5–BOB
1 Har bir oliy ruhoniy insonlar orasidan tanlab olinadi. U Xudoga gunohlar uchun nazrlar va qurbonliklar keltirib, xalq vakili boʻlib xizmat qiladi. 2 Gʻaflatda gunoh qilib qoʻygan odamlarni oliy ruhoniy tushunadi, chunki u oʻzi ham inson, kamchiliklari bor. 3 Shu sababdan u nafaqat xalqning gunohlari uchun, balki oʻzining gunohlari uchun ham qurbonliklar keltirishi zarur. 4 Hech kim oʻz xohishi bilan oliy ruhoniy boʻla olmaydi, balki Horunga oʻxshab Xudo tomonidan tayinlanadi.
5 Shu tariqa, Masih ham oliy ruhoniylik sharafiga intilmadi, bunday martabaga U daʼvogarlik qilmadi. Aksincha, Unga:
“Sen Mening Oʻgʻlimsan,
Bugun Men Senga Ota boʻldim” ,
— deb aytgan Xudo Uni Oliy ruhoniy qilib tayinladi. 6 Zero, boshqa bir joyda Xudo Unga shunday degan:
“Sen Maliksidiq singari,
To abad ruhoniysan.”
7 Masih bu dunyoda yashagan paytda koʻz yosh toʻkib, Xudoga faryod qildi, Unga iltijo qilib yolvordi . Chunki Xudo Uni oʻlimdan qutqarishga qodir ekanligini Masih bilar edi. U Xudoni yuksak darajada eʼzozlagani uchun Uning iltijosi ijobat boʻldi. 8 Garchi U Xudoning Oʻgʻli boʻlsa ham, azob–uqubat chekib, itoatkorlikning asl maʼnosini angladi. 9 Xudo azoblar orqali Masihni barkamol qildi. Shunday qilib, Unga itoat qilganlarning hammasi uchun Masih abadiy najot manbai boʻldi. 10 Xudo Masihni “Maliksidiq singari Oliy ruhoniy” deb eʼlon qildi.
Imonda ulgʻayinglar
11 Oliy ruhoniyimiz haqida sizlarga yana koʻp gapirgan boʻlardim–u, ammo qanday qilib sizlarga tushuntirishni bilmayman, chunki sizning aqlingiz oʻtmas boʻlib qolgan. 12 Sizlar oʻzlaringiz allaqachon ustozlik qilishingiz kerak edi! Ammo siz boshqalarga emas, boshqalar sizlarga Xudo kalomining ilk asoslarini oʻrgatishlari kerak. Sizlar hali ham sutga muhtojsiz! Quyuq ovqatni hazm qila olmaysiz. 13 Sut bilan oziqlanadigan har bir kishi hali chaqaloq. U toʻgʻri bilan notoʻgʻrining farqiga bormaydi. 14 Quyuq ovqat esa ulgʻayganlar uchundir. Ular tajriba orttirib, yaxshini yomondan farqlay oladilar.