26–BOB
Maʼbad darvozabonlari va ularning vazifalari
1 Maʼbad darvozasida xizmat qilish uchun quyidagi levilar tayinlangan edi:

Koʻrax naslidagi Osif xonadonidan — Kori oʻgʻli Mashalmiyo.
2 Mashalmiyoning yetti oʻgʻli bor edi: toʻngʻichi — Zakariyo, ikkinchisi — Yodiyol, uchinchisi — Zabadiyo, toʻrtinchisi — Yatniyol, 3 beshinchisi — Elam, oltinchisi — Yohuxanon va yettinchisi — Elixoʻnay.
4-5 Xudo Obidadomni barakalab, unga sakkiz oʻgʻil bergan edi: toʻngʻich oʻgʻli — Shamayo, ikkinchisi — Yohuzabad, uchinchisi — Yoʻx, toʻrtinchisi — Soxor, beshinchisi — Natanil, oltinchisi — Omiyol, yettinchisi — Issaxor va sakkizinchisi — Fullatay.
6 Obidadomning toʻngʻichi Shamayoning ham oʻgʻillari bor edi. Ular nihoyatda qobiliyatli boʻlganlari uchun oʻzlarining ota xonadonida urugʻboshilar edilar. 7 Ularning ismlari Oʻtnax, Rafail, Obid va Elzabad edi. Shamayoning qarindoshlari Elixu bilan Samaxiyo ham nihoyatda qobiliyatli edilar. 8 Obidadomning bu avlodi jami oltmish ikki kishini tashkil qilib, hammasi qobiliyatli, oʻz xizmatiga layoqatli edilar.
9 Mashalmiyoning oʻgʻillari va aka–ukalari oʻn sakkiz kishini tashkil qilib, hammasi qobiliyatli edilar.
10 Marori naslidan boʻlgan Xoʻsaxning toʻrt oʻgʻli bor edi. Uning Shimri degan oʻgʻli yoʻlboshchi edi. Shimri toʻngʻich oʻgʻil boʻlmasa ham, otasi uni yoʻlboshchi qilgan edi. 11 Xoʻsaxning ikkinchi oʻgʻli — Xilqiyo, uchinchisi — Tavaliyo va toʻrtinchisi Zakariyo edi. Xoʻsax xonadonining oʻn uch aʼzosi Maʼbad darvozabonlari boʻlib xizmat qilar edilar.

12 Darvozabonlar xonadonlari boʻyicha guruhlarga boʻlingan edilar. Ular Egamizning uyida xizmat qilayotgan boshqa levilar singari oʻz vazifalariga ega edilar. 13 Har bir xonadon katta–kichikligiga qaramay qurʼa tashlab , qoʻriqlaydigan darvozasini aniqlab oldi.
14 Sharq tomondagi darvoza uchun qurʼa tashlanganda, qurʼa Mashalmiyoga tushdi. Soʻngra oʻgʻli Zakariyo uchun qurʼa tashlandi, unga shimol tomondagi darvoza tushdi. Zakariyo dono maslahatchi edi. 15 Obidadom uchun qurʼa tashlanganda, unga janub tomondagi darvoza tushdi. Oʻgʻillari uchun qurʼa tashlanganda, ularga omborxonani qoʻriqlash tushdi. 16 Gʻarb tomondagi darvoza va yuqori yoʻl ustidagi Shallexet darvozasi uchun qurʼa tashlanganda, qurʼa Shupim bilan Xoʻsaxga tushdi. Darvozabonlar oʻz xizmatini belgilangan vaqtda, ketma–ketlikda uzluksiz ravishda bajarishlari lozim edi. 17 Sharq tomondagi darvozada kuniga oltita darvozabon, shimol tomondagi darvozada toʻrtta, janub tomondagi darvozada ham toʻrtta darvozabon turardi. Shuningdek, ikkita omborxonada ikkitadan darvozabon turardi. 18 Gʻarb tomondagi hovliga kelsak, yoʻlakda toʻrtta darvozabon, hovlining ichida esa ikkita darvozabon turardi.
19 Koʻrax va Marori naslidan boʻlgan darvozabonlarga mana shu qoʻriqchilik vazifasi topshirilgan edi.
Boshqa levilar va ularning vazifalari
20 Oxiyo boshchiligidagi boshqa levilar Xudoning uyidagi xazinalar va nazr qilingan hadyalar xazinalari uchun masʼul edilar. 21 Gershon urugʻidan boʻlgan Lubnax Yoxiyolning otasi edi. Lubnaxning naslidan bir necha urugʻboshilar chiqdi. 22 Yoxiyolning oʻgʻillari Zatom bilan Yoʻel Egamizning uyidagi xazinalar uchun masʼul edilar.
23 Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol urugʻlariga ham vazifalar taqsimlanib berildi.
24 Muso oʻgʻli Gershomning urugʻidan Shavuvol Maʼbadning bosh xazinaboni edi. 25 Gershomning ukasi Eliazarning nasli quyidagilar edi: Eliazarning oʻgʻli — Raxaviyo, Raxaviyoning oʻgʻli — Yeshayo, Yeshayoning oʻgʻli — Yoram, Yoramning oʻgʻli — Zixri va Zixrining oʻgʻli — Shalumoʻt. 26 Shalumoʻt va uning xonadoni Egamizga nazr qilingan hadyalar xazinasi uchun masʼul edi. Bu xazinada shoh Dovudning, urugʻboshilar, mingboshilar, yuzboshilar va lashkarboshilarning Xudoga nazr qilgan hadyalari saqlanar edi. 27 Ular jangda qoʻlga kiritgan oʻljaning bir qismini Egamizning uyini taʼminlash uchun nazr qilardilar. 28 Shalumoʻt va uning xonadoni barcha hadyalar uchun masʼul edilar. Valiy Shomuil, Kish oʻgʻli Shoul, Nar oʻgʻli Abnur va Zeruya oʻgʻli Yoʻab nazr qilgan hadyalar ham ularning nazorati ostida edi.
29 Izxor naslidan Xonaniyo va uning oʻgʻillari Isroil xalqi uchun maʼmurlar va hakamlar qilib tayinlandilar. Ular Maʼbaddan tashqarida xizmat qilishardi.
30 Xevron naslidan Xashaviyo va uning 1700 nafar qobiliyatli qarindoshi ham maʼmurlar qilib tayinlandilar. Ular Iordan daryosining gʻarb tomonidagi qabilalar uchun masʼul boʻlib, Egamizning va shohning xizmatiga oid masalalarni yechishar edi. 31 Xevron naslidagi Yoriyo, nasabnoma maʼlumotiga koʻra, Xevron naslining yoʻlboshchisi edi. Dovud hukmronligining qirqinchi yilida nasabnomalarga oid barcha yozma maʼlumotlar koʻrib chiqilgan edi. Shunda Giladdagi Yazir shahrida Xevron nasli orasida qobiliyatli odamlar borligi aniqlandi. 32 Shoh Dovud Yoriyoni va uning 2700 nafar qobiliyatli qarindoshini maʼmurlar qilib tayinladi. Ular Iordan daryosining sharq tomonidagi Ruben, Gad va Manashe qabilasining yarmi uchun masʼul boʻlib, Xudoning va shohning xizmatiga oid barcha masalalarni hal qilishlari kerak edi.