8–BOB
Toʻfonning intihosi
1 Xudo Nuhni va u bilan kemada birga boʻlgan barcha jonzotlarni esdan chiqarmagan edi. Xudo yer uzra shabada estirgan edi, suv pasaya boshladi. 2 Yer ostidagi buloqlar , osmonning qopqasi berkildi, qattiq quyayotgan jala toʻxtadi. 3 Suv asta–sekin yer yuzida kamaya boshladi. Nihoyat, 150 kundan keyin suv kamaydi. 4 Yettinchi oyning oʻn yettinchi kuni kema Ararat togʻi choʻqqilariga tiralib toʻxtab qoldi. 5 Oʻninchi oygacha suv kamayib boraverdi. Nihoyat, oʻninchi oyning birinchi kuni togʻ choʻqqilari koʻrindi.
6 Yana qirq kun oʻtgach, Nuh kemaning darchasini ochdi–da, 7 qargʻani chiqarib yubordi. Yer yuzidagi suv quriguncha, qargʻa u yoqdan–bu yoqqa uchib yuraverdi. 8 Yer yuzidagi suv quriganini bilish uchun endi Nuh kemadan kaptarni uchirib yubordi. 9 Hali yer yuzini suv bosib yotgani uchun kaptar qoʻngani joy topolmay, kemaga — Nuhning yoniga qaytib keldi. Nuh kaptarni ushlab, ichkariga oldi. 10 Yetti kundan keyin Nuh yana kaptarni kemadan uchirdi. 11 Kechga yaqin kaptar uning yoniga qaytib keldi. Kaptarning tumshugʻida yangi oʻsib chiqqan zaytun bargi bor edi. Nuh bildiki, yer yuzidagi suv pasayibdi. 12 Nuh yana yetti kunni oʻtkazib, kaptarni uchirib yubordi. Kaptar Nuhning yoniga boshqa qaytib kelmadi.
13 Nuh 601 yoshga kirganda, birinchi oyning birinchi kunida yer yuzidagi suv quriy boshladi. Nuh kemaning qopqogʻini ochib qaradi, yer yuzi hali toʻliq qurimagan ekan. 14 Nihoyat, ikkinchi oyning yigirma yettinchi kuni yer butunlay qup–quruq boʻldi. 15 Keyin Xudo Nuhga shunday dedi: 16 “Kemadan chiq, xotining, oʻgʻillaring, kelinlaring ham sen bilan birga kemadan chiqishsin. 17 Oʻzing bilan birga hamma tirik jonzotlarni — qushlaru hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni ham olib chiq, toki ular yer yuzida serpusht boʻlib, koʻpayib, gʻij–gʻij qaynasin.” 18 Shunday qilib, Nuh oʻgʻillarini, xotini va kelinlarini boshlab, kemadan tashqariga chiqdi. 19 Hamma hayvonlar, sudralib yuruvchi jonivorlar, hasharotlar, qushlar — yerda yashaydigan jamiki jonzotlar ham oʻz jufti bilan kemadan chiqdi.
Nuh qurbonlik keltiradi
20 Soʻngra Nuh Egamizga atab qurbongoh qurdi. Soʻng har bir halol hayvondan va halol qushdan olib, qurbongoh ustida ularni qurbonlik qilib kuydirdi. 21 Egamiz qurbonlikning xushboʻy hididan mamnun boʻlib, Oʻziga Oʻzi dedi: “Insonning koʻnglida bolaligidanoq qabih niyat bor ekan. Shunday boʻlsa ham, Men bundan buyon jamiki tirik jonzotni oldingiday qirib tashlamayman. Inson tufayli butun dunyoni laʼnatlamayman. 22 Bu olam turar ekan, bahorda ekin–tikin, kuzda oʻrim–yigʻim, yoz va qish, sovuq va issiq, kunduz va tun boʻlaveradi.”