʻldi. Chunki Xudo bizni Iso haqida guvohlik berishimiz uchun tanlagandi. Iso tirilgandan keyin biz U bilan yeb–ichdik. 42 U bizga: “Xalqlarga vaʼz qilib, guvohlik beringlar. Oʻliklar va tiriklarni hukm qilish uchun Xudo Meni tayinlaganini ularga aytinglar”, — deb buyurdi. 43 Barcha paygʻambarlar ham Iso toʻgʻrisida guvohlik bergan edilar. Isoga ishongan har bir odamning gunohlari Uning nomi tufayli kechiriladi, deb aytgan edilar.
Gʻayriyahudiylar Muqaddas Ruhni qabul qiladilar
44 Butrus hamon gapirar ekan, uning soʻzlarini eshitayotganlarni Muqaddas Ruh qamrab oldi. 45 Xudo gʻayriyahudiylarga ham Muqaddas Ruhni inʼom qilib berganini Butrus bilan birga kelgan yahudiy imonlilar koʻrib hayratda qoldilar. 46 Chunki gʻayriyahudiylar boshqa tillarda gaplashayotganini va Xudoni ulugʻlayotganlarini ular eshitib turardilar. Shunda Butrus dedi:
47 — Bu odamlar, xuddi biz singari, Muqaddas Ruhni qabul qildilar. Shunday ekan, ularning suvga choʻmdirilishiga kim toʻsqinlik qila oladi?!
48 Shunday qilib, Butrus ularga, Iso Masih nomi bilan suvga choʻminglar, deb buyruq berdi. Soʻng ular Butrusdan bir necha kun qolishini iltimos qildilar.