27–BOB
Isʼhoq Yoqubni duo qiladi
1 Isʼhoq qaridi, koʻzlari xiralashib koʻrmay qoldi. Bir kuni u oʻgʻli Esovni chaqirdi:
— Oʻgʻlim!
— Labbay, otajon! — deb javob berdi Esov.
2 — Koʻrib turibsan, men qarib qoldim. Toʻsatdan oʻlib qolishim mumkin. 3 Endi yoyingni, oʻqlaringni olib, dalaga chiq, menga bironta hayvonni ovlab kel. 4 Keyin men yaxshi koʻradigan bironta mazali taom tayyorlab keltir. Men taomni yeb, oʻlimimdan oldin seni duo qilayin.
5 Isʼhoq oʻgʻli Esovga gapirayotganda, Rivqo eshitib turgan edi. Esov dalaga ovga ketganda, 6 Rivqo oʻgʻli Yoqubga dedi:
— Akang Esovga otangning aytgan gaplarini eshitib qoldim. 7 Otang unga: “Menga bironta hayvon ovlab kel, men yaxshi koʻradigan bironta mazali taom tayyorlagin, taomni yeb, oʻlimimdan oldin Egam oldida seni duo qilayin”, dedi. 8 Endi mening gaplarimni yaxshilab eshit, aytganimni qil, oʻgʻlim. 9 Suruvga borib, menga ikkita uloqchani tanlab olib kel. Uloqchalardan otang yaxshi koʻradigan mazali taom tayyorlab beray. 10 Sen taomni otangning oldiga olib kirib, unga yegizgin, toki otang oʻlimidan oldin seni duo qilsin.
11 — Onajon, oʻzingiz bilasiz–ku, akam Esov serjun, mening terim esa silliq, — dedi Yoqub Rivqoga. 12 — Mabodo, otam meni paypaslab ushlab koʻrsa, nima boʻladi? Aldayotganimni otam bilib qoladi. Otam meni duo qilish oʻrniga laʼnatlaydi.
13 — Oʻsha laʼnat menga kelsin, bolaginam, — dedi Rivqo. — Endi aytganimni qil, bor, uloqchalarni olib kel.
14 Yoqub onasining buyrugʻiga itoat etib, ikkita uloqchani olib keldi. Rivqo uloqchalardan Isʼhoq yaxshi koʻrgan mazali taom tayyorladi. 15 Soʻng u Esovning uydagi yaxshi kiyimlarini oldi–da, Yoqubga kiygizdi. 16 Uloqchalarning terisini Yoqubning qoʻllariga va boʻynining tuksiz joylariga oʻradi. 17 Oʻzi tayyorlagan mazali taom bilan nonni oʻgʻli Yoqubning qoʻliga berdi.
18 Shunday qilib, Yoqub taom toʻla laganni otasining oldiga olib kirdi.
— Assalomu alaykum, otajon!
— Va alaykum assalom! Qaysi biringsan, oʻgʻlim, Esovmisan, Yoqubmisan?
19 — Toʻngʻichingiz Esovman, — dedi Yoqub otasiga. — Aytganingizni qildim, mana, ovimdan siz yaxshi koʻrgan taom tayyorladim. Turing, yeb, meni duo qiling.
20 Isʼhoq oʻgʻliga:
— Darrov topib keldingmi, oʻgʻlim? — dedi.
— Egangiz Xudo yoʻlimni oʻngladi, — deb javob berdi Yoqub.
21 Shundan keyin Isʼhoq Yoqubga dedi:
— Yaqinroq kel–chi, oʻgʻlim, ushlab koʻray–chi, haqiqatan ham oʻgʻlim Esovmisan yoki yoʻqmi, bilayin.
22 Yoqub otasiga yaqinroq bordi. Isʼhoq uni paypaslab:
— Ovoz — Yoqubning ovozi, qoʻllar esa Esovning qoʻllari, — dedi.
23 Yoqubning qoʻllari Esovning qoʻllariga oʻxshab serjun tuyulgani uchun Isʼhoq uni tanimadi. Shuning uchun Isʼhoq Yoqubni duo qilishga chogʻlandi–yu, lekin yana soʻradi:
24 — Sen haqiqatan oʻgʻlim Esovmisan?
— Ha, Esovman, — deb javob berdi u. 25 Shundan keyin Isʼhoq:
— Endi taomni keltir, — dedi. — Taomingdan yeb, seni duo qilayin.
Yoqub taomni otasiga keltirib berdi. Isʼhoq taomni yeb boʻlgach, Yoqub unga sharob keltirdi. Isʼhoq sharobni ham ichdi. 26 Soʻngra Isʼhoq unga:
— Yaqinroq kelib, meni oʻp, oʻgʻlim, — dedi. 27 Yoqub yaqinlashib, otasini oʻpdi. Isʼhoq uning kiyimlarini hidlab, shunday duo qildi:

“O, oʻgʻlimning yoqimli hidi
Egam marhamat qilgan
Dalaning hidiga oʻxshar.
28 Xudoyim yogʻdirsin senga
Osmon shabnamini,
Bersin yerning unumdor tuprogʻini,
Moʻl–koʻl don va sharobni.
29 Xizmat qilsin senga xalqlar,
Taʼzim qilsin senga el–uluslar.
Hukmron boʻlgin qarindoshlaring ustidan,
Taʼzim qilsin onangning nasli senga.
Seni laʼnatlagan laʼnati boʻlsin,
Seni duo qilgan baraka topsin.”
Esov Isʼhoqdan duo soʻrab iltijo qiladi
30 Isʼhoq Yoqubni duo qilib boʻlishi bilanoq, Yoqub otasi huzuridan endi chiqqan ham ediki, akasi Esov ovdan qaytib kelib qoldi. 31 U ham mazali taom tayyorlab, otasi oldiga olib kirdi.
— Otajon, turing, sizga olib kelgan ovimning goʻshtidan yeb, meni duo qiling.
32 — Sen kimsan? — soʻradi Isʼhoq undan.
— Toʻngʻich oʻgʻlingiz Esovman, — deb javob berdi u.
33 Isʼhoq hayajondan titrab ketib dedi:
— Ovidan taom tayyorlab, menga olib kelgan kim edi? Sen kelmasingdan oldin, men goʻshtni endigina yeb boʻlgan edim! Men uni duo qildim, endi duo olgan udir!
34 Esov otasining soʻzlarini eshitgach, haddan tashqari qattiq, achchiq nola qildi.
— Meni ham duo qiling, otajon! — deb yolvordi u otasiga. 35 Lekin Isʼhoq:
— Ukang oldimga kiribdi, u meni aldabdi, — dedi. — Senga atalgan duoni ukang oldi.
36 — Unga Yoqub deb ism qoʻyilgani bekorga emas ekan–da, — dedi Esov. — U meni ikki marta aldadi–ya! Birinchi marta toʻngʻichlik huquqimni olgan edi , endi esa menga atalgan duoni oʻgʻirlabdi. Menga bironta ham duo saqlab qoʻymadingizmi? — deb yana soʻradi u.
37 — Men Yoqubni sening ustingdan hukmron qildim, — dedi Isʼhoq Esovga. — Uning hamma qarindosh–urugʻlarini ham oʻziga xizmatkor qilib berdim. Don bilan sharobni ham unga berib boʻldim. Senga beradigan hech narsa qolmadi–ku, oʻgʻlim!
38 — Nahotki menga bironta ham duo qoldirmagan boʻlsangiz?! — deb oʻtindi Esov. — Meni ham duo qiling, otajon! — deb dod solib yigʻlay boshladi.
39 Isʼhoq oʻgʻliga shunday javob berdi:

“Sening manziling yerning unumdor tuprogʻidan nari boʻlsin,
Osmonning shabnamidan mahrum boʻlsin.
40 Sen qilichning damida yashagaysan,
Ukangga xizmat qilib oʻtgaysan.
Isyon koʻtarganingda esa
U solgan boʻyinturuqni uloqtirib tashlagaysan.”

41 Yoqub Esovning duosini oʻgʻirlagani uchun, Esov uni juda yomon koʻrib qoldi. Esov oʻziga oʻzi: “Otamning kuni bitib qoldi, azasi oʻtgandan keyin Yoqubni oʻldiraman”, dedi. 42 Lekin kimdir Esovning niyatini Rivqoga yetkazdi. Rivqo Yoqubni chaqirib, unga:
— Esov seni oʻldirmoqchi boʻlib, oʻziga taskin berib yuribdi ekan, — dedi. 43 — Endi gapimga quloq sol. Hoziroq Xoronga — Lobon akamning oldiga joʻna. 44 Akang gʻazabidan tushguncha, Lobon akamning yonida yur. 45 Esov sening qilmishlaringni unutib, gʻazabidan tushgandan keyin, orqangdan birortasini joʻnataman, seni qaytarib olib keladi. Boʻlmasa, bir kunda akangdan ham, sendan ham ayrilib qolaman .
Isʼhoq Yoqubni Lobonning huzuriga joʻnatadi
46 Shundan keyin Rivqo Isʼhoqqa dedi:
— Esovning anavi Xet xotinlari dastidan jonimdan toʻydim. Agar Yoqub ham oʻshalarga oʻxshagan birorta Xet qiziga uylansa, unda hayotim nima kechadi?